Xovos don mahsulotlari” aj dagi “Ishlab chiqarish amaliyotining” Guliston-2022 mundarija


“XOVOS-DON” AJ NING TARIXI ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT



Yüklə 243 Kb.
səhifə3/7
tarix12.11.2022
ölçüsü243 Kb.
#68734
1   2   3   4   5   6   7
Ховос-Дон амалиёт

2.“XOVOS-DON” AJ NING TARIXI ISHLAB CHIQARILADIGAN MAHSULOTLARI TO’G’RISIDA MA’LUMOT
Xovos don maxsulotlari” AJ 1939-yilda tashkil etilgan bo’lib, asosiy faoliyati Sirdaryo viloyatining Xovos, Boyovut va Sardoba tumani hududlarida fermer xo’jaliklar tomonidan ekilgan g’allani qabul qilib olish va uni sifatli saqlab, un va omuxta-yem mahsulotlarini ishlab chiqarish. Korxona 1939 yildan 1976 yilgacha “Xovos g’alla qabul qilish ombori” deb yuritilgan.
1976 yilda korxonaga tegirmon sexi o’rnatilgandan so’ng korxona “Xovos un kombinati” deb yuritilgan. Shu davrdan boshlab korxonada un va yem mahsulotlari ishlab chiqarilib, xalq iste’moli uchun yetkazilib berilmoqda. Korxona 1976 yildan boshlab Davlat rejasiga asosan belgilangan shartnomalar orqali, dehqon xo’jaliklardan g’alla qabul qilib olish, uni sifatli saqlash va qabul qilinib olingan g’alladan un, omuxta-yem hamda kepak mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Korxonada hozirgi kunda tegirmon va omuxta-yem sexi, non ishlab chiqarish sexi, biolaborotoriya bo’limi belgilangan tartibda faoliyat yurgizib kelmoqda. Undan tashqari “Uzakov” DKKSh, Boyovut tumanida “G’allakor” DKKSh hamda Xovos tumanida “Mehnatobod” DKKShlari faoliyat ko’rsatmoqda. Jamiyatda yuridik, hodimlar, buxgalteriya, laborotoriya, mexanika , energetika, qo’riqchilar, texnika xavfsizligi va qimmatli qog’oz, transport va qishloq xo’jaligi bo’limlari faoliyat yuritadi.
Korxona Sirdaryo viloyati Davlat mulki boshkarmasining 1995 yil 30 martdagi AK 26 sonli buyrugiga asosan aksiyadorlik jamiyati turida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jamiyatning yuqori organi Kuzatuv kengashi hisoblanadi. Jamiyatda 5 kishidan iborat kuzatuv kengashi a’zolari saylangan.


3.UN VA YORMANING ASSORTIMENTI VA SIFAT KO`RSATKICHLARI
Ishlab chiqarish texnologik jarayonining oxirgi natijasini va uning samaradorligini uchta asosiy omil aniqlaydi: xom-ashyoning sifati, texnologik jarayonning tuzilishi va texnologik jihozlar.
Xom ashyo yuqori texnologik xossalari bilan tavsiflanishi kerak. Ya’ni u yuqori bo’lmagan ekspluatatsion harajatlar sharoitida tayyor mahsulotning chiqishini va sifatini yuqori bo’lishini ta’minlashi kerak. Ishlab chiqarishga kelayotgan xom ashyoning sifati o’rnatilgan chegaralangan me’yorlar ko’rsatkichlari bilan aniqlanadi.

Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin