Xususiyatlari. Halqaro mehnat



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə3/6
tarix22.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#119861
1   2   3   4   5   6
1 mavzu Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Ek q EG’YAIM x 100%,


bu erda Ek - eksport kvotasi, E - eksport hajmi.
Agar Ek 10% bo‘lsa, iqtisodiyotning ochiqligi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Iqtisodiyot ochiqligining boshqa ko‘rsatkichi import bilan YAIM munosabatidan kelib chiquvchi import kvotasi ko‘rsatkichidir:

Ik q IG’YAIM x 100%,


bu erda Ik - import kvotasi, I - import hajmi.
Ochiqlikning kompleks ko‘rsatkichlaridan biri deb odatda tashqi savdo kvotasi ko‘rsatiladi:

TSk q TSG’YAIM x 100%,


bu erda TSk -tashqi savdo kvotasi, TS - tashqi savdo aylanmasining hajmi.
Bu ko‘rsatkichning kamchiligi unda kapital eksporti kattaligining hisobga olinmaganligidir.
Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘rsatib berilgan koeffitsient va ko‘rsatkichlar har doim ham iqtisodiyot ochiqligining holatini to‘liq ko‘rsata olmaydi. Masalan, tashqi savdo kvotasi ma’lum ma’noda iqtisodiyot ochiqligini namoyish qilsa ham, uning sintetik ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Tashqi savdo kvotasi asosan davlatning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokini ko‘rsatadi. Bu
esa ochiq iqtisodiyot tushunchasining bir qismi xolos. Iqtisodiyot ochiqligi ko‘rsatkichi esa murakkabroq kompleks ko‘rsatkichdir.


    1. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish


xususiyatlari
Jahon iqtisodiyotining XXI asr boshlarida rivojlanishi quydagi tamoyillarga asosan amalga oshmoqda:

  • milliy iqtisodiyotlar xo‘jalik hayotida baynalminallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi;

  • hududiy integratsion jarayonlarining kuchayishi;

  • ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashuvi;

  • jahon xo‘jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining barpo etilishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi;

  • jahon xo‘jaligining globallashuvi;

O‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar ham ma’lum bir tamoyillar asosida rivojlanmoqda. Jumladan intensiv davlatlararo iqtisodiy aloqalarning hozirgi darajasi quyidagilarni ko‘rsatadi:

    • jahon xo‘jaligida xalqaro mehnat taqsimoti darajasining chuqurligi;

    • an’anaviy xalqaro tayyor mahsulotlar savdosi miqyoslarining kengayishi va xarakterining o‘zgarganligi (u ko‘p jihatdan milliy ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri xizmat qila boshlaydi);

    • kapital migratsiyasining intensivlashganligi;

    • ilmiy-texnik bilimlar almashuvining tezlashganligi va shuningdek xizmatlar sohasining rivojlanganligi;

    • ishchi kuchi migratsiyasining sezilarli darajada o‘sganligi (xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi xalqaro xo‘jalikning baynalminallashuvining muhim qismi bo‘lib qolmoqda);

    • davlatlar va mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiyalashuv jarayonlarining tezlashishi va kengayishi.

Sanoati rivojlangan davlatlarning savdo, ishlab chiqarish va kredit-moliya sohasida erishilgan yutuqlar darajasi jahon xo‘jaligining shakllanishida omil bo‘lib xizmat qiladi. Uning ishtirokchilari davlat chegaralarining mavjudligiga qaramay umumiy xo‘jalik tizimining tarkibiy qismi sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. Xo‘jalik hayotining baynalminallashuvi tushunchasi ortida alohida davlatlarni global jahon majmuiga birlashtiruvchi ko‘p darajali jahon xo‘jalik aloqalari tizimining samarali faoliyati turadi.
Baynalminallashuv alohida milliy iqtisodiy tizimlarning o‘sib borayotgan o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqligini xarakterlaydi. XX asrda ayirboshlashning baynalminallashuvi kapital va ishlab chiqarishning baynalminallashuviga aylanadi, ITI ta’sirida rivojlanishda sezilarli turtki oladi. Xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasi keskin o‘sdi. Yirik miqyosdagi ixtisoslashgan ishlab chiqarish uchun ichki bozorlar doirasi torlik qila boshlab, u ob’ektiv ravishda milliy chegaralardan chiqa boshladi.
ITI ta’sirida ishlab chiqarishning baynalminallashuvi shunday holatni yuzaga keltiradiki, u har qanday mamlakat uchun “shaxsiy ishlab chiqarishga” ega bo‘lish foydasiz bo‘lib alohida milliy iqtisodiyotlar esa yanada ko‘proq jahon xo‘jaligiga integratsiyalashadilar. Ishchi kuchi harakati, kadrlar tayyorlash, mutaxassislar bilan almashish yanada baynalminal xarakterga ega bo‘ladi.
Ushbu aloqalar va rivojlanishning istiqboli shakllanish qonuniyatlarini tekshirish shuni ko‘rsatmoqdaki, jahon xo‘jaligini rivojlanishining asosiy tendensiyasi bo‘lib kapital, tovar va xizmatlarning Yagona planetar bozorini tashkil qilish va alohida davlatlarni Yagona jahon xo‘jaligi majmuiga birlashtirishga bo‘lgan harakat hisoblanadi. Bu esa global iqtisodiyot masalalarini xalqaro iqtisodiyot munosabatlar tizimi majmui sifatida o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa xalqaro iqtisodiy munosabatlarning boshqacha qilib aytganda yuqoriroq darajasidir.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda globalizatsiya fenomenini ikki tomonlama, ya’ni makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy darajada ko‘rib chiqish mumkin. Makroiqtisodiy darajada globalizatsiya - bu, davlatlar va alohida mintaqalarning chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishga bo‘lgan umumiy intilishlari tushunuladi. Bunday intilishlarning ko‘rinishlari - liberalizatsiya, savdo va investitsion to‘siqlarning olib tashlanishi, erkin tadbirkorlik zonalari tashkil etish va h.k.lar hisoblanadi. Mikroiqtisodiy darajadagi globalizatsiya esa korxona faoliyatining ichki bozor chegaralaridan tashqarida kengayishi tushiniladi. Tadbirkorlik faoliyatining millatlararo yoki ko‘pmilliy yo‘nalganligidan farqli ravishda globalizatsiya jahon bozori yoki “jahon uchligi” (Shimoliy Amerika, g‘arbiy Yevropa, Yaponiya) bozorlarini o‘zlashtirishda Yagona yondashishni bildiradi.



    1. Yüklə 38,28 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin