394
XXX BOB.
BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA ILMIY DUNYOQARASHNI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
Dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivoj-
lanishi haqidagi ilmiy,
falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy,
estetik, diniy va hokazo qarashlari va tasavvurlari majmuasidan
iborat.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy
turmush aks etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat
yaratgan bilimlar darajasiga hamda ijtimoiy tuzumga bog‘liq
bo‘ladi.
Dunyoqarash faqat insongagina xos xususiyat bo‘lib, hay-
vonot dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudotlar uchun
bu hol yotdir. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit
umumiylashtirilgan bilimlar to‘plamidir.
Dunyoqarashning shakllanishi va rivojlanishi murakkab,
ko‘p qirrali, ichki jihatdan bog‘langan jarayon bo‘lib, unda juda
ko‘p xilma-xil omillar qatnashadi, harakat qiladi va o‘zaro
bog‘liq bo‘ladi, inson hayotining moddiy sharoitlari, mikro
muhit va makro muhit, ommaviy axborot vositalari, ta’lim va
tarbiya ana shu omillar qatoriga kiradi. Bu omillarning hammasi
bir kuch va samara bilan harakat qilmasligi fanga ma’lum. Shu
sababli qarashlar stixiyali tarzda vujudga
kelishining oldini olish
hamda dunyoqarashni yo‘naltirilgan tarzda shakllantirish omil-
larini boshqarishni o‘rganib olish muhimdir.
Dunyoqarashning psixologik qurilishini bilish emotsional va
irodaviy komponentlarni o‘z ichiga oladi. Dunyoqarashning
bilishga oid komponentlari „dunyoni idrok etish, dunyoni mu-
shohada qilish“, „dunyoni tushunish“ singari terminlar bilan
ataladi.
Dunyoqarash tarkibiga kishilarning
olamni bilish va baho-
lashga oid bo‘lgan ishonch va e’tiqodlari, niyat va maqsadlari,
ideallari, orzu-umidlari, ular faoliyatiga ma’lum yo‘nalish
beruvchi barcha qadriyatlar ham kiradi.
Demak, dunyoqarash o‘z ichiga dunyoni his qilish, dun-
yoni tushunish jarayonlarida hosil bo‘ladigan iroda, idrok,
kayfiyatlarni ham qamrab oladigan tushunchadir.
395
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Uning birinchisini
kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy
faoliyati asosida to‘plangan bilimlar,
tasavvurlar, qarashlar
tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to‘plangan nazariy
bilimlar, g‘oyalar yig‘indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-
biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Dunyoqarash qotib qolgan, hech qachon o‘zgarmaydigan
o‘lik g‘oyalar yig‘indisi emas. Jamiyatning o‘zgarishi bilan bir
qatorda u ham doimo rivojlanib, mazmunan o‘zgarib turadi.
Buni biz o‘z jamiyatimiz hayotidan yaqqol ko‘rib turibmiz.
Mustaqillik tufayli endilikda umuminsoniy
va milliy qadriyat-
larimizga asoslangan, hozirgi davr talabiga javob beradigan yangi
mafkura yaratilmoqda va uning asosida kishilarda yangicha
tafakkur, dunyoqarash shakllanib, rivojlanmoqda. Faylasuf
olimlarimiz dunyoqarashning mifologik, diniy,
falsafiy kabi
turlarini farqlaydilar.
1
Mifologik dunyoqarash (yunoncha „mifos“ —
naql, rivoyat,
„logos“ —
tushuncha, ta’limot) — ijtimoiy taraqqiyotning eng
boshlang‘ich davriga xos bo‘lgan xalq og‘zaki ijodi — naql va
afsonalarda gavdalantirilgan ijtimoiy ongning asosiy shaklidir.
Mifologik dunyoqarash ilm-fan taraqqiy etmagan vaziyatda keng
tarqalgan ijtimoiy ongning shakli bo‘lib, uning kelib chiqish
sababining asosini insonning o‘zini qurshab turgan olamdan
ajralib qarashga ojizligi tashkil etadi. Shuning uchun ham
mifologik dunyoqarashda jamiyat bilan tabiat,
jonli bilan jonsiz
narsalar bir xil tarzda ifodalanadi.
Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u
tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas,
balki Xudoning qudrati bilan tushuntiradi. U hamma narsada va
har qayerda ilohiy kuchlarning ta’siri, mo‘jizaviy kuchi bor,
deb uqtiradi. Diniy dunyoqarashning mohiyati dindorlar uchun
muqaddas bo‘lib hisoblangan adabiyotlarda o‘z aksini topgan.
Falsafiy dunyoqarash — bu olam haqidagi yaxlit va siste-
malashtirilgan bilimlar yig‘indisidir. Mifologik va diniy dunyo-
qarash hissiy a’zolarimiz orqali erishilgan ma’lumotlar
asosida
shakllansa, falsafiy dunyoqarash hissiy va aqliy a’zolarimiz
tufayli ilm-fan yordamida to‘plangan bilimlar yig‘indisidir.
1
Dostları ilə paylaş: