Xulq-atvor va faoliyatni ixtiyoriy boshqarishning psixofiziologi


A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə4/5
tarix08.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126651
1   2   3   4   5
Xulq-atvor va faoliyatni ixtiyoriy boshqarishning psixofiziologiyasi

5. A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati

  • 5. A.Shtangelning vizual psixodiagnostika metodining mohiyati
  • Shaxs mavqyeini o’rganishda vizual psixodiagnostikaning ham ahamiyati katta. A.Shtangel o’zining “Tana tili” kitobida inson qaddi-qomati va yurishining tavsiflarini keltiradi. Masalan, uning izlanishlariga ko’ra, qomatning doimo erkin tutilishi – har qanday tayziqdan xolilik, erkinlik belgisi. Bo’shashgan qomat – bo’ysunuvchanlik, tobelik, ergashuvchanlik , mustaqil fikrning yo’qligidan alomat. Bundan tashqari, odam tanasi yelka qismi va umuman tana yuqori qismining xususiyatlari egasining mavqyei va rolidan dalolat beradi, masalan, kerik odam bilan kamtar odam, har narsaga burnini tiqaveradigan odam bilan o’z ishini bilib, bir chekkada band bo’lishni xohlaydigan odamning fe’li har xil bo’lishini bilamiz.
  • Odamning oyoqlari holati, hattoki, tovonlar ham ma’lum axborotlarni beradi. Masalan, dadil, shaxdam qadam tashlash bilan, immillab qadam tashlash, tovonini orqaga tashlab yuradiganlar bilan “oyoq uchida” yuradiganlarning mavqyelari ham har xil bo’ladi. Xushomadgo’y odamni tasavvur qiling: uning tanasi yaxlitligicha oldinga egilgan, qarashlari va nigohi esa faqat suhbatdoshning yuziga qaragan bo’ladi. Shaxsning qiliqlari ham ma’lumot manbai: masalan, avtoritarlilik belgilarini eslang: qo’llar ko’pincha orqada (ba’zan ikkala qo’l orqaga bog’langan ham), iyaglar doimo yuqoriga yo’nalgan, ko’kraklar kerik va hokazo. Odamning ovozi-chi? Masalan, suhbatdoshga nisbatan ovozni sozlashning yaqin (intim) masofasi hamda shaxsiy (uzoq) masofasi farqlanadi.

Reprezentativ tizim

  • Reprezentativ tizim
  • Shaxsning reprezentativ tizimi deganda – insonning tashqi olamdan ma’lumotni idrok etishi, uni miyada qayta ishlashi va bayon etish uslubi tushuniladi. Ma’lumki, odam tashqi olamdagi ma’lumotni beshta sezgi organlari – ko’rish, eshitish, tana sezgisi (tuyish), ta’m va hid bilish orqali qabul qiladi. Sanab o’tilganlar ichida birinchi uchtasi asosiy ma’lumot yetkazuvchi sezgi turlari bo’lib, ularni ba’zan uch asosiy reprezentativ tizim ham deb ataladi. Bunday talqinda ko’rish-vizual, eshitish-audial, tuyish-kinestetik reprezentativ tizimlar nazarda tutiladi. Aniqlanishicha, har bir inson tashqi muhitdagi ma’lumotni qabul qilishda uchchala reprezentativ tizimdan foydalanadi. Lekin, har bir odamning tabiiy moyilligi va yashash muhiti unda bironta reprezentativ tizimni yetakchi qilib qo’yadi. Mana shu yetakchi reprezentativ tizimning turliligi tashkilot miqyosidagi xodimlar tipologiyasi uchun yana bir asos bo’lib xizmat qiladi. Mehnat jamoasini boshqaruvchi rahbar uchun o’z qo’li ostidagi xodimda qaysi reprezentativ tizim yetakchiligini bilish muhimdir. Bunday xususiyatni bilgan holda xodimning odatiy harakatlari sababini bilishga, uning xulqi natijalarini oldindan taxmin qila olishga va kezi kelganda biron masalani uning idrokiga mos ravishda tushuntira olishimizga imkon beradi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin