Tezliklarni qo‘shish. Tezliklari yorug‘likning bo’shliqdagi tezligdan juda kichik bo‘lgan (v << c) makrojismlarning harakatini ajoyib tarzda tushuntirib bera olgan Nyuton mexanikasi XIX asrning oxirlaridan boshlab ba’zi qiyinchiliklarga duch kela boshladi. Ularning eng oddiysi tezliklarni qo‘shish formulasida namoyon bo’ldi. Agar yorug‘lik manbayi va uni qabul qiluvchi bir-birlariga nisbatan to‘g‘ri chiziqli tekis harakat qilayotgan bo‘lsa, unda o‘lchangan tezlik ularning bir-birlariga nisbatan harakatlariga bog‘liq bo‘lishi kerak. Misol uchun biz tomonga yorug‘lik tezligiga teng tezlik bilan (u=c) yaqinlashib kelayotgan parovoz yoritgichidan chiqayotgan yorug‘likning (v .=c) bizga nisbatan tezligi (v) nimaga teng bo’ladi? (15.4) ifodaga muvofiq v =v.+u =c +c =2c, ya’ni yorug‘likning bizga nisbatan tezligi uning vakuumdagi tezligidan ikki marta katta bo‘lishi kerak. Tajribadar bu natijaning