400
2008- yilning oxirida
O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulanishni
ta’minlovchi xalqaro kanallarning o‘tkazish qobiliyati 511 Mbit/s ni tashkil
qildi.
Ayniqsa, o‘quv yurtlarining, jumladan, akademik litseylar va
kasb-hunar kollejlarining ham Internet
sistemasiga ulanayotganligi
quvonarli holdir.
Sinov savollari
1. XX asrgacha aloqa vositasi nimalardan iborat bo‘lgan? 2. XX asr-
ning buyuk ixtirolaridan biri nima? 3. Zamonaviy aloqa vositalarining
ish prinsipi dastlabki radiotelefon aloqadan farq qiladimi? 4. O‘zbekistonda
dastlabki telefon stansiyasi qachon va qayerda qurilgan? Uning hajmi
qancha bo‘lgan? 5. Hozir O‘zbekistonda umumiy foydalaniladigan telefon
nomerlar soni qancha? 6. Shaharlararo aloqada nechta kanal bor?
7. Hozir O‘zbekistonda xalqaro telefon so‘zlashuvlarining necha foizi
sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshiriladi? 8. O‘zbekistonda uyali aloqa
vositasi qachon ish boshlagan? 9. Hozir nechta korxona uyali aloqa xizmatini
ko‘rsatadi? 10. Elektron pochta va internet sistemasining ish prinsi pi.
11. Internet tarmog‘ining qulayliklari. 12.
Butun dunyoda Internet
tarmog‘idan qancha odam foydalanadi? O‘zbekistonda-chi?
Dostları ilə paylaş: