Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash


 Sinfdan tashqari ommaviy ishlarning shakllari



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
JFGYJFYJ

4. Sinfdan tashqari ommaviy ishlarning shakllari.
Sinfdan tashqari ommaviy ish shakllari pedagogga har bir
bolaga jamoa orqali ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ular bolalarda
boshqalarni tushunish malakalarining rivojlanishiga, jamoa bo‘lib
birgalikda harakat qilishga, tengdoshlari va kattalar bilan hamkorlik
qilishga yordam beradi.
Sinfdan tashqari ommaviy ishlarning bu shaklini ikkita katta
guruhga ajratish mumkinki, bu guruhlar bolalarning faoliyati
xarakteriga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Birinchi guruh — frontal shakllar. Bolalarning faoliyati „yaqin“,
„yonma-yon“ prinsiðiga ko‘ra tashkil etiladi, ya’ni ular birgalikda
harakat qiladilar, har bir bola aynan bir xil ishni mustaqil ravishda
amalga oshiradi. Pedagog ham har bir bolaga bir vaqtda ta’sir
ko‘rsatadi. Òeskari aloqa cheklangan bolalar bilan amalga oshiriladi.


472
Sinfda olib boriladigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarning ko‘pchiligi
„yonma-yon“ prinsiði asosida tashkil etiladi.
Bolalarning sinfdan tashqari faoliyatini tashkil etish shaklla-
rining ikkinchi guruhi „birgalikda“ prinsiði bilan ajralib turadi.
Umumiy maqsadga erishish uchun har bir ishtirokchi o‘z rolini
bajaradi va umumiy natijaga o‘z hissasini qo‘shadi. Hamma bajara-
yotgan ishning muvaffaqiyati har bir ishtirokchining harakatiga
bog‘liq. Ish bunday tashkil etilganda bolalar bir-birlari bilan yaqin-
dan hamkorlik qilishga majbur bo‘ladilar. Bunday faoliyat turi
jamoaviy ish nomini oldi, bu xildagi tarbiyaviy ishlar esa jamoaviv
tarbiya ishi deb ataldi. Pedagog har bir bolaga alohida ta’sir etmaydi,
balki bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga ta’sir ko‘rsatadi. Bu
o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi teskari aloqaning yaxshi
bo‘lishiga imkon beradi. Bolalarning juft-juft bo‘lib, kichik
guruhlarda, sinfda faoliyat ko‘rsatishi „birgalikda“ prinsiði bo‘yicha
tashkil etilishi mumkin.
Har bir yo‘nalishning o‘z afzalliklari va cheklovlari mavjud.
Birinchi guruh pedagog uchun tashkil etishning soddaligi bilan
ajralib turadi, ammo unda jamoaviy o‘zaro hamkorlik malakalari
unchalik shakllanmaydi. Ikkinchi guruhning bolalarda hamkorlik qilish,
bir-biriga yordam ko‘rsatish, mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish
malakalarini rivojlantirishda tengi yo‘q. Biroq kichik yoshdagi
o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ko‘ra (ular boshqalarda teng
huquqlilikni ko‘rmaydilar, kelishib olish, odamlarga aralashishni
unchalik bilmaydilar) ishning jamoaviy shakllarini tashkil etish
pedagogdan ko‘p vaqt sarflashni, muayyan tashkilotchilik malakalarini
talab etadi. Uning pedagog uchun murakkabligi ham ana shundadir.
Ikkala yo‘nalish o‘zaro bog‘langan va bir-birini to‘ldiradi, shu
sababli quyida biz har bir yondashuv imkoniyatlarini aniq bir
forma (shakl) misolida qarab chiqamiz.
Sinfdan tashqari ishlarni „birgalikda“ prinsiði bo‘yicha tashkil
etishning samarali shakli jamoaviy ijodiy ishdirki, uning texno-
logiyasi o‘zbekistonlik olim, pedagogika fanlari doktori R. A. Mav-
lonova tomonidan ishlab chiqilgan.
Jamoaviy ijodiy ish texnologiyasi demokratik maktab sharoitida
ayniqsa dolzarbdir, chunki u gumanistik negizga — o‘quvchilarning
kichik guruhlardagi hamkorligi asosiga qurilgan. U to‘rtta asosiy
bosqichni o‘z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda bolalar oldiga umumiy maqsad qo‘yiladi. Bu
maqsadga erishish uchun ular guruhlarga (3 dan 7—9 kishigacha)


