Konstitutsiyaning saylov tizimi bobi bitta, y a ’ni 117-moddadan
iborat bo'lib, u fuqarolarning saylov huquqini,
saylov huquqi prin-
siplari, qaysi organlar saylov yo'li bilan tashkil qilinishi, saylov
o'tkazishning muddatlari, Oliy Majlis Senati a ’zolarini saylash tartibi-
ni, kimlar saylovda qatnashmasligini belgilovchi qoidalardan iborat.
Agar Konstitutsiyamiz nuqtayi n azarid an q arasak, unda qayd
qilingan shu m asalalar yig'indisi saylov tizimi hisoblanadi. Ha-
qiqatan ham shunday. Lekin, ilmiy nuqtayi n azardan qaralsa,
saylov tizimi Konstitutsiyada belgilangan qoidalar yig'indisidan
ancha keng. Chunki, saylov m u n o s a b a tla ri an ch a k e n g bo'lib,
ularning ham m asini K onstitutsiya bilan ta rtib g a solish imkoni-
yati yo'q. Saylov m unosabati ko'plab q o n u n va boshqa normativ
hujjatlar bilan ham tartibga solinadi.
Saylov tizimi barcha saylov
o'tkazilishi bilan bog'liq tartiblar va barcha tartiblarni mustahkam-
lovchi, o'rnatuvchi huquqiy normalar yig'indisidir. Saylov huquqi
normalari fuqarolarning saylov huquqlarini, saylovni tashkil qilish
va o'tkazish, ovoz berish natijalarini aniqlash masalalarini tar
tibga soladi. Saylov tizimi - bu saylov o'tkazilishi tartibi va shu
tartiblarni mustahkamlovchi huquqiy n o rm alar yig'indisidir. Say
lov o'tkazish tartiblari huquqiy norm alar bilan belgilanadi va ular
birgalikda saylov tizimini tashkil etadi.
B a’zida saylov tizimi tor m a ’noda say lo v n ing b a ’zi jihatlari,
xususiyatlariga ham tatbiq qilinadi,
m asalan, ovoz berish nati-
jasini aniqlashga qo'llanilganda proporsional va majoritar say
lov tizimi degan tushunchalar kelib chiqadi. Aslida, majoritar va
proporsional saylov deputatlikka nom zodlar k o 'rsatish va ularga
ovoz berish hamda natijalarini aniqlashdagi alohida tartibdir.
Proporsional tizimda ovozlar partiya ro'y x ati bo'yicha berilib,
deputatlik o'rni olingan ovozlarga nisbatan taqsim lanadi. Bu tizim
Rossiyada parlament saylovlarida qo'llaniladi.
Majoritar tizimda saylovchi aniq bir nomzodga ovoz beradi va
saylovchilarning yarmidan ko'pchilik ovozini olgan nomzodlar say-
langan hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda majoritar saylov tizimi qo'llaniladi.
Keng m a ’noda saylov tizimi faqat ovoz berish, uning nati
jalarini aniqlash tartibi bilan cheklanm ay,
saylov tizimi saylov
huquqi prinsiplari, qoidalari, saylov o 'tk az ish tartibi yig'indisi
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblanadi. Unda fuqarolarning saylash va saylanish huquqlari;
saylov huquqining asosiy prinsiplari; turli darajadagi hokimiyat
organlariga saylov o ‘tkazish; saylov belgilash; saylov ishtirok-
chilari (subektlari), kimlar saylovda ishtirok eta olmasligi kabi
masalalar belgilanadi.
Saylov huquqi atam asi bir necha m a ’noda ishlatiladi.
Saylov
huquqi deganda, birinchidan, mamlakatda saylovlarni tashkil etuv-
chi huquq normalari tushunilsa. ikkinchidan, fuqarolarni saylash
va saylanishga bo'lgan huquqlari tushuniladi (aktiv va passiv say
lov huquqi). Saylov bilan bog'liq munosabatlar, masalalar faqat
Konstitutsiya normalari bilan tartibga solish bilan chegaralanmay-
di, boshqa m ax su s qonunlar bilan ham tartibga solinadi.
O 'zbekiston Respublikasida “O'zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylov to 'g 'r is id a ”, “O'zbekiston Respublikasi Preziden
ti saylovi to 'g 'r is id a ”, “Xalq
deputatlari viloyat, tum an, shahar
Kengashlariga saylov to 'g 'ris id a ”gi qonunlar qabul qilingan bo'lib,
birinchi Q onun Oliy Majlisga deputat va senatorlar saylash, ik
kinchi Q onun O 'z bekiston Respublikasining Prezidentini saylash,
uchinchi Q onun mahalliy vakillik organlariga deputatlar saylash
masalasini tartibga soladi.
Bundan tashqari, “M arkaziy saylov komissiyasi to ‘g'risida”gi,
“Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to ‘g'risida”gi qo
nunlar ham saylov o'tkazish, fuqarolarning saylov huquqlarini
qo'shimcha himoya qilish, t a ’minlashga qaratilgandir.
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach saylov tizimini demokra
tik m am lakatlar saylov tizimiga mos ravishda tashkil qilish im
koniyati tug'ildi. Natijada, saylovlar
xalqaro andozalarga mos
o'tkaziladigan bo'ldi.
Saylovlarning, ko'ppartiyaviylik asosida o'tishi, nomzod-
lar sonini saylanadigan deputatlar soniga nisbatan ko'p bo'lishi
demokratiya tantanasi bo'ldi.
Saylovlar siyosiy jarayon bo'lib, uni tashkil qilish va о tka-
zishga qarab, jahon hamjamiyati, xalqaro tashkilotlar mamlakatda
demokratiya qanday ekanligiga baho beradi.
2007-yiI dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi va 2008-yil dekabr oyida O'zbekistonda mahalliy vakillik
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
organlari va Oliy Majlisga bo'lib o 'tg a n saylovlar demokratiya
tamoyillariga, xalqaro andozalarga mos ravishda o'tkazilganligini
saylovlarda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy mam
lakatlarning kuzatuvchilari e ’tirof etishdi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy havotdagi islo-
hotlar. jamiyat va davlat
hayotidagi erkinlashtirishlar, saylov tizi-
miga ham t a ’sir qildi. Bu o 'zgarishlar K onstitutsiya va qonunlarda
o'z iiodasini topdi.
K onstitutsiyaga kiritilgan o 'zg artirish lar natijasida vakillik
organlari va Prezident saylovi kuni aniq belgilab qo'yildi. En-
di mamlakatimizda saylovlar u larning vakolati tu g ay d ig an yil-
da dekabr oyi uchinchi o'n kunligining birinchi yakshanbasida
o'tkaziladigan bo'ldi (K onstitutsiyaning 117-moddasi ikkinchi xat-
boshisi). Saylovlarda (S en at a ’zolarini saylashda) pog'onali say
lov prinsipi qo'llaniladigan bo'ldi (K on stitu tsiy an in g 117-moddasi
uchinchi xatboshisi).
Prezident ilgari surgan Konsepsiyada har bir shaxsning
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash h u qu q in in g erkin
ligini kengroq t a ’minlash muhim vazifa ekanligi, o 'tg a n
davrlarda
yurtimizda samarali va dem okratik saylov tizimi shakllanganligi
va bu boradagi ishlar davom ettirilishi zarurligi uqtirildi1.
Dostları ilə paylaş: