Xulosa Ingliz va o`zbek tillarida fe`l


Ikki funksiyani bajaradigan fe`llar



Yüklə 281,5 Kb.
səhifə17/18
tarix19.06.2023
ölçüsü281,5 Kb.
#132672
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ingliz va o`zbek tillarida fe`l

Ikki funksiyani bajaradigan fe`llar
Semantikasiga ko`ra ba`zi fe`llar o`zi bilan birga kelgan otga ko`proq bog`liq bo`lsa boshqalari biroz bog`liq bo`ladi. Fe`llarning uchinchi guruhi bu jihatidan netral bo`lib, o`timlilik va o`timsizligiga ko`ra bir xil funksiyani bajaradi. Ularning bu xususiyati S+V+V+D modelida qanday qo`llanilishida aniqlanadi. Ingliz tilida ikki funksiya bajaradigan fe`llar juda ko`p. ularga abate, acclimatire, approach, assay, bail, bank, clariby, play, leave, end, move, change kabi fe`llarni kiritish mumkin
Example: The shopkeepers mouthes opened (p. lesile) (intransitive) – sotuvchilarning og`zi hayratdan ochilib qoldi .Bu gapda “opened” o`timsiz fe`ldir.Ingliz tilida ham o`timsiz, ham o`timli fe`l sifatida qo`llanilishiga va o`timli-o`timsizlikka chidamliligiga qarab, bu fe`llar ikki guruhga kiradi.
a) ma`no jihatdan ikki funksiyani bajaradigan fe`llar
b) funksiyasi jihatidan bog`liq (ikki xususiyatli) fe`llarga bo`linadi.
a) ma`no jihatidan ikki funksiyani bajaradigan fe`llar B.A. Ilishning fikricha read, write, eat, drink, drow kabi fe`llar bo`lib, ular I`m reading, I`m eating, I`m drinking, I`m drowing kabi gaplarda What? savoliga javob bo`ladi.
What is he writing?
What is he eating?
What is he drawing?
Javob berilganda tasdiqlab, aytiluvchi so`zlarni ya`ni to`ldiruvchini qo`yish mumkin.
1) I`m writing a latter – men xat yozyapman.
2) I`m eating bread – Men nonni yeyapman.
3) I`m drowing a picture – Men rasm chizyapman.
O`timli fe`llardan farq qilib, o`timsiz fe`llar o`zidan keyin kelgan otga bog`liq emas, ya`ni uning ot bilan birikishi shart emas, otlar protsess yoki ish-harakatni ma`nosini kengaytirishga xizmat qiladi.
1) The children are playing in the yard – Bolalar hovlida o`ynayapti. Bu gap umumiy ifodalangan.
The children are playing football – Bolalar futbol o`ynashyapti

Example. 1) After supper he changed his clothes (transitive)



  • Tushlikdan so`ng u kiymlarini almashtirdi (o`timli)