473
bo‘linadi. Har bir guruh o‘z variantini, bu maqsadga erishish
loyihasini taklif etadi. Bu bosqichda faoliyatning umumiy maqsadi
asosida bolalarning birlashuvi ro‘y beradi va har bir bolada bu
faoliyatni asoslash uchun sharoitlar yaratiladi.
Ikkinchi bosqichda taklif qilingan barcha variantlarni muhokama
qilish davomida bittasi tanlanadi yoki yig‘ma variant yaratiladi.
Shundan so‘ng har bir guruh vakillaridan ishchi kengashi say-
lanadi. Bu jamoaviy boshqaruv organi bo‘lib, ishning barcha
ishtirokchilari o‘rtasida vazifalarni, bajariladigan ishlarni taqsimlaydi.
Bolalar boshqalarning nuqtayi nazarini tushunish, kelishib olishga
o‘rganadilar.
Uchinchi bosqichda ishchi kengashi tayyorgarlik ishlarini amalga
oshiradi, guruhlar o‘rtasida topshiriqlarni taqsimlaydi, zarur yor-
dam ko‘rsatish maqsadida ularning ishini tekshirib boradi. Har bir
guruh umumiy loyihani amalga oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bunda boshqalarning muvaffaqiyati bir guruhning ishiga bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun guruhlarning ishi ular o‘rtasidagi raqobatga
emas, balki hamkorlik asosiga quriladi. Bu bosqichda bolalar jamoa
bo‘lib faoliyat yuritish tajribasini egallaydilar, bir-birini tushunish,
bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish, yordam ko‘rsatishga o‘rganadilar, turli
xil amaliy ko‘nikma va malakalar hosil qiladilar, o‘z qobiliyatlarini
rivojlantiradilar yoki kashf etadilar.
Òo‘rtinchi bosqichda o‘tkazilgan ish muvaffaqiyat va kamchilik-
lar nuqtayi nazaridan muhokama qilinadi. Har bir guruh o‘zining
xatti-harakatini tahlil qiladi, kelgusi ishga doir takliflar aytadi.
Mazkur bosqich bolalarda o‘zining va boshqalarning ishlarini tahlil
qilish, ularga o‘zgartirishlar kiritish malakalari shakllanishiga yordam
beradi. Bolalarda, shuningdek, obyektiv ravishda o‘ziga o‘zi baho
berish hissi rivojlanadi, chunki bunday muhokamalarda hech
qachon bolalarning shaxsiy fazilatlariga daxldor gaplar aytil-
maydi.
Jamoaviy ijodiy ishlar bolalarga har tomonlama ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi, ularning shaxsiy tajribasini boyitadi, muomala doirasini
kengaytiradi. K II texnologiyasini muntazam ravishda qo‘llashda
har bir bola turli guruhlarda ishtirok etish va turli rollarni
(tashkilotchi va ijrochi rolini) bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
K II texnologiyasi bilan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish texnologiyasi o‘rtasida ba’zi bir o‘xshashliklar bor:
unda ham, bunda ham modellashtirish, ishlarni amaliy ravishda
bajarish va tahlil qilish mavjud. Shu sababli, agar pedagog o‘zini


474
tarbiyaviy ishlarni mazkur algoritm asosida tashkil etishga o‘r-
gatsa, uning bolalarni K II ga jalb etishi oson bo‘ladi.
Sinf tarbiyaviy mashg‘ulotini tayyorlash. Faraz qilaylik, algo-
ritmga muvofiq, bolalar jamoasini o‘rganish bosqichi tugallangan
va pedagog mashg‘ulotning mana shu shaklini tanlagan. Birinchi
navbatda, mashg‘ulotning mazmuni belgilanadi, unga muvofiq
mazkur sinf uchun dolzarb bo‘lgan mashg‘ulot mavzusi tanlanadi
va mashg‘ulot g‘oyasi ifodalanadi. Pedagog o‘zidan fikran shunday
deb so‘rashi kerak: „Mazkur mavzuni ochib berish orqali bolalarga
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishim natijasida nimaga erishishni istayman?“
Sinf tarbiyaviy mashg‘ulotining mazmuni rivojlantirish, to‘g‘rilash,
shakllantirish vazifalarini aks ettirishi kerak. Òa’lim berish vazifasi
umumiy vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Boshqacha aytganda „¾ haqidagi ma’lumotlarni bayon qilish“
tarbiyaviy mashg‘ulotning maqsadi bo‘lishi mumkin emas (vazifa-
laridan biri bo‘lishi mumkin). Pedagog sinfdan tashqari mashg‘u-
lotning maqsadi hamda vazifalarini qanchalik aniq ifodalasa, uning
istalgan natijalar haqidagi tasavvuri ham aniq bo‘ladi. Faqat shundan
keyingina mashg‘ulotning mazmunini, metodlarni, vositalarni
tanlashga kirishish mumkin. Mashg‘ulotning mavzusi, mazmuniga
alohida ahamiyat berib, uning maqsadini ifodalashga formal
yondashadigan yoki uni umuman e’tibordan chetda qoldiradigan
pedagoglar noprofessional ish ko‘radilar. Bunday holda tarbiyaviy
ishning maqsadga yo‘naltirilganligi va sistemaliligi yo‘qoladi.
Mashg‘ulot modelini tayyorlash natijalari sinf tarbiyaviy
mashg‘uloti konspektida aks ettiriladi. U quyidagicha tuziladi:
1. Mashg‘ulotning nomi.
2. Maqsadi, vazifalari.
3. Jihozlanishi.
4. O‘tkazish shakli.
5. Borishi.
Mashg‘ulotning nomida sinfdan tashqari mashg‘ulotning
mavzusi aks ettiriladi. U faqat mazmunni aks ettirib qolmay, shakl
bo‘yicha lo‘nda qilib ifodalangan, ta’sirli bo‘lishi lozim.
Vazifalar juda aniq bo‘lib, mazkur mazmunni aks ettirishi
kerak. Ular universal xarakterda bo‘lmasligi lozim. Masalan,
„Jonajon shahriga muhabbat uyg‘otish“ vazifasi o‘rniga „Shahar
tarixiga qiziqishni oshirish“, „Bolalarda shahar yubileyiga tayyor-
garlik ishlariga o‘z hissasini qo‘shish istagini uyg‘otish“, „Bolalarda


