Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 50,49 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü50,49 Kb.
#199661
1   2   3   4   5
Bosh o’rtacha qiymat va dispersiya.

Dispers sistemalar - ikki yoki undan ortiq fazalarning tekis tarqalgan mayda zarralaridan tuzilgan geterogen sistemalar. Odatda, fazalardan biri uzluksiz dispersion muhit hosil qilib, boshqa fazalar (bir yoki bir nechta dispersion fazalar) esa shu muhitda mayda kristallar, qattiq amorf zarralar, tomchilar yoki pu-fakchalar shaklida bir tekis tarqaladi. D. s. murakkab tuzilishga ega boʻli-shi ham mumkin, uzluksiz dispersion muhit hosil qila oladigan, bir-birining hajmiga singib ketgan ikki fazadan iborat sistema bunga misol boʻla oladi. D. s. zarralarning katta-kichikligiga qarab ikki guruhga boʻlinadi: 1) dispers faza zarralari 1 mkm va undan katta boʻlgan dagʻal D. s. (suspenziya, tutun, tuman, emulsiya va b,); 2) dispers faza zarralari 1 nm dan 1 mkm gacha boʻlgan kolloid sistemalar. Dispers faza zarralari 1 nm gacha (atomlar va kichik molekulalar oʻlcha-miga teng) boʻlgan zarralardan tuzilgan sistemalar chin eritmalarni tashkil etadi. D. s.ning fizik-kimyoviy xossalari dispers faza bilan dispersion muhit orasidagi molekulalararo bogʻlanishga hamda ular orasida hosil boʻladigan yuzaga bogʻliq. D. s.ning xossalari kolloid kimyoda oʻrganiladi.
Suspenziyalar — dispers sistemalarning uchinchi xili dagʻal dispers . Dagʻal dispers sistemalarda dispers faza zarrachalarining oʻlchami 100 mmkm dan katta boʻladi[1]. Dispers faza va dispersion muhitning agregat holatiga qarab, dagʻal dispers sistemalar (xuddi kolloid eritmalar kabi) bir necha xil boʻlishi mumkin, turmush va texnikada eng koʻp uchraydigan dagʻal dispers sistemalar quyidagilardir:
Qattiq dispers faza va suyuq dispersion muqitdai iborat dagʻal dispers sistemalar; ular suspenziyalar deyiladi: masalan, suvga tuproq solib chayqatilsa, suspenziya hosil buladi[2]. Suyuq dispers faza va suyuq dispersion muqitdan iborat sistemalar; bular emulsiyalar deyiladi; sut emulsiyaga misol boʻla oladi. Agar dispers faza gaz boʻlsa, bunday sistemalar gazsimon emulsiyalar, boshqacha aytganda, koʻpiklar deyiladi. Bir necha xil qattiq jismlardan tuzilgan sistemalar; bu sistemalar turridan-turri aralashma deyiladi. Suspenziya va emulsiyalar kolloid eritmalardan quyidagi xossalari bilan farq qiladi:
suspenziya bilan emulsiya optikaviy jihatdan bir jinsli emas; ular yorugʻlik nurini tarqatib yuboradi; ular hamma vaqt loyqa va polidispers holda boʻladi. Ular sedimentatsion jihatdan barrqaror emas: suspenziya bilan emulsiya ikki va uch qavatga boʻlinishi va ularning tarkibiy qismlari bir-biridan ajralishi mumkin; dispers sistemalarning bu xossalaridan foydalanib, texnikada bir modda boshqa moddalardan ajratib olinadi. Agar sistema emulsiyadan iborat boʻlsa, bu holda dispers fazani dispersion muhitdan ajratish uchun sistema uzoq vaqt tindiriladi yoki sentrifugaga solib aylantiriladi. Bu vaqtda bir-biri bilan aralashmaydigan ikkita suyuqlik qavati hosil boʻladi. Ana shu usul bilan ikki suyuqlik bir-biridan ajratib olinadi. Agar sistema suspenziyadan iborat boʻlsa, tindirilgan vaqtda ogʻir modda idish tagiga choʻkadi. Dispersion muhit ichida dispers fazaning choʻkish protsessi sedimentatsiya deyiladi. Sedimentatsiya hodisasini hamma suspenziyalarda ham kuzatish mumkin, lekin hamma suspenziyalarning sedimentatsiya tezligi har xil boʻladi. Suspenziyalarning choʻkish tezligi dispersion muhitning zichligiga, qovushoqligiga va dispers faza zarrachalarining zichligiga hamda ularning radiusiga bogʻliq. Agar t vaqt ichida zarrachaning bosgan yoʻli N boʻlsa, sedimentatsiya tezligi V = H/t boʻladi. Sedimentatsiya tezligi bilan muhitning kovushoqligi va zichligi oʻrtasidagi bogʻlanish quyidagi formula bilan ifodalanadi


Xulosa
Bizga ma’lumki ehtimollar nazariya va matematik statistika fani muhim rivojlanayotgan borayotgan fanlar jumlasidandir. Ayniqsa ehtimollar nazariyasining hayotga bo’lgan tadbiqlari bo’limi salohiyati va amaliy qo’llay bilishi jihatidan muhim ahamiyat kasb etadi va u juda ko’p tushunchalarni o’z ichiga oladi. Matematik ststistikaning ba’zi masalalari ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanini yaxshi o’zlashtirish, unga tegishli bo’lgan tushunchalar va turli masalalarni yechishga, ularni oson hal qilishga imkon beradi.
Bu kurs ishini tayyorlash davomida quyidagilarni o’rgandim:
1 Matematik statistikaning tushunchalari
2 Statistik baholar va ularning xossalari
3 Nuqtaviy baholash usullari

Yüklə 50,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin