Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar kirish



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə4/9
tarix09.06.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#127892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Pedagogika fakulteti

Dasturning vazifasi
Bolalarni jismoniy, aqliy hamda ijtimoiy-hissiy jihatdan kamol toptirish va ularning sog’lig’ini muhofaza qilish; bolalarning erkin fikrlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ahloqiy va ma’naviy jihatdan barkamol, shuningdek, kelajakda mustaqil va ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Dasturda bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash davri shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bo’linadi:
Go’daklik (1 yoshgacha)
Ilk yosh (1-2 yosh)
Ilk yosh (2-3 yosh)
Kichik yosh (3-4 yosh)
- O’rta yosh (4-5 yosh)
Katta yosh (5-6 yosh)
Maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
Dasturning tuzilmasi
1.Bolalarning rivojlanish xususiyatlari
2.Jismoniy rivojlanish
3.Mashg’ulotlar jadvali (haftalik, oylik, 1-yarim, 2-yarim yillik va
jami )
4.Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
5.Nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik
6.Bilish jarayoni: atrof olam to’g’risidagi bilimga ega bo’lish va uni anglash
Ushbu dasturning muqaddima qismida ta’lim-tarbiya maqsad, vazifalariga mos bola shaxsini jismoniy rivojlantirish, nutq va tafakkurini o’stirish, ma’naviy shakllantirish va ularni maktabga tayyorlash maqsadlari yoritilgan.
Yangi takomillashtirilgan dasturning maqsad, vazifasi bugungi Davlat va jamiyat boshqaruvining erkinlashuvi sharoitida, fuqarolik jamiyatining bo’lg’usi shaxslarini barkamol qilib kamolga yetkazishga bo’lgan talab va ehtiyojini qondirish, amaldagi “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturining samarali mazmun-mohiyatini saqlab qolgan holda, maktabgacha yoshdagi bolalarni yangi Davlat talablari asosida tarbiyalashga qaratilgan.
Dastur mazmuni bolalarda ilk bora milliy o’zlikni anglash tuyg’usini shakllantirish, milliy urf-odatlar, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtiromni kuchaytirish maqsadini ko’zda tutadi.
Ushbu dastur O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi YuNISEF xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda o’tkazgan uch bosqichlik tajriba- validasiya sinovlaridan samarali o’tgan.
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim sohasining barcha yo’nalishlari ushbu me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanganligi va ular XTVning elektron saytlarida yoritilganligi bois, yangi tayyorlangan takomillashtirilgan nashrga ushbu hujjatlar kiritilmadi.
Amaldagi dastur me’yoriy hujjatlar bilan birgalikda bosma taboq hajmda nashr etilgan. Yangi tayanch dastur yaxlit holatda, to’ldirish va qo’shimchalar bilan aynan bosma taboqni tashkil etadi. Dasturda ta’lim-tarbiya mazmuni 3 yo’nalish 6 bosqichda amaliyotga tavsiya etilgan:
Bolalarni jismoniy rivojlantirish;
Nutq va tafakkurni rivojlantirish;
Ma’naviy-madaniy yetuklik.
Yangi taomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yo’nalish 3 bosqichda ta’lim-tarbiya berish maqsadini ko’zda tutgan:
1.Jismoniy rivojlantirish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena;
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlantirish;
3. Nutq, o’qish, savodga tayyorgarlik;
4. Bilish jarayoni, atrof-olam to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish va uni anglash
Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlar uch yoshgacha bo’lgan davr, uch yoshdan besh yoshgacha va besh yoshdan yetti yoshgacha bo’lgan bolalar psixik va yosh xususiyatiga ko’ra bir-biriga yaqinligini ilmiy asoslagan. Tahlillarga tayanib, yangi dasturda tug’ilgandan 24 oygacha bo’lgan rivojlanish davrlari (ilk yosh) oylar kesimida, I kichik (2-3 yosh), II kichik (3-4 yosh), o’rta (4-5 yosh), katta (5-6 yosh), maktabga tayyorlov (6- yosh) qilib belgilandi.
Shunga e’tiboran bolalarni aqliy tarbiyalashda asosiy vosita bu mashg’ulotlar jarayonidir. Biz tadqiqotimizda nutq o’stirish, bilish jarayoni, atrof olam to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish va uni anglash to’g’risida tao’xtalamiz.
Dastur to’g’risida g’uyoidagi xulosalarni bildiramiz:
Yangi takomillashtirilgan dastur tuzilishi jihatidan tarbiyachiga kundalik ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda bir qator afzalliklar yaratadi (Matn lo’nda, aniq, alohida yo’nalishlar bo’yicha berilgan);
Zamonaviy pedagogik-psixologik terminlardan foydalanilgan (M-n, “Ekspressiv” so’zi - lotincha “ifodalanganlik” ma’nosini anglatib, o’z his- tuyg’ularini nutq orqali ifodalash malakalariga ega bo’lish, “Impressiv” – o’zgalar nutqini eshitish va eshitilgan nutqni tushunish malakalariga ega bo’lishni bildiradi.)
Barcha vazifalar bola shaxsini bevosita tarbiyalashga qaratilgan;
Milliy ruh va ma’naviyatga alohida urg’u berilgan;
Dastur ta’limiy o’yinlar majmui bilan boyitilgan;
Bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tasviriy faoliyat va musiqa bo’limlari keng yoritilgan;
Dasturda umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari uchun joriy etilgan Davlat ta’lim standartlari o’rtasida uzviylik tamoyillariga alohida ahamiyat berilgan.

Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin