A. Eynshteynning xulosasi. Mavjud muammoni hal etish haqida chuqur mulohaza yuritgan A. Eynshteyn shunday yangi mexanikani yaratmoq kerakki, uning qonunlari chegaraviy hol, ya’ni kichik tezliklar holida (v << c) klassik mexanika qonunlari bilan mos kelsin degan xulosaga keldi.
Fazo va vaqtning uyg‘unligi haqida yangicha tasavvurlar yuritish zarurligini tushungan A. Eynshteyn 1905- yilda «Harakatlanuvchi muhitning elektrodinamikasi» nomli ishini e’lon qildi. Ishda maxsus nisbiylik nazariyasining asoslari bayon qilingan edi. Maxsus so‘zi, nazariyada, faqatgina inersial sanoq sistemalarida ro‘y beradigan hodisalargagina qaralishini ta’kidlayli. Shu bilan birga, maxsus nisbiylik nazariyasda fazo va vaqtning xususiyatlari: fazoning bir jinsliligi va izotropligi, vaqtning bir jinsliligi asos qilib olingan. Maxsus nisbiylik nazariyasini ko‘pincha relativistik nazariya, uning effektlarini esa relativistik effektlar ham deb atashadi.
Dostları ilə paylaş: |