Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
JFGYJFYJ

Òiðik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki „Yoq-
dimi?“, „Nimalarni bilib oldingiz?“ qabilidagi ikki savoldan iborat
bo‘lib qoladi.
Òavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord,
kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish,
o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi
kontrol topshiriqlar; bolalarning egallagan tajribalarini shaxsiy
hayotlarida qo‘llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa mazkur
muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning mashg‘ulotda
egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan


479
vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan
tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga
nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar
haqida so‘rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e’tibor
berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish
mumkin va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini
kelgusida yana yoritib berish zarurati bormi, bor bo‘lsa, buni
qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga
muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan
keyingi sinf mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini
rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy
shakllarini tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok
etsalar, ularning tarbiyaviy ta’siri ancha samarali bo‘ladi.
Savol va topshiriqlar
1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari olib boradigan sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlarga ta’rif bering.
2. Bo‘lg‘usi pedagog sifatida Siz sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
haqida 1-, 2-¾ navbatda nimalarni bilishingiz kerak? (Mazkur
bob materiallari asosida ro‘yxat tuzing.) O‘zingiz tanlagan usul-
larni asoslab bering. Hech narsa kerak emas, shuning o‘zi yetarli
deb hisoblasangiz, bunda ham o‘z qaroringizni asoslang.
3. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari
nimalardan iborat?
4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishiga doir qanday
talablarni eslab qolishni istardingiz? Nima uchun?
5. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual shakllarini tashkil
etish va o‘tkazishda mazkur bobdagi qaysi ko‘rsatmalardan foy-
dalanar edingiz?
6. Istalgan sinfda, istalgan mavzuda umumsinf tarbiyaviy mashg‘uloti
konspektini tuzing yoki mavjud konspektni mazkur bobda bayon
qilingan talablar nuqtayi nazaridan tahlil qiling.
7. Pedagogik vaziyatni hal etish algoritmi yordamida shaxsiy tajriban-
gizdagi istalgan bir vaziyatni tahlil qiling.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin