Demak, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib “simmetriya” tushunchasini quyidagicha talqin qilish mumkin:
Har qanday fizik jarayon fazoda (geometrik va ichki) va vaqtda sodir bo’lganligi sababli fazo (geometrik va ichki) va vaqtning simmetrik “xususiyatlari” fizik jarayondarda o’zlarini “namoyon” qiladi. Shunday ekan fizika nuqtai-nazaridan «simmetriya” tushunchasini quyidagicha ta’riflashimiz mumkin bo’ladi:
Simmetriya-fazo (geometrik va ichki) va vaqtning biror bir xususiyatining har qanday almashtirishlarda ustma-ust tushishi, ya’ni biror bir xususiyatning o’zgarmasligi.
Bunday o’zgarmas “xususiyat”ga ega bo’lgan fazo-vaqt har qanday almashtirishlarda “ustma-ust” tushadi, ya’ni simmetrik jismlar kabi o’zini-o’zi takrorlaydi. Bu o’zgarmas “xususiyat» jarayondarda biror o’zgarmas kattalikka, ya’ni biror kattalikning saqlanishiga olib keladi. Geometrik fazo va vaqt “xususiyatlari” energiya, impuls va impuls momentining saqlanishiga olib keladi. Ichki, yashirin fazoning «xususiyatlari” esa izotopik spin, uning 3-proektsiyasi, g’alatilik, maftunkorlik va h.k. kvant sonlarining saqlanishiga olib keladi [10-13]. Kuchli va elektromagnit o’zaro ta’sirdarda “g’alati” va “maftunkor” ichki fazolarining “g’alatilik”, “maftunkorlik” xususiyatlari o’zgarmaydi va natijada mos kvant sonlari saqlanadi, ya’ni . Kuchsiz o’zaro ta’sir bu fazolarning “g’alatilik” va “maftunkorlik” xususiyatlarini o’zgartiradi va natijada g’alatilik va maftunkorlik kvant sonlari saqlanmaydi, ya’ni bo’ladi. Simmetriya tushunchasi orqali yondashuv asosida hamda fanga bu mavzularning kiritilishi munosabati bilan bu mavzularni batafsilroq tavsiflaymiz.
Dostları ilə paylaş: |