475
shahar tarixidagi mashhur kishilarga nisbatan hurmat hissining
shakllanishiga yordam berish“ kabi vazifalar qo‘yish mumkin.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotning jihozlanishiga turli vositalar:
qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, videofilmlar, diapozitivlar, adabiyot-
lar va boshqalar kiradi. Adabiy manbaning nominigina emas, balki
uning muallifi, nashr etilgan joyi va yili ko‘rsatilishi kerak.
Sinf mashg‘ulotlari ekskursiya, viktorina, konkurs, spektakl
va hokazo shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday holda mashg‘ulot
rejasida uni o‘tkazish shakli „Matematik viktorina“, „Fantaziya-
chilar konkursi“, „Hayvonot bog‘iga ekskursiya“ nomi bilan
birlashtiriladi. Agar sinf mashg‘uloti o‘zida bir necha o‘tkazish
shakllarini birlashtirsa, unda bolalarni joylashtirish usuli ko‘rsati-
ladi: aylana shaklida, komandalar bilan va hokazo.
Mashg‘ulotning borishida uning mazmuni, tarbiya metodlari
tavsif etiladi va pedagogning mashg‘ulotni birinchi shaxs nomidan
batafsil, izchillik bilan bayon qilishidan iborat bo‘lishi yoki
(pedagogning shaxsiga qarab) asosiy mazmuni kartochkalarda
ifodalangan tezisli rejadan tashkil topishi mumkin. Mashg‘ulotning
borishini modellashtirishda uning qancha vaqt davom etishi va
strukturasi (tuzilishi)ni hisobga olish zarur. Sinf tarbiyaviy mash-
g‘uloti olti yoshlilar uchun 15—20 daqiqadan, o‘n-o‘n bir
yoshlilar uchun 1—2 soatgacha davom etishi mumkin.
Mazmuni va metodlari bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan sinf
mashg‘ulotlarini samarali o‘tkazish maqsadida uning asosiy to‘rt
bosqichdan iborat bo‘lishiga amal qilish ma’qul.
1. Òashkiliy qism (0,5—3 daq).
Pedagogik maqsad: bolalarni o‘quv faoliyatidan faoliyatning
boshqa turiga ko‘chirish, ana shu faoliyat turiga qiziqish, ijobiy
his-tuyg‘ular uyg‘otish.
Òiðik xatolar: darsning boshlanishini aynan takrorlash, vaqt
jihatidan uzoq davom etishi.
Òavsiyalar: tashkiliy qismda kutilmagan holatni yuzaga keltirish,
ya’ni topishmoqlar, muammoli masalalar, o‘yin, tovush yozuvlari
va hokazolardan foydalanish; bolalarni uyushtirish shakllarini
o‘zgartirish; bolalarni boshqa xonaga (biologiya, fizika, musiqa
sinflariga, kutubxonaga, maktab muzeyiga) o‘tkazish yoki ularni
sinfda gilamga aylana shaklda joylashtirish bolalarning darsdan
tashqari faoliyatga ko‘chishiga yordam beradi. Bu bo‘lajak mashg‘u-
lotga qiziqish, ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otadi.


