Xususiyatlari. Halqaro mehnat



Yüklə 38,28 Kb.
səhifə6/6
tarix22.05.2023
ölçüsü38,28 Kb.
#119861
1   2   3   4   5   6
1 mavzu Jahon xo’jaligi va halqaro iqtisodiy munosabatlar asosiy

Tayanch iboralar: jahon xo‘jaligi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish mexanizmi, “ochiq iqtisodiyot”, avtarkiya, tashqi savdo kvotasi, baynalminallashuv, globallashuv, mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashuvi, kooperatsiya, fan-texnika inqilobining ta’siri.

Bobning qisqacha xulosasi:


Jahon xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munasabatlarning intensiv rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlat guruxlari, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar kengayib, rivojlanib bormoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashuvi va ho‘jalik xayotning baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko‘rinishda) mavjud bo‘lib, uning rivojlanishi sanoat inqilobi bilan chanbarchas bog‘liqdir. Ana shu davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi. Zamonaviy jahon xo‘jaligi – bu bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi , global iqtisodiy organizmdir.
Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperatsiyasining o‘ziga xos tamoyillarini o‘rganish katta ahamiyatga egadir.

Nazorat uchun savollar:


  1. Jahon xo‘jaligi nima?

  2. XIM tizimiga nimalar kiradi?

  3. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining bosqichlarini tavsiflab bering.

  4. “Avtarkiya” nima?

  5. Mamlakatlarni “ochiqligi” qanday ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilanadi.

  6. “Ochiq iqtisodiyotning” mazmuni va mohiyatini tushuntirib bering.

  7. Globallashuv nimani anglatadi?

  8. Tashqi savdo kvotasi nimani anglatadi?

  9. Xalqaro mehnat taqsimotining mohiyati qaysi olimlarning nazariyalarida aks ettirilgan?

  10. Xalqaro mehnat taqsimotiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillarni xarakterlab bering.

  11. Xalqaro ishlab chiqarish ixtisoslashuvi nima?

  12. Ishlab chiqarish ixtisoslashuvining shakllarini ko‘rsating.

Yüklə 38,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin