Xviii bob. Elekòromagniò ÒO‘lqinlar



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix07.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#126171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
379-402

Siljish toki. Agar magnit maydonning har qanday o‘zgarishi uyur-
mali elektr maydonni vujudga keltirsa, unda teskarisi, ya’ni elektr
maydonning o‘zgarishi uyurmali magnit maydonni vujudga
keltirmaydimi, degan savol tug‘iladi.
Maksvell bu savolga shunday javob beradi: elektr maydonning har
qanday o‘zgarishi atrofda uyurmali magnit maydonni vujudga keltirishi
kerak. O‘zgarayotgan elektr maydon va u vujudga keltiradigan magnit
maydon o‘rtasida miqdoriy munosabatni o‘rnatish uchun Maksvell siljish
toki tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, magnit maydon mavjud
bo‘lar ekan, uni vujudga keltiradigan tok ham mavjud bo‘lmog‘i darkor.
Shuni ta’kidlash lozimki, siljish toki elektr toki ega bo‘ladigan faqat
bittagina xususiyatga, ya’ni magnit maydon hosil qila olish xususiyatigagina
egadir. U elektr toki ega bo‘lgan boshqa birorta ham xususiyatga ega emas.
Sinov savollari
1. Elektromagnit to‘lqinlar deb nimaga aytiladi? 2. O‘zgaruvchan magnit
maydonda turgan harakatsiz o‘tkazgichda induksiya EYK vujudga keladimi?
3. Harakatsiz o‘tkazgich ichidagi zaryadlarni qanday kuch harakatga keltiradi?
4. Nima uchun bu kuch Lorens kuchi bo‘lolmaydi? 5. Maksvellning gipotezasi
nimadan iborat? 6. Magnit maydon hosil qilgan elektr maydon qanday
xarakterga ega? 7. Elektromagnit induksiya hodisasi haqida Maksvell xulosasi.
8. Elektromagnit induksiya hodisasining asosiy ahamiyati nimadan iborat?
9. Qachon uyurmali elektr maydon vujudga keladi? 10. Elektr maydonning
o‘zgarishi nimani vujudga keltiradi? 11. Siljish toki tushunchasi nima maqsadda
kiritilgan? 12. Siljish toki odatdagi elektr tokidan nimasi bilan farq qiladi?
118- §. Elektromagnit maydon uchun Maksvell
nazariyasi
M a z m u n i : elektromagnit maydon; Maksvell nazariyasi; Mak-
svell nazariyasining xulosalari; elektromagnit maydon energiyasi.
Elektromagnit maydon. Shunday qilib, elektr va magnit hodisa-
lari bir-birlari bilan bog‘langanligiga ishonch hosil qildik, endi ularni
yagona sistemaga solishga harakat qilamiz. Chiqaradigan xulosalarimiz
Maksvell nazariyasining asosini tashkil qiladi.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin