Tayanch iboralar Amneziya (lot. A - inkor etish, mnesus - xotira) - miyaning turli qismlarining jarohatlanishi natijasida xotiraning yo’qolish holati.
Assosiasiya (lot. associatio - birlashtirmok) - psixik hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma'lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi (jumladan, fazodagi yondoshlik, xronologik o’xshashlik, qarama - qarshilik va b.).
Mantiqiy xotira- xotira turlaridan, materialni ma'no tomondan o’zaro bog’langan holda tushunib esda qoldirishga asoslanadi.
Mexanik xotira (yunon. Mechane - qurol, mashina) - materialning ma'nosiga tushunmagai holda
takrorlashdan iborat xotira.
Operativ xotira (lot. oreratio - harakat) - xotira turlaridan biri. By ma'lum faoliyatni bajarish jarayonida ifodalanadi, uzoq muddatli xotiradan vaqtincha foydalanadi.
Paramneziya (yunon. rara - oldida, yonida mnosis - eslash) - sodir bo’layotgan voqealarning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi.
Proaktiv tormozlanish (lot. proaktivus - o’ta faol. yunon. tormoz) - avvalgi faoliyatning qayta - qayta kun takrorlanishi natijasida keyingi materiallarni esga tushirishning yomonlashuvi.
Reminissensiya (lot. reminiscentia - eslamoq) - avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni, ya'ni vaqtinchalik unutish
holati.
Retroaktiv tormozlanish - (lot. Retru - orqaga, activus - faol, harakatchan) - oldin eslab qolingan materiallarni keyingi faoliyat ta'sirida vaqtincha unutish.
Tanib olish - oldin esda qoldirilgan narsalarni qayta idrok qilish orqali obraz
tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
Uzoq muddatli xotira - xotira turlaridan. Bu bilimlarni, shu bilan birga ko’nikma va malakalarni uzoq vaqtgacha esda saqlashni ta'minlaydi, hamda g’oyat ko’p hajmdagi axborotni esda tutish bilan xarakterlanadi.
Unutish- oldin esda olib qolingan ma'lumotlarni keyinchalik qayta esga tushira olish imkoniyatining yo’qligi jarayoni.
Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo’lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.
Esga tushirish - xotira jarayonlaridai biri, buning natijasida oldin esda olib qolingan bilimlarni faollashtirish yuzaga keladi.
Esda olib qolish - yangi qabul qilingan axborotlarni oldin egallangan bilim va tajribalar bilan bog’langan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Qisqa muddatli xotira - qisqa muddatga esda qoldirish ta'minlaydigan xotira turi.