Xulosa Foydalanilgan adabiyotlat kirish



Yüklə 50,44 Kb.
səhifə7/8
tarix18.05.2023
ölçüsü50,44 Kb.
#116076
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5332514769171648861

Vn+Vp = R (5)


Bu yerda: Vp – real ish haqi; Vn – nominal ish haqi; R- iste‘mol buyumlari va xizmatlarining narx darajasi.
Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste‘moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi.
Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli - vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.
Vaqtbay ish haqi – xodimning malakasi, mehnatning sifati va ishlagan vaqtiga qarab to’lanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo’lmaydigan, balki ular aniq vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan
vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlarga haq to’lashga) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog’liq bo’lmagan paytlarda (masalan, konveyerlar va avtomat liniyalarda ishlash) qo’llaniladi.
Ishbay ish haqi - ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab beriladigan ish haqidir.
Haq to’lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari
ish haqining tizimini tashkil qiladi.

  1. To’g’ri ishbay tizimi – bunda ishlab chiqarish me‘yori qay darajada bajarilishidan qat‘iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha to’lanadi.

  2. Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko’rsatkichlar uchun mukofot berishni nazarda tutadi.

  3. Ishbay-progressiv haq to’lashda ishchining belgilab qo’yilgan me‘yor (darajasida) doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo’yicha ish haqi beriladi, normadan yuqorisiga esa oshirilgan haq (tarif) bo’yicha pul to’lanadi.

Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi. Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakat miqyosi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.

Yüklə 50,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin