Eslatma. Bitta tanlanmadagi ma’lumotlar bo’yicha topilgan o`rtacha tanlanma qiymat ravshanki, tayin sondir. Agar o`sha bosh to`plamdan o`sha hajmli boshqa tanlanmalar olinadigan bo`lsa, u holda o`rtacha tanlanma qiymat tanlanmadan tanlanmaga o`tilganda uzgarib boradi. Shunday qilib, o`rtacha tanlanma qiymatni tasodifiy miqdor sifatida qarash mumkin, binobarin, o`rtacha tanlanma qiymatning (nazariy va empirik) taqsimoti, bu taqsimotning (uni tanlanma taqsimot deyiladi) son xarakteristikalari. jumladan, tanlanma taqsimotining matematik kutilishi va dispersiyasi haqida so`z yuritish mumkin. Shuni qayd qilib o`tamizki, nazariy mulohazalarda X belgining bog’liq bo’lmagan kuzatishlar natijasida hosil qilingan tanlanma qiymatlarini ham X bilan bir xil taqsimotga ega bo`lgan, va demak, o`shanday son xarakteristikalariga ega bo`lgan tasodifiy miqdorlar deb qaraladi.
DISPERSIYA (lot. dispersio — tarqalish, sochilish) —
1) matematikada — tasodifiy miqdor D. si; tasodifiy miqdorning matematik kutilish atrofidagi zichligi darajasini aks ettiradigan tushuncha. Taʼrifga koʻra D. tasodifiy mikdor bilan uning matematik kutilishi orasidagi ayirma kvadratining matematik kutilishiga teng.
2) fizikada — oʻrganilayotgan fizik kattalikning tasodifan oʻlchangan qiymati uning oʻrtacha qiymatlaridan farklanishi darajasi. Tajribada esa Dispersiya deb tasodifiy oʻlchangan qiymatlarni ularning oʻrtacha arifmetik qiymatidan ogʻishishlari kvadratlarining oʻrtacha arifmetik kattaligi tushuniladi. Fizikada, mas, quyidagi iboralar mavjud:
1. Elektromagnit toʻlqinlar D. si — muhitda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar tezligining toʻlqin chastotasi (toʻlqin uzunligi)ga bogʻlikligi.
2. Dielektrik kirituvchanlik Dispersiyasi — oʻzgaruvchan elektromagnit maydonga joylashgan modda dielektrik kirituvchanligining shu maydontebranishlar chastotasiga bogʻlikdigi.
3. Yorugdik Dispersiyasi — yoruglikning difraksiyalanishi, interferen-siyalanishi va ikki muqit chegarasida sinishi natijasida monoxromatik tashkil etuvchilarga, yaʼni spektrga ajralishi. Xususiy xrlda, yoruglik Dispersiyasi —muhitning mutlaq sindirish koʻrsat-kichining shu muhitga tushayotgan yorugʻlik chastotasiga bogʻliqligini koʻrsatadi.
n - sindirish kursatgichining - yorug’lik chastotasiga yoki to’lqin uzunligiga bog’liqligiga yorug’lik dispersiyasi deyiladi. n=f( ) (1) Nyutonning klassik tajribasi 1672- yil oq yorug’likni spektrlarga prizma orqali ajratadi (2-rasm). Prizmada dispersiyalanuvchi nurni ko’rib chiqaylik (1-rasm).