2) I didn`t recognize him. He had changed a lot
- Men uni tanimadim. U juda o`zgarib ketgan (o`timsiz )
Funksiyasi jihatidan bog`liq bo`lgan ikki xususiyati fe`llarga, ikki ma`nolikka yo`l qo`ymaydigan, o`timli va o`timsiz fe`llar kiradi. Bu fe`llar strukturasi yoki maxsus Grammatik talabga ko`ra, o`timli yoki o`timsiz fe`llarga aylanishi mumkin, ya`ni turli sabablarga ko`ra to`ldiruvchining tushib qolishi mumkin.
Bunga esa ingliz tilidagi self ni tushirib qoldirilishi bilan yasalgan o`zlilikni, o`timsizlanishini misol keltirish mumkin. I wash, I shave, kabi fe`llar ya`ni gaplar I wash myself, I shave myself – larning transformatsiyalashtirilgan variantlaridir. Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rinib turibtiki, o`timli fe`llarning o`timsizlanishi nisbat nuqtai-nazaridan fe`l ma`nosiga ta`sir qiladi, ya`ni wash va shave o`zlik fe`llariga aylanadi.
I wash myself, I shave myself boshqa hollarda o`zlik olmoshining qo`llanilishi shart chunki ularning tushib qolishi semantiksizlikga sabab bo`ladi, ya`ni fe`l semantikasini o`zgarishiga olib keladi.
O`timsiz fe`l qardosh to`ldiruvchi (cognate object) deb ataluvchi to`ldiruvchi bilan qo`llanganda, u o`timli fe`llar qatoriga kiradi.
Example: fight, the good, fight die, death live a life, pray a prayer, a run a rase, to sleep, the of the just bunday fe`llar o`zbek tili uchun ham xos bo`lib, ingliz tilidagiga juda mos ya`ni o`xshashdir
masalan: yoshini yashamoq, oshini oshamoq, gap –gapirmoq, so`z-so`zlamoq, ish- ishlamoq va shu kabi fe`llardir.
He moved. He moved the table – U siljidi. U stolni qimirlatdi
The sun is shining well - quyosh yaxshi nur sochyapti.
He shone the knife washing special powder – U maxsus parashok bilan pichoqni yuvib yaltiratdi.
Tilshunoslar semantic va formal o`timlilikni mos kelmasligi haqida gapiradilar. Chunonchi ko`p fe`llar semantic jihatidan o`timliligiga qolib, bir xil kelishik formasidagi otni talab etadi. bu hodisa hozirgi rus tilidagi fe`llarga ham hosdir. Fe`llarni ana shu hususiyatlariga qarab Vinogradov vositasi o`timli va vositasiz o`timsiz fe`llarni bir biridan farqlagan.
O`timli fe`llarning o`rganish sistemasida asosiy muammo o`timli leksemalar bir necha mustaqil so`z turkumlari ot, sifat, ravish, bosh bo`lak vazifasida ishlatilib, leksik munosabat o`timli leksema va laeksema to`ldiruvchi vazifasida ishlatiladi. Bu munosabatlar eng avvalo leksik- semantik gruppalarga o`timli fe`llarning paradigmatik qatorlariga substantive obyektiv va adverbal leksemalarga oid bir asosli o`timli fe`llar qaysiki bitta to`ldiruvchili ikki asosli o`timli fe`llar ikki to`ldiruvchili hisoblanadi. Masalan: ingliz tilidagi bir o`timli fe`llar hissiyot, hayajon, hayratni anglatadigan fe`llardir.

To adore a woman – ayolni sevmoq
To dislike a boy – bolani yoqtirmaslik
To hate a person – biror kishini yomon ko`rmoq
To admire a beauty – go`zallikdan hayratlanmoq
Yuqoridagi fe`llarda o`ttizdan ortiq misollar keng harakterlangan, ular jonli predmetlar va obstrakt tushunchalarni anglatadi.
Taqqoslash orqali ko`rib o`tilganidek, o`timli fe`llar frazekonstruksiyalari gap boshqaruvida yoki alohida so`z birikmalari hollarida ham boshqaruv sodir bo`ladi. O`timli fe`llar uch guruhga mansubligi turli tuman transformatsiyalar sodir bo`ladi.
“ to adore a woman for”
Masalan: otlashgan transformatsiada:
1) to adore a woman – adoration for a woman
Ayolni qattiq sevmoq – ayolni qattiq sevish
2) to dislike a boy – dislike for a boy
Bolani yomon ko`rmoq – bolani yomon ko`rish
3) to hate a person – hatred for a person
Odamdan nafratlanmoq – odamdan nafratlanish
4) admire beauty – admiration for a beauty
Go`zallikdan hayratlanmoq – go`zallikdan hayratlanish
5)to analyse a text – an analyse of a text
Matinni taxlil qilmoq – matinni taxlil qilish
O`timli va o`timsiz fe`llarning semantik strukturasiga qarab ko`makchilar va predloglar ishtirokida ham ifodalanishi mumkin. Fe`lning vositasiz to`ldiruvchi bilan birikuvi o`timlilikni ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan o`timsizlik va vositasizlik bir-birini mustasno etadi. Fe`l quyidagi hollarda obyektsiz qo`llanadi. 1)Grammatik qisqarish sodir bo`lganda: Bunday hollarda vositasiz to`ldiruvchi nazarda tutiladi, chunki u gapda asosiy hisoblanmaydi. Obyektsizlikning bu turi hamisha to`ldiruvchi bilan qo`llanadigan o`timli fe`l yordamida aniqlanadi. Ba`zi olimlar bu holatni absalyut holat deb atashadi. 2) Fe`l o`timsizlashganda o`timsiz fe`llar semantikasiga ko`ra vositasiz to`ldiruvchini istisno qiladi. 3) fe`l o`timligiga ko`ra belgilanganda: shu fe`ldan keyin qanday so`z kelishi kerakligi o`z-o`zidan aniq bo`ladi. Semantic jihatidan o`timli-o`timsizlik nisbatning ma`lum bo`limlari bilan bog`liqdir.
Masalan: maxsus morfemalardan yasalgan, tegishli formalar bilan ifodalangan, majhullik, o`zlilik va birgalilik bir paytning o`zida o`timsizlikka sabab bo`ladi.
Aniq nisbat o`timli, o`timsizlikni ham ifoda eta oladi, chunki formasi belgilanmagan. Aniq nisbat formasi nisbatning boshqa turlari kauzativlik, o`zlilik, birgalilik ma`nolarini ham o`z ichiga oladi. Shuni aytib o`tish kerakki, ifoda planida bayon etilgan, o`timli, o`timsizlik ma`nolari maxsus farmoyishiga moyil bo`lmasligi ham mumkin.
Tillarning ko`rinishiga ko`ra o`timli-o`timsizlik turli usul va har xil formalar bilan ifoda etiladi. Masalan: agar Hind – Yevropa tillarida o`timlilikni ifodalash uchun tushum kelishigining o`zi kifoya bo`lsa, ingliz tilida fe`l bilan ifodalangan faoliyatining o`tuvchanligini fe`l predlog yoki ko`makchi bilan o`zbek tilida esa fe`l tushum kelishigidagi ot yoki ko`makchi bilan anglatish mumkin. Fe`lni vositasiz to`ldiruvchi bilan ifoda etish asosiy usulga qo`shimcha vazifani o`taydi. Masalan: Xizmat yuzasidan qidirilgan odamni topa olmadim. Nisbatning majhullik, o`zlilik, birgalilik va umumiylik kabi kategorial ma`nolari morfologik yarusda bir- birini mustasno qiluvchi hisoblanadi. agar bu kategorialar sintaktik yarusda majhullik, o`zlilik, birgalilik va o`timsizlikni anglatadi, ular o`zaro bog`liq kategoriyalar sanaladi, chunki nisbatning asosiy grammatik marker (belgisi) xizmatini o`tovchi va sintaktik birliklari o`zaro sinonimidir.

