Xulq-atvor va faoliyatni ixtiyoriy boshqarishning psixofiziologi



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/5
tarix08.06.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#126651
1   2   3   4   5
Xulq-atvor va faoliyatni ixtiyoriy boshqarishning psixofiziologiyasi

Flegmatik

  • Flegmatik
  • harakatlari sekin, shoshilmas va sabr-toqatli, tanholikni yaxshi ko’radi, muloqot doirasini kengaytirishni hohlamaydi, do’stlariga sodiq va ularni ko’paytirish niyati ham yo’q, o’rganib qolgan sharoitida yaxshi faoliyat yuritadi va o’zgaruvchan muhitga moslashishi qiyin, shovqinni yoqtirmaydi, bir joyda o’tirib bajariladigan ishni ma’qul ko’radi. Yangi odamlar bilan muloqotga kirishishi qiyin, lekin o’rnatilgan, aloqalarni saqlashga intiladi. Saranjom sarishtali, tartibni yoqtiradi, intizomli, boshlagan ishini oxiriga yetkazishga harakat qiladi, tashkilotdagi an’analarga sodiq. Quyidagi yarim hazil o’xshatish qarama-qarshi temperament tiplari tavsifini tushunishni yengillashtiradi: “… odatda urushni xolerik va sangviniklar olib boradilar, flegmatiklar esa vayronalarni tiklaydilar”.
  • Melanxolik
  • – nozik didli, hissiyotga o’ta berilgan, uch ichki dunyosiga va kechinmalariga e’tiborli. Bunday kimsalar orasida san’atga qobiliyatlilar ko’p uchraydi. Ulardan ajoyib rassomlar, yozuvchi va shoirlar yetishib chiqadi. Murakkab va nizoli vaziyatlarda harakati sust, tezkor vazifalarni hal etishda asabiylashadi va tez toliqadi.
  • Yuqorida sanab o’tilgan temeperamnt tiplari tug’ma bo’lib, ularni o’zgartirib bo’lmaydi. Lekin, inson o’z-o’zini tarbiyalashi davomida biron temperamentga xos xislatlarni o’zida shakllantirishi mumkin.

4. Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni va statusi

  • 4. Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni va statusi
  • Rol – shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi huquq va burchlaridan iborat harakatlarini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish – u yoki bu oliy o’quv yurtida tahsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib-intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi. Bu rol uning uyga borgach bajaradigan “farzandlik” roli (ota va ona, yain qarindoshlar oldida) talab va imtiyozlaridan farq qiladi. Ya’ni, konkret shaxsning o’ziga xosligi va qaytarilmasligi u bajaradigan turli-tuman ijtimoiy rollarning xarakteridan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kimdir “tartibli, ba’mani, fozil, axloqli va odobli” deyilsa, kimdir be’mani, bebosh, o’zgaruvchan, ikkiyuzlamachi (ya’ni, bir sharoitda juda qobil, boshqa yerda - betartib) degan hayotiy mavqyega ega bo’lib qoladi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin