Masalan: abgor bo`lmoq, afsus yemoq, asir bo`lmoq va shunga o`xshash fe`l birikmalaridir. O`timsiz fe`llar haqida “Hozirgi o`zbek adabiy tili” darsligida Tursunov J. Muxtorov, Sh. Raxmatullayev kabi tilshunoslar quyidagicha fikr yuritadilar.
O`timsiz fe`llar tushum kelishidagi so`zni boshqarib kela olmaydi. Odatda, boshqa narsaga o`tmagan, bajaruvchining o`zida kelgan harakatni bildiradi.
Masalan: 1) Sobir hayajonlanib o`rnidan turdi. 2) Uning siymosidan uzoq vaqtgacha nur arimadi.
Kaushanskaya V. L., R. L. Kovner va boshqalar o`zidan keyin to`ldiruvchi olmaydigan fe`llarga o`timsiz fe`llar deb ta`rif berishadi va bunday fe`llarga: to stand, to sleep, to laugh, to think, to lie, to swim kabi fe`llarni kiritadi. Yana shuni ham aytib o`tish joizki, tilda shunday fe`llar ham borki, ular kontekstda qanday so`zlar bilan bog`lanib kelishiga qarab o`timli ham, o`timsiz ham bo`lib keladi. Bu fe`llarda o`timli-o`timsizlik gap ichida shu fe`lning o`z ma`nosidayoki ko`chma ma`noda qo`llanganiga qarab aniqlanadi.
Fe`ldagi – o`timli-o`timsizlik kategoriyasi bilan uzviy bog`liq, chunki nisbiy yasovchi affiksni olgan fe`lning o`timli, o`timsizligida quyidagicha o`zgarishlar yuz beradi.
O`timli fe`l, o`timsizga aylanadi .yuvdi-yuvindi, yozdi-yozildi, kuydi – kuyindi, o`qidi-o`qildi kabi fe`llardir.
O`timsiz fe`l –o`timliga aylanadi o`timli bo`lganda (ortirma nisbat shaklida) keldi –keltirdi, kuldi-kuldirdi, yurdi –yurg`izdi, semirdi-semirtirdi, uxladi-uxlatdi kabilar. Yuqorida ta`kidlagandek ingliz tilida ham o`timli va oham o`timsiz bo`lgan fe`llar mavjud. Shunday fe`llar borki, ularning birinchi ma`nosi o`timli, ikkinchi ma`nosi o`timsizdir.
Bunday fe`llarga quyidagilar kiradi.
To sell – sotmoq
To read – o`qimoq
To add – qo`shmoq
To act – ijro etmoq va boshqalar.
Yana ingliz tiida shunday fe`llar ham borki, ularning birinchi ma`nosi o`timsiz, ikkinchi ma`nosi esa o`timlidir. Bunday fe`llarga quyidagilar kiradi.