476
2. Kirish qismi (butun mashg‘ulot vaqtining 1/5 qismidan 1/3
qismigacha).
Pedagogik maqsad: bolalarni faollashtirish, ularni tarbiyaviy
ta’sirga moyil qilish. Pedagog o‘zining pedagogik prognozi bolalar-
ning imkoniyatlari, shaxsiy sifatlari, mazkur mavzu yuzasidan
xabardorlik darajasi, emotsional kayfiyati, faollik, qiziqish darajasi
bilan qanchalik mos tushishini aniqlaydi. Bu bosqichda pedagogdan
bolalarni qiziqtirishgina emas, balki mashg‘ulotning borishi davo-
mida unga qanday tuzatishlar kiritish kerakligi va bu tuzatishlar
qanday xarakterda bo‘lishini aniqlash talab etiladi. Masalan, peda-
gog o‘zi ma’lum qiladigan narsalarning yangiligiga umid bog‘lab,
hikoyani rejalashtirgan edi, ammo kirish suhbati bolalarning bu
haqda bilishini ko‘rsatdi. Bunday holda pedagog hikoyani suhbat
yoki o‘yin vaziyati bilan almashtirishi zarur. Shunday qilib, kirish
qismining maqsadi bolaning shaxsiy tajribasidan mashg‘ulot
mavzusiga „ko‘prik tashlash“dan iborat.
Òiðik xato — pedagogning kutilmaganda bolalarning ta’sirla-
nishidan (bolalar pedagog kutayotgan narsani aytmasligi yoki
qilmasligi mumkin) qo‘rqqani tufayli bu bosqichni inkor etishi.
Pedagog mashg‘ulotning kirish qismini bolalarning faolligiga emas,
balki shaxsiy faollik asosiga quradi, teskari aloqani mensimay,
bolalarga passiv tinglovchilar rolini beradi. U bolalarning emot-
sional kayfiyatini e’tiborga olmaydi.
Òavsiyalar: kirish qismi mashg‘ulotning mazmuniga qarab
kirish suhbatidan (bilish xarakteridagi estetik va axloqiy mashg‘u-
lotlar) yoki aqlni „charxlab olish“ topshiriqlaridan (viktorina,
konkurs va h. k.) iborat bo‘lishi mumkin.
Birinchi holatda savollar, ikkinchisida — topshiriqlar bolalar
uchun qiziqarli bo‘lib qolmay, pedagogga o‘quvchilarning tayin-
langan materialni idrok qilishga tayyorligi haqida axborot berishi
kerak. Kirish qismida pedagog bolalarning bo‘lg‘usi mashg‘ulot
haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantiradi, ularning faoliya-
tini tashkil etadi, ya’ni baholash sistemasi bilan tanishtiradi, mash-
g‘ulot rejasini ma’lum qiladi, ularni komandalarga bo‘ladi. Baho-
lashning an’anaviy tizimida pedagog aniq mezonlarni berishi, zarur
qoidalarni tushuntirishi kerak.
Bolalar komandalarga bo‘linganda ularning xatti-harakatlarini
raqobat asosiga emas, balki hamkorlik asosiga qurish lozim. Buning
uchun quyidagi usul samaralidir: komandalarga to‘g‘ri javoblari
uchun ochkolar o‘rniga qirqib ajratilgan rasmning bo‘lakchalari


477
tarqatiladi. Mashg‘ulotning yakuniy qismida bu bo‘lakchalardan
umumiy rasm yig‘iladi hamda ballar miqdori emas, balki umumiy
natija muhimligi ayon bo‘lib qoladi.
Mashg‘ulotning kirish qismida bolalarni faollashtirishning
turli-tuman metodlari hamda vositalaridan: muammoli suhbat,
rebus, krossvord, topqirlik va chaqqonlikka doir topshiriqlar va
hokazolardan foydalanish mumkin.
3. Mashg‘ulotning asosiy qismi vaqt jihatidan eng davomli
bo‘lishi kerak (mashg‘ulotning 2/4, 1/3 dan sal ko‘proq qismi).
Pedagogik maqsad: mashg‘ulotning asosiy g‘oyasini amalga oshirish.
Òiðik xatolar: bolalarning qisman yoki butunlay passivligida
pedagogning faolligi. Metodlarning bir xilligi — faqat hikoya yoki
suhbat. Ko‘rgazmalilikning yo‘qligi va foydalaniladigan tarbiya
vositalarining juda ham kamligi. Ongni shakllantirish metodlarining
xulq-atvorni shakllantirish metodlaridan ustunligi. Darsning o‘quv
muhiti yaratilishi, ibratlilik, o‘rgatish, nasihat qilish.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin