Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
JFGYJFYJ

Savol va topshiriqlar
1. Bola tarbiyasida ota-onaning burch va mas’uliyatini so‘zlang.
2. Dono xalqimiz „Bola boshdan — nihol yoshdan“, „Bola aziz, odobi
undan aziz“, „Erkalasa onasi, taltayadi bolasi“, „Qush uyasida
ko‘rganini qiladi“ kabi maqollar orqali ota-onalarga nimalarni
uqtirmoqchi bo‘ladi?
3. Oila baxti ko‘p jihatdan ayolga bog‘liq deyishadi. Buni Siz qanday
tushunasiz? „Erni er qiladigan ham, qaro yer qiladigan ham
xotin“ degan naql bor, xalqimiz bu bilan nima demoqchi?
4. Maktab jamoasi va ota-onalar hamkorligining qanday yo‘l va
vositalarini bilasiz?
5. „Mahallang — ota-onang“, „Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona“
hikmatlarining ma’no-mazmunini yozma ravishda bayon qiling.


453
XXXV BOB.
 
MAKTABDA SINFDAN
TASHQARI OLIB BORILADIGAN
TARBIYAVIY ISHLAR
1. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning mohiyati.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ish — pedagogning o‘qishdan tashqari
vaqtda o‘quvchilarning xilma-xil faoliyat turlarini tashkil etishdan
iborat bo‘lib, u bola shaxsining sotsiallashuvi uchun zarur sharoitlarni
ta’minlaydi. Bunda, avvalo, maktabning pedagogik jarayonida sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlarning o‘rnini aniqlab olish darkor.
Sinfdan tashqari tarbiyaviy ish xilma-xil faoliyat turlari maj-
muyidan iborat bo‘ladi va u bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda
keng imkoniyatlarga ega.
Bu imkoniyatlarni qarab chiqamiz.
Birinchidan, xilma-xil o‘qishdan tashqari faoliyat bolaning
individual qobiliyatlarini har tomonlama ochib berishga imkon
yaratadi. Vaholanki, uni darsda har doim ham uddalab bo‘lmaydi.
Òoshkent shahar maktablaridan birida 1- sinfning archa bay-
ramida archaga o‘rnatilgan mayda lampochkalar marjoni
yonmayotganligi ma’lum bo‘ldi. O‘qituvchi yordam izlab ketdi.
Yuqori sinf o‘quvchilaridan birini boshlab kelganida, archa
chiroqlari yonib turardi. Uni 1- sinf o‘quvchisi — intizomsiz,
betartib, ammo zehni o‘tkir, darslarda bir joyda o‘tirolmaydigan
Karim tuzatgan edi. Shu tariqa o‘qituvchi bolaning elektrotexnikaga
qiziqishini bilib oldi va keyinchalik uning texnik qobiliyatlarini
rivojlantiruvchi vaziyatlarni yaratib turdi.
Xuddi shu sinfda, lekin ikkinchi o‘quv yilida, „deyarli ikki-
chi“ qiz hammani hayratga soldi. Piyozni o‘toq qilishda u shunchalik
tez va chaqqon ishladiki, o‘rta va yuqori sinflardagi bolalarni ham
orqada qoldirib ketdi. Endi unga o‘taketgan dangasa deb qarab
bo‘lmasdi.
O‘z maktab tajribangizdan shunga o‘xshash misollarni eslab
ko‘ring. Shunda siz sinfdan tashqari ishlar bolalarning xulq-atvori,
yurish-turish tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rasiz. Bundan
tashqari, xilma-xil faoliyat turlari bolaning o‘z-o‘zini namoyon
qilishiga, unda o‘ziga ishonch paydo bo‘lishiga, ya’ni o‘zini o‘zi
ijobiy idrok qilishiga yordam beradi.
Ikkinchidan, turli xil sinfdan tashqari ishlarga jalb qilinishi


454
bolaning shaxsiy tajribasini, inson faoliyatining rang-barangligi
haqidagi bilimlarini boyitadi, bola zaruriy amaliy ko‘nikma va
malakalar hosil qiladi. Masalan, „yashirin ustaxona“da ikkinchi
sinf o‘quvchilari o‘qituvchi bilan birgalikda „kindersyurpriz“,
plastmassa butilkalardan turli xil suvenirlar tayyorlaydilar. „Biz
mehmonga boramiz“ deb nomlangan umumsinf mashg‘ulotida esa
sovg‘alar berish, boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘rganadilar
va hokazo.
Uchinchidan, turli xildagi sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar
bolalarda xilma-xil faoliyat turlari bo‘lgan qiziqishni rivojlantirishga,
samarali, jamoatchilik tomonidan ma’qullanadigan ishlarda faol
ishtirok etish istagini uyg‘otishga yordam beradi. Agar bolada
topshiriqlarni bajarishda uning muvaffaqiyatini ta’minlovchi
muayyan amaliy ko‘nikmalar bilan birga, mehnat qilishga qiziqish
shakllangan bo‘lsa, u o‘zining shaxsiy faoliyatini mustaqil ravishda
tashkil etishi mumkin. Bu esa bolalarning bo‘sh vaqtlarida o‘zlarini
biror-bir foydali ish bilan band eta bilmaydigan hozirgi paytda
ayniqsa dolzarbdir.
Shu narsa aniqlanganki, xilma-xil sinfdan tashqari tarbiyaviy
ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan maktablarda tarbiyasi „qiyin“ bolalar
kam, ammo ularning jamiyatga moslashishi „qo‘shilib ketish“
darajasi yuqori.
Òo‘rtinchidan, bolalar turli ko‘rinishdagi sinfdan tashqari
ishlarda ishtirok etib, o‘zlarining individual xususiyatlarini namoyon
etibgina qolmaydilar, balki jamoada yashashni, ya’ni bir-biri bilan
hamkorlik qilish, o‘z o‘rtoqlari haqida qayg‘urish, o‘zini boshqa
kishi o‘rniga qo‘yishni o‘rganadilar. Shu bilan birga, sinfdan
tashqari ishlarning har bir turi — ijodiy, bilishga qaratilgan, sport,
mehnat, o‘yin xarakterida bo‘lib, o‘quvchilarning muayyan
yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlik tajribasini boyitadi.
Masalan, spektakl qo‘yish vaqtida bolalar o‘zaro hamkorlik
tajribasini egallaydilar. Sinfni jamoa bo‘lib yig‘ishtirishda ular
vazifalarini taqsimlash, bir-biri bilan kelishib olish ko‘nikmalarini
hosil qiladilar. Sport faoliyatida esa bolalar „bir kishi hamma uchun,
hamma bir kishi uchun“ iborasi nimani anglatishini, o‘zaro hamji-
hatlikni, „yonidagilarni sezishni“ o‘rganadilar.
Shunday qilib, darsdagi tarbiyaviy ishlar bilan bog‘liq holda
olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar o‘qituvchi tarbiyaviy ishi-
ning mustaqil sohasidir.


455

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin