www.sharqjurnali.uz
9
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport amaliyotlari boʻyicha kelib tushgan xorijiy
valyutadagi tushumni majburiy tartibda sotishlariga qoʻyilgan talab bekor qilindi.
Bundan buyon eksportchilar eksportdan kelib tushgan oʻz valyuta mablagʻlarini erkin
tasarruf etish va hech qanday toʻsiqlarsiz oʻz xohishlariga koʻra, joriy xalqaro
toʻlovlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar (xizmatlar) importi uchun
sarflashlari yoki milliy valyutadagi joriy xarajatlarni amalga oshirish uchun xizmat
koʻrsatuvchi bankka yoki valyuta birjasida (bank orqali) sotish huquqiga egadir.
Amaldagi valyuta siyosati doirasida valyuta kursining dinamikasi chet el
valyutasiga boʻlgan talab va taklif nisbatiga ta’sir koʻrsatuvchi ichki va tashqi omillar
hisobiga shakllanadi.
Valyuta kursiga ta’sir koʻrsatuvchi ichki omillarga mamlakatda amalga
oshirilayotgan pul-kredit siyosati, aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi oʻzgarishi
va inflyatsiya boʻyicha kutilmalari kiradi. Xususan, Markaziy bank tegishli pul-kredit
siyosatini amalga oshirish orqali pul massasi yuqori sur’atlarda oʻsishining oldini
olish hamda milliy valyutadagi aktivlarning jozibadorligini oshirish yoʻli bilan chet el
valyutasiga boʻlgan talab va taklif darajasiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bunda
amaldagi qayta moliyalash stavkasi boʻyicha bank tizimiga likvidlilik berish yoki uni
jalb qilish, tijorat banklari uchun majburiy rezerv talablarini oʻzgartirish va boshqa
choralarni qoʻllagan holda pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalaniladi.
Monetar siyosat, shu jumladan, valyuta kursi siyosatining shaffofligini
ta’minlash hamda aholining bu siyosatlardan kutayotgan oʻzgarishlarni oʻrganish
maqsadida Markaziy bank jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishga alohida
e’tibor qaratadi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun davriy ravishda pul-kredit sohasida amalga
oshirilayotgan va
rejalashtirilayotgan
chora-tadbirlarni
tavsiflovchi tahliliy
ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Xorijiy valyutaga boʻlgan talab va taklifga hamda valyuta kursi oʻzgarishiga
ta’sir etuvchi tashqi omillarga Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkorlari boʻlgan
mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat va ularda amalga oshirilayotgan pul-kredit, shu
jumladan kurs siyosati, tashqi bozorlardagi kon’yunktura hamda respublikaga jalb
qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, tashqi qarzning qaytarilishi borasida
boʻlayotgan oʻzgarishlar va ularning dinamikasi kiradi.
Ushbu omillarning barchasi mamlakat toʻlov balansiga, ya’ni respublikaga valyuta
mablagʻlarining kirib kelishi va undan chiqib ketishi hajmlariga bevosita ta’sir
koʻrsatadi.
Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi va uning tashqi
iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda oʻzgarib borish xorijiy valyutaga boʻlgan talab va
taklifni muvozanatlashtirish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, aynan bozor
mexanizmlari asosida shakllanadigan valyuta kursi tashqi sharoitlar oʻzgarishiga tez
“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №3, 2018 йил
Dostları ilə paylaş: |