382
Maksvell nazariyasi o‘zgaruvchan elektromagnit maydonning
fazoda chekli tezlik bilan tarqalishini, yani elektromagnit to‘lqin-
larning mavjudligini bashorat qildi. Keyinchalik esa tajribalar bu
to‘lqinning fazodagi tezligi
s = 3 · 10
8
m/s ekanligini va yorug‘lik
ham elektromagnit to‘lqinlardan iboratligini ko‘rsatdi. Nemis fizigi
G.Gers elektromagnit to‘lqinlarni tajribada hosil qildi va ularning
vujudga kelishi, tarqalishi to‘laligicha Maksvell nazariyasiga mos
kelishini ko‘rsatdi.
Elektromagnit maydon energiyasi. Elektromagnit maydon ma-
teriyaning ko‘rinishlaridan biridir. Uning energiyasi elektr va mag-
nit maydon energiyalarining yig‘indisidan iborat:
W =
W
e
+
W
m
.
Shuningdek, elektromagnit maydon energiyasining zichligi ham
elektr va magnit maydon energiyalari zichliklarining yig‘indisiga teng:
e
m
w w
w
=
+
yoki
2
0
0
2
2
2
,
E
H
e e
m m
w =
+
bu yerda
o
B
H
mm
=
Sinov savollari
1. Elektromagnit hodisalari bir-biriga bog‘liqmi? 2. Elektr
maydon
qanday maydonlarning yig‘indisidan iborat? 3. Birinchi tur elektr may-
don qanday vujudga keladi va uning tavsiflari? 4. Ikkinchi tur elektr maydon
qanday vujudga keladi va uning tavsiflari? 5. Umumiy elektr maydon kuch-
langanligi nimaga teng? 6. Magnit maydon qanday hosil qilinadi? 7. Elektr
maydon kuch chiziqlari oqimi mavjudmi? 8. Magnit maydon kuch chiziqlari
oqimi-chi? 9. Maksvellning to‘rtta xulosasi nimalardan iborat? 10. Elektro-
magnit maydon uchun Maksvell nazariyasi nimadan iborat? 11. Elektro-
magnit maydon qanday hosil bo‘ladi? 12. Elektromagnit to‘lqinlarning
fazodagi tarqalish tezligi nimaga teng? 13. Yorug‘lik
elektromagnit
to‘lqinlarmi? 14. Gers tajribada nimani isbotladi? 15. Elektromagnit maydon
materiyami? 16. Elektromagnit maydon energiyasi nimadan iborat?
17. Elektromagnit maydon energiyasi nimaga teng? 18.
Elektromagnit maydon
energiyasining zichligi nimaga teng.