Belgilarni qo`shish bilan ko`rsatiladi, intaktik yarusda muayyan signal nisbatning sintaktik belgilarining fe` va ot bilan birikishda namoyon bo`ladi. Majhullikning maxsus morfemalar bo`lmagan tillarda (o`zbek tilida) yo substantiv fe`l yordamida, yo unga o`xshagan fe`l vositalari yordamida yasaladi.


Bunga ingliz tilidagi substantiv be ni va unga yaqin bo`lgan become, remain, get turidagi fe`llar va yetakchi fe`lning sifatdosh II formasini kiritishimiz mumkin.
Bundan keyin grammatik obyekt talab qilib, ish harakatni grammatik obyekt vazifasida keluvchi so`zga ko`chganligini ko`rsatuvchi fe`llar o`timli fe`l deyiladi.
Ingliz tilining o`ziga xos xususiyatlaridan biri ayrim fe`llarning ma`lum predloglar bilan qo`shilib, o`timlilikni ma`nosini anglatishdir. Bunday fe`llarga ma`lum predloglar bilan doimiy bog`lanib asosan yo`nalishni ko`rsatuvchi fe`llargina kiradi.
Masalan: to wait for – kutmoq
1) We are waiting for a better weather.
To look at – qaramoq, boqmoq
2) He looked up at the ceiling. – U shiftga tikilib qaradi.
To depend on – bog`liq bo`lmoq
3) children depend on their parents.
For food and clothing
To fly over – uchib o`tmoq
To ask for something – biror narsani so`ramoq.
Endi biz ingliz tilida va o`zbek tillaridagi o`timsiz fe`llarni sintaktik semantik belgilarini qiyosiy tahlilini va sintaksem analizini badiy adabiyotdan olingan misollar asosida ko`rib chiqamiz. A. M. Muxinning “синтаксемный анализанглизкого предложения” nomli asarida ta`kidlashicha: - o`timsiz fe`llarni bir gap ichidagi munosabatini paradigmatik planda ko`rish zaruriyati tug`iladi. Hozirgi zamon o`zbek va ingliz tilidagi o`timsiz fe`llarning sintaktik- semantik belgisini ko`rib chiqamiz. Biz o`timsiz fe`llarni ikki muhim aspektda o`rganamiz. Birinchisi sintaktik belgilarni hisobga olgan holda gapda sintaksema sifatida o`rganamiz. Birinchi aspektda yadroviylik predikatsiya etuvchi va predikatsiya etiluvchi bo`laklar sifatida namoyon bo`ladi.
Yuqorida aytilgan birikmalarni fikrlarini isbotlagan holda badiy adabiyotdan olingan misollar asosida gapning yuneksion va kompenent modulini yuritishimiz mumkin.

Yüklə 281,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin