Un zavodlariga yuboriladigan don sifatining chegaralangan ko’rsatkichlari
1-jadval
Nomlanishi
|
Ekin doni
|
Bug’doy
|
Javdar
|
Iflos chiqindi, % ko’p emas
|
2,0
|
2,0
|
Shu hisobdan:
Shikastlangan donlar
Mineral chiqindilarni hamma turi
Zararli chiqindilar
|
1,0
0,3
0,2
|
1,0
0,3
0,2
|
Zararli chiqindilar hisobidan:
achchiqmiya, vyazel (alohida yoki birgalikda)
Qorakuya, qorakosov (alohida yoki birgalikda
|
0,04
0,05
|
0,04
0,05
|
Donsimon chiqindi, % ko’p emas
Shu hisobdan o’sgan donlar
|
5,0
3,0
|
4,0
3,0
|
Kleykovina, % kam emas:
Navli un tortishda
Jaydari un tortishda
Kleykovinaning sifati
|
25,0
20,0
2-guruhdan past emas
|
-
-
|
Un va yorma zavodlarida texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish uni maksimal samaradorligini ta’minlashi kerak. Buning uchun ratsional texnologik sxemalarni qo’llash kerak, xom ashyoni tayyorlash, maydalash, mahsulotlarni saralash, qobiq ajratish, silliqlash va sayqallash rejimlarini, hamda uskunalarga solishtirma yuklamani va jarayonning boshqa ko’rsatkichlarini optimal miqdorda ushlab turish kerak.
Un zavodlarida un tortishning balansini doimo (yiliga bir martadan kam emas) olib turish muhim ahamiyatga ega. Bu texnologik sxema bo’yicha mahsulotlarni taqsimlanishini, maydalash rejimlarini va boshqa texnologik ko’rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi
Dostları ilə paylaş: |