ML = Q K / X K Bu yerda:
ML - moliyaviy leveridj;
QK - qarz kapitali;
XK - xususiy kapital.
Mazkur formula xo'jalik subyektining moliyaviy risklarini ham aks ettiradi. Koeffitsiyentning optimal darajasi sifatida 05.-0.8 daraja qayd etiladi. Moliyaviy leveridj samaradorligini baholashda moliyaviy leveridj koeffitsiyenti va rentabelligini qiyoslash lozim. Moliyaviy leveridj samaradorligini baholash, tahlil etishning maqsadi xususiy va qarz kapitalidan foydalanish samaradorligini o‘rganishdan iborat. Moliyaviy leveridj samaradorligini quyidagi bog’lanishda ifoda etish mumkin:
MLs = (ROA - Fo‘s) (1 - Ss) • QK / XK Bu yerda:
MLs - moliyaviy leveridj samaradorligi;
ROA - aktivlar rentabelligi;
Fo‘s - O‘rtacha foiz stavkasi;
Ss - soliq yuki;
QK - qarz kapitali;
XK - xususiy kapital.
Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi.
Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi.
Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;
Sof foyda hajmining o’zgarishi.
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi.
bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi.
shartli rentabellik darajasi.
hisobot yilidagi rentabellik darajasi.
Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi.
Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi.
Bu o’zgarish yuqoridagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan.
Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak.
Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga sof foyda summasi (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi rentabellik darajasidan (3-bog’lanishdan) shartli rentabellik darajasini (2-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak.
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak.
Shundan keyin rentabellik darajasining o’zgarishiga xususiy kapital hajmi o’zgarishining ta’sirini har bir kapitalning turi bo’yicha aniq ko’rsatish va mavjud imkoniyatlarni yetarli darajada bayon qilish uchun ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan rentabellikning ikkinchi formulasidan foydalanish zarur. Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga quyidagi 5 ta omil ta’sir qiladi:
Ustav kapitali hajmining o’zgarishi;
Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi;
Zaxira kapitali hajmining o’zgarishi;
Xulosa.
1 14- с о н л и БХМС “Хусусий капитал тугрисидаги хисобот”нинг 10-банди