Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi va uning tarkibi
Tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va uni iste‘molchilarga yetkazib berish bilan bog’liq barcha sarflar ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi.
Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yokilg’i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalari, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi.
Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf xarajatlarning puldagi ifodasi
mahsulot tannarxini tashkil qiladi,
ya‘ni: T = C + V + M (1)dan C + V yig’indi ishlab chiqarish xarajatlari yoki tannarx deb yuritiladi.
ICHX = C + V yoki TMTN = C + V (2)ni tashkil etadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari ikki qismga bo’linadi:
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari
Muomala xarajatlari.
Ushbu chizmada xarajatlarning namoyon bo’lishi ko’rsatilgan muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste‘molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.
Muomala xarajatlari ikki guruhga bo’linadi:
Qo’shimcha muomala xarajatlari
Sof muomala xarajatlari.
Tovarlarni o’rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo’shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi.
Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi.
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi.
Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Xarajatlarning jalb etilish manbaiga ko’ra turkumlanishini chizmada tasvirlash mumkin:
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlar summasidir.
Shu bilan birga tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov – normal (me‘yordagi) foyda ham renta va ish haqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Normal foyda iqtisodiy foydadan farq qiladi. Normal foyda – bu iqtisodiy resurs sifatidagi tadbirkorlik qobiliyatini rag’batlantirib turish uchun to’lanadigan haq hisoblanadi.
Sarf-xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi.
Ishlab chiqarish hajmini o’zgarishiga ta‘sir qilish yoki qilmasligiga qarab xarajatlar doimiy va o’zgaruvchi xarajatlarga bo’linadi.
Ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta‘sir qilmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar (ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan turlari), amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va boshqa xarajatlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |