Xulosa foydalanilgan adabiyotlar kirish mavzuning dolzarblig


Qilich bilan sekin, rohatlanib kesib tashlamakni



Yüklə 101,9 Kb.
səhifə9/19
tarix02.06.2023
ölçüsü101,9 Kb.
#123197
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
BMI Iroda 28.05.2023

Qilich bilan sekin, rohatlanib kesib tashlamakni. (R.Parfi)
Idorangda men bilan gaplashging kelmagan edi, ko‘ngilni ko‘ngilga ulab gaplashadigan eng go‘zal joyni qidira-qidira, shu go‘ristonni topdim. Ota-bolaning diltortar suhbatiga guvohlar kerakmi? Kerak! – dedi Axtam unga yaqinlashib. – Shu yerda yotgan o‘liklar eng yaxshi guvoh hisoblanadi. (T.Malik).
Ushbu jumladagi ko‘ngilni ko‘ngilga ulab gaplashadigan eng go‘zal joyni qidira-qidira, shu go‘ristonni topdim qo‘shma gap tarkibidagi birinchi va ikkinchi qismlar anglatayotgan ma’nolar bir-biriga qarma-qarshi bo‘lib, ular odatiy holda o‘zaro birika olmaydi. Bu o‘rinda g‘ayriodatiy usulda bog‘lanib, oksyumoronni yuzaga chiqargan.
Oksyumoronlar sintaksisning barcha birliklari: bo‘lak, so‘z birikmasi, sodda gap va qo‘shma gaplar orqali ifodalanilishi mumkin.
Xulosa sifatida ta’kidlashimiz mumkinki, oksyumoronlar odatiy so‘z birikmalari qolipida shakllanib, g‘ayriodatiy tushuncha yoki fikr ifodalash uchun xizmat qiladi, g‘ayritabiiylik oksyumoronning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy belgisi bo‘lib, sintaktik-stilistik figuralarning alohida bir ko‘rinishi hisoblanadi.
2.2. Oksyumoronning semantik tasnifi
Ikkinchi bobning “Oksyumoronning semantik tasnifi” deb nomlangan ikkinchi faslida oksyumoronlar shaklan oddiy so‘z birikmasi ko‘rinishida namoyon bo‘lsa-da, semantik jihatdan o‘ziga xos bo‘lishi, oddiy so‘z birikmasida qismlar semantik jihatdan bir-biri bilan mutanosib ravishda bog‘lanadi. Oksyumoronning xos xususiyat ekanligini tadqiq qilish, uning emotsional-ekspressivligini ochib berish, uslubiy vositani to‘liq o‘rganish, tushunish uchun bir taraflama, yaʼni bir xodisaning o‘zinigina tahlil qilish bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun oksyumoronning faqat o‘zini tadqiq qilish natijasida olingan maʼlumotlar oksyumoronga xos xususiyatlarini tushunish uchun yetarli, deb bo‘lmaydi.
Oksyumoron sintaktik-stilistik usulini keng doirada o‘rganish, unga yondosh xodisalar bilan murakkab va noaniq munosabatlarini qiyoslash orqali o‘rganish mumkin. Semantik xususiyatiga ko‘ra, oksyumoron o‘ziga yondosh xodisalar bilan yaqin munosabatda bo‘ladi. Natijada, badiiy asarlarda taʼsirchanlikni oshirish uchun qo‘llanilgan sintaktik figurani oksyumoron, kinoya, paradoks, antiteza, amfiteza, akroteza, diateza, antifrazis ekanligini birdaniga aniqlash qiyin buladi. Bunday sintaktik figuralar doirasida ularning o‘zaro taʼsirining qanday ekanligi, tabiati va o‘ziga xos xususiyatini ko‘rib chiqish davomida oksyumoron mohiyatini to‘liq ochishga imkon bo‘ladi, yaʼni xususiyatlari batafsil o‘rganilgan oksyumoron maʼnosiga ko‘proq murojaat qilinadi. Bu oksyumoron bilan semantik mohiyatiga ko‘ra, u bilan yondosh tushunchalar o‘rtasida aniqroq chegara qo‘yish imkonini beradi.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda oksyumoron va ironiyaning o‘xshash hamda farqli jihatlariga munosabat bildirar ekanmiz, avvalo, ironiya badiiy tasvir vositasiga to‘xtalamiz. Ironiya (kinoya)ning sintaktik figura yoki trop(ko‘chim) ekanligi haqidagi ilmiy qarashlarga eʼtiborimizni qaratamiz. Bu manbaalarda stilistik vosita sifatida ironiya (kinoya)ga turlicha yondashuv mavjud.
Masalan, D.Quronov va boshka mualliflarning “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da “ironiya (yun. - aynan, uzini gullikka solish) - qarang: kinoya”37.
Kinoya–hozirgi adabiyotshunoslikda ironiyaning muqobili sifatida faol qo‘llanilayotganligini ta’kidlaydi, lug‘atda ko‘chim va kinoyaning farqli jihatiga eʼtibor karatib: “Ko‘chim so‘z va so‘z birikmasini ko‘chma maʼnoda ishlatishni ko‘zda tutdi, kinoya esa modallik ifodasi sifatida tilning barcha sathlarida va shu sath unsurlari vositasida ifodalanishi mumkin. Kinoya nafaqat so‘zni teskari maʼnoda qo‘llash, balki jumlani kinoyaviy maʼno ifodalaydigan tartibda tuzish va shunga mos ohang yordamida ham yuzaga chiqarilishi mumkin”38. F.Salayev, G.Qurboniyozovlarning “Adabiyotshunoslik atamalarining izohli so‘zligi” asarida esa ironiyaga shunday taʼrif beriladi: Ironiya - (yun. eironeia - jurtaga, kesatish) adabiy asar matnida ishlatiladigan kinoya, qochiriq, kesatish, piching39. Adabiyotshunoslar N.Xatamov, B.Sarimsaqovlar ham xuddi shunday fikr bildiradilar40 . Albatta, ushbu fikrlardan ironiya haqida maʼlum xulosaga kelishdan oldin, u xususida birmuncha mulohaza yuritish lozim.
Yuqorida keltirilgan lug‘atlardagi fikrlardan ko‘rinadiki, ironiya bilib turib, o‘zini bilmagandek tutish, haqiqiy yashiringan maʼnosini tushunganga - achchiq kulgi, shunday shaklan tushunmaganga esa - oddiy maʼlumotdek ko‘rinadigan badiiy vosita. Tilshunos olima E.Ibragimova “O‘zbek tilida ironiya va ironik mazmun ifodalashning usul hamda vositalari”41 nomli nomzodlik ishida ironiya to‘g‘risida to‘liq maʼlumot berganligini inobatga olib, biz bu urinda ironiya haqida
qisqacha maʼlumot berish bilan kifoyalanamiz. Asosan, bu ikki stilistik vositani o‘xshash va farqli tomonlarini yoritishga harakat qilamiz. E.Ibragimova tilning badiiy tasvir vositalari shakliy va mazmun xususiyatiga ko‘ra uch guruhga:

Yüklə 101,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin