6-mavzu: Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari
I. REJA:
1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi.
3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari.
II. Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
III. Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati.
Tayanch ibora va atamalar: tarbiya, tarbiyachi, maktab, sinf rahbari, tarbiyaviy soat, oʻquvchi, tarbiyaviy ish, jarayon, maktab, sinf, oʻquvchi, burch, vazifa, tashkil qilish, bogʻlash, hamkorlik, faollik, yondashuv, talab.
1. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda sinf rahbarining oʻrni
Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.
Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.
Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi.
Sinf rahbari majlis oʻtkazish davomida yaxshi oʻqiydigan bolalarni sinfda, yangi jamoa ichida ragʻbatlantirishi kerak. Bunda bolalar bir-biriga doʻstona munosabatda boʻlishadi. Shuning uchun ular bir-biriga intilib, yaxshi oʻqishga harakat qiladi. Yomon oʻqiydigan bolalar yaxshi oʻqiydigan bolalarga intilib ular ham yaxshi oʻqishga kirishadi. Bundan tashqari sinf rahbari oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish uchun oʻz sinfida kutubxona tashkil qilishi mumkin. Bu kutubxonadagi kitoblarni oʻquvchilar sinfdan tashqari oʻqish vaqtida yoki darsdan soʻng boʻsh qolgan paytlarida, oʻqib oʻzlariga foydali tomonlarini olishi mumkin.
Sinf rahbari har doim oʻquvchilardan xabardor boʻlib turishi kerak. Masalan, bir oʻquvchining oʻzlashtirishi yomon boʻlsa, uni yaxshilash uchun oʻqituvchi birinchi oʻrinda ota-onasi bilan uchrashib, surishtirishi lozim. Nimaga yaxshi oʻqimaydi, nima uchun darslarni oʻz vaqtida qilmaydi, shular haqida ota-onasi bilan suhbat olib borishi kerak. Agar bolaning oilasida hamma sharoit boʻlib bola oʻzi yaxshi oʻqishni xohlasada, oʻzi oʻylagan natijaga erisha olmayotgan boʻlsa, oʻqituvchi bolani yaxshi oʻqiydigan oʻrtogʻining yoniga oʻtkazib qoʻyish kerak.
Bundan tashqari shunga oʻxshagan oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni yigʻib, har xil fanlardan masalan, matematika, ona tili, oʻqish va boshqalardan qoʻshimcha darslarni tashkil etib, bolalarni oʻqishga boʻlgan talablarii, qiziqishini yanada oshirishga oʻqituvchi harakat qilishi kerak. Oʻqituvchi oʻquvchilarning ota-onalari bilan faol ishlashi zarur. Negaki, maktabda sinfda boʻlayotgan ishlardan ota-onalar ham xabar topib, qiynalgan vaqtida hamroh boʻlishi lozim. Buning uchun ota-onalar bilan oʻqituvchining oʻrtasida bogʻlab turuvchi aloqa daftarchasini tutishi va uni doim qoldirmasdan yuritib turishi darkor.
2. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Oʻziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolgʻiz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan oʻqituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda oʻquvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. Oʻquvchilarning darsdan tashqari tadbirlarini tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. Oʻquvchilarning bilimga boʻlgan qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda kasbga yoʻnaltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir oʻquvchining sogʻligini mustahkamlashga ham e’tabor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida oʻquvchilarning yuqori darajada oʻzlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir oʻquvchining kundalik oʻzlash tirishidan voqif boʻlib turadi. O rqada qolayotganlarga oʻz vaqtida, kechiktirmay yordam uyishtiradi.
4. Sinfdagi oʻquvchilarning oʻz-oʻzini boshqarish ishlarini yoʻnaltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyishtirilayotgan muhim tadbirlarda oʻz sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf oʻquvchilarining ota-onalari, oʻquv kuni uzaytirilgan guruhlarning tarbiyachilari, korxona va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqa oʻrnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan oʻqituvchilari oʻrtasida oʻquvchilarga nisbatan yagona talablar oʻrnatishga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab oʻrtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari oʻz sinfidagi turli hujjatlarni: sinf jurnali, oʻquvchining kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Koʻrinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarinig shaxsiy sifatlariga ham bogʻliqdir. Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining gʻoyaviy ichonchiga va e’tiqod darajadiga bogʻliq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam oʻzlashtirib borishi bilan oʻzining bilimini oshiradi. Sinf rahbarining axloqiy obroʻsi gʻoyat darajada yuqori boʻlishi ham bu oʻrinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir koʻrsatadi. Chunki, tarbiyachi qobiliyati juda koʻp sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan koʻngil qoʻyish, bolalarga boʻlg an cheksiz muhabbat, muomala nazokatligi, oqil va adolatlilik namunasi, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning boʻlishi taqozo qilinadi.
3. Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi.
Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi.
Yoʻnaltiruvchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan iborat:
a) sinf tarbiyaviy soatlarning mazmunini aniqlash;
b) tashkiliy jihozlash ishlari;
v) sinf tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish.
Oʻsib kