Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi Muhit. Moslanish



Yüklə 5,48 Kb.
tarix19.12.2022
ölçüsü5,48 Kb.
#76217
Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi-fayllar.org


Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi

Chaqiriqqacha harbiy ta'lim fakulteti


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
105-guruh talabasi
To’rayev Muxsin Davlat o’g’li

Muhit va ekologik omillar. Muhitga organizmlarning moslashishi

Muhit.Moslanish



Reja:

Muhit tushunchasi turli ma’nolarni anglatadi.Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Asosan muhit ikki tipga ajratiladi. 1.Tabiiy muhit: havo, suv, tuproq, tirik organizm va hakazo. 2.Sun’iy muhit: inson tomonidan yaratilgan bo’lib, insonning mehnat mahsulidir.

Tirik organizmlar tarqalgan bizning biosferamizda hayot asosan 4 xil muhitda mavjud:

Tuproq

Suv muhiti

Tirik organizmlar

Havo muhiti

Muhit – hamisha har xil elementlarning murakkab kompleksidir.


Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.


  • Sayoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o’ziga xos to’rtta muhitda tarqalgan ekan, ular ana shu muhitlarga xos moslanishlar hosil qilgan.

  • Organizmlarni ma’lum muhitga yashashga moslashishi adaptastiya deyiladi.

Moslanish asosan uch xil ko’rinishda bo’ladi.

Morfologik moslashish: Organizmlar tana, gavda tuzilishi {shakli} moslashishi masalan. Gidrobiontlar tanasining suv qarshiligini engishiga moslashish va hokazo.

Fiziologik moslashish: Organlar funkstiyasini moslashishi masalan. Cho’lda yashovchi hayvonlarda suvga bo’lgan tanqislikni qondirish uchun yog’larning biokimyobiy oksidlanishidan foydalanish.

Xulqiy-etologik moslashish: Xatti-harakat, xulqi moslashishi masalan. Tashqi muhit bilan hayvon tanasi o’rtasida normal issiq almashinuvi uchun uya qurish, qulay haroratli joyni izlab topish, qushlar, sut emizuvchilar va hokazolarning mavsumiy ko’chishi.

THE CURRICULUM

Saturn is a gas giant, composed mostly of hydrogen and helium

Despite being red, Mars is actually a cold place full of iron oxide dust

Mercury is the closest planet to the Sun and the smallest one in the Solar System

Muhitning organizmlar bilan o’zaro ta’sir etadigan ayrim elementlari ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar juda xilma-xil. Muhitning ekologik omillari organizmlarga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Ekologik omillarni ta’riflashda rus olimlari D.N.Kashkarov {1933}, V.V.Alyoxin {1950} xizmatlari katta.


Ekologik omillar o’z tabiatiga ko’ra qo’yidagi guruhlarga bo’linadi.

Abiotik omillar {olik}: ularga quruqlik biostenozlarida qo’yidagilar kiradi:

1) iqlim omillari - yorug’lik, namlik,harorat, havo va hokazo.

2) Edafik {yoki tuproq grunt} tuproqning ximiyaviy va fizik xossallari.

3) Topografik {relef sharoiti}.

Biotik omillar {tirik}ikki guruhga.

1.Fitogen – birgalikda yashayotgan o’simliklarning bir-biriga ta’siri.

2.Zoogen-hayvonlarning {oziqlanishi, payhon qilishi,changlanishi, tarqatish.

3.Mikrobiogen va mikogen: mikroorganizmlar va zamburug’larning ta’siri.



Antropogen omil: Insoning xo’jalik yuritish faoliyati, mehnat vositalari, zavod, fabrika, shahar, qishloq, turli-tuman inshootlar, texnika vositalari, madaniy landshaftlar va hokazo.
Muhitning ayni bir faktori har xil organizmlar uchun turlicha ta’sir etadi va ahamiyatga ega. Masalan: Suv pardasining sirt tortishish kuchi suvdagi mayda qisqichbaqalar {dafniya, stiklonlar } uchun xavfli, chunki ular bu kuchga bardosh bera olmaydi, chunki ular suv sathiga yopishib qoladi. Suv qandalalari esa bemalol so’zib yuraveradi.
Har qaysi faktorning organizmga ta’sir etish darajasi uning dozasi (normasi) ga bog’liq. Faktorning yashash mumkin bo’lgan minimal va maksimal ahamiyati organizmning chidamlilik chegarasini belgilaydi. Har bir turning turli faktorlarga o’ziga xos chidamlilik chegarasi bor.
Faktorning organizmga eng qo’lay ta’sir etadigan chegarasi OPTIMUM zona deyiladi.
M: Rif hosil qiluvchi marjon poliplar faqat +20-300 doirasida yashaydi. Tilogoch esa yakutiada 69-350 C t da yashaydi. Fil,oq ayiq va hokazo

Optimum faktorning ko’payishi yoki kamayishi o’zgarganda individlarning hayot faoliyati o’zgaradi, yomonlashadi.Eng ko’p ta’sirida organizmlar nobud bo’ladi. Bu esa pessimum deyiladi.

Organizmlarning optimum va pessimum zona orasidagi chegarasi muhit faktoriga ekologik valentligi deb ataladi.


Agar faktorlardan loaqal bittasining miqdor qiymati chidamlilik chegarasidan tashqarisiga chiqsa, qolgan sharoit har qancha qo’lay bo’lgani bilan tur yashay olmaydi.

Maksimum va minimum chegarasidan chiqadigan bunday faktorlar cheklovchi faktorlar deyiladi.M:Shimolda issiq etishmasligi, odatda ko’pgina hayvonlarni tarqalishini cheklaydi yoki dengiz suvining o’ta sho’rligi amfibiyalarning tarqalishini chegaralaydi.


E’tiboringiz uchun rahmat



http://fayllar.org
Yüklə 5,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin