Xviii bob. Elekòromagniò ÒO‘lqinlar


Òeleko‘rsatuvlarni yo‘ldosh orqali uzatish va qabul qilish



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/22
tarix07.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#126171
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
379-402

Òeleko‘rsatuvlarni yo‘ldosh orqali uzatish va qabul qilish. Òele-
ko‘rsatuvlarni uzoq masofalarga uzatish uchun maxsus qurilmalar
(retranslyator) dan foydalaniladi. Aloqa yo‘ldoshlaridan foydalanish
esa teleko‘rsatuvlarni Yer sharining istalgan nuqtasiga uzatishga va qabul
qilishga imkon beradi. Signallar yo‘ldoshga uzatiladi, yo‘ldosh esa
ularni belgilangan maydondagi antennalarga yo‘llaydi. Bunday
yo‘ldoshlar, odatda, geostatsionar orbitalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ma-
salan, hozir Rossiyaning shu orbitada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ndan
ortiq yo‘ldoshlari mavjud. Bu yo‘ldoshlarda 70 ta uzatkich (translya-
tor) bo‘lib, ularning 50 tasi teleko‘rsatuvlarni uzatishga ajratilgan.
Shuni ta’kidlash lozimki, yo‘ldoshni kosmosning biror nuqtasida
joylashtirish uchun elektr aloqaning xalqaro uyushmasidan ruxsatnoma
olinadi.
Òoshkent — televideniye vatani. Òoshkent — televideniye vatani
ekanligini hamma ham bilmasa kerak. Zamonaviy televizorlarning bi-
rinchi namunasi aynan vatanimizda ixtiro qilingan. 1928- yilda toshkentlik
ixtirochilar B . G r a b o v s k i y va I . B e l y a n s k i y l a r elektron nur
yordamida harakat qilayotgan tasvirni bir joydan ikkinchi joyga
uzatadigan va qabul qiladigan apparat — «radiotelefon»ni yaratdilar.
1928- yil 4- avgustda bu sodda «televizor» jamoatchilikka ishlab turgan
holda namoyish qilindi. Afsuski, bu ixtiroga o‘z paytida tegishli e’ti-
bor berilmadi. O‘zbekistonda televizion ko‘rsatuvlar rasman 1956-
yil 5- noyabrda boshlandi. Hozir eng zamonaviy texnik vositalar bilan
jihozlangan O‘zbekiston televideniyesi besh dasturda ishlaydi.
Sinov savollari
1
. Òeleko‘rsatuvlarni amalga oshirish prinsi pi radio eshittirishlar
sxemasiga o‘xshaydimi? 2. Ularning farqi nimada? 3. Òasvirlar qanday
qilib elektr signallariga aylantiriladi? 4. Ikonoskopdan olingan elektr
tebranishlari qayerga uzatiladi? 5. Qabul qilingan signallarni qanday qurilma
ko‘rinuvchi tasvirga aylantirib beradi? 6. Òeleko‘rsatuvlar qanday to‘lqinlar
diapazonida amalga oshiriladi? 7. Ostankino teleminorasining balandligi
qancha va qancha masofaga teleko‘rsatuvlarning ishonchli qabulini ta’min-
lay oladi? 8. Òoshkent teleminorasi-chi? 9. Òoshkent teleminorasining
balandligi qancha va qachon ishga tushirilgan? 10. Òeleko‘rsatuvlar uzoq
masofalarga qanday uzatiladi? 11. Òeleko‘rsatuvlarni uzatishda sun’iy
yo‘ldoshlardan ham foydalanish mumkinmi? 12. Òeleko‘rsatuvlarni
yo‘ldosh orqali uzatish qanday amalga oshiriladi? 13. Bunday yo‘ldoshlar


397
qayerga joylashtiriladi? 14. Zamonaviy televizorlarning birinchi namunasi
qayerda ixtiro qilingan? 15. Ixtirochilar kimlar bo‘lgan? 16. «Sodda
televizor» qachon namoyish qilingan. 17. O‘zbekistonda televizion
ko‘rsatuvlar rasman qachon boshlangan? 18. Hozir O‘zbekiston
televideniyesining nechta dasturi ishlaydi?

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin