Xususiy kapitalning tarikibiy tuzilishi , uni tahlil etish mazmuni va vazifalari Iqtisodiyotni liberallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsion rivojlantirish nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki moliyaviy jihatdan ham mustahkam tayanchni talab etadi. Shu sababli, xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy salohiyatini baholashda o‘z mablag’larining qiymatiga, ularning jami kapital tarkibidagi salmog’iga, majburiyatlarga nisbati chegaralariga muhim ahamiyat qaratiladi. Xususiy kapital korxonaning moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim
ko'rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Xususiy kapital tushunchalariga ta’riflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos”da hamda “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da keltirilgan .
Xususiy kapital (sarmoya) - subyektning majburiyatlami chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir. Subyekt majburiyatlari - subyekt (qarzdoming) boshqa subyekt (kreditor) foydasiga muayyan ishni
amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to'lash va boshqa majburiyatlaridir yoxud muayyan xatti-harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o'z majburiy atlarini bajarishini talab qilishga haqlidir.
Aktivlar - subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Demak yuqoridagi ta’rif va tasniflashdan quyidagi bog'lanishni berib o'tish mumkin:
Xususiy kapital (XK) = Aktivlar (A) - Majburiyatlar (M)
Buxgalteriya balansidagi xususiy kapitalning miqdori aktivlar qiymatini va majburiyatlami baholashga bog'liqdir.Xususiy kapital ustav fondidan (ustav kapitalidan), qo'shilgan, zaxira kapitalidan va taqsimlanmagan foydadan tarkib topadi. Zarur hollarda ustav, qo'shilgan zaxira kapitali tahliliy jihatidan hisobga olinadi.
Ustav fondi- (ustav kapitali) ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalaming (pulda ifodalangan holdagi) yig'indisini aks ettiradi. Ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissalar shaklida kiritiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar (ishtirokchilar) o'rtasidagi kelishuvga ko'ra baholanadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, baholovchi
tashkilot tomonidan baholanishi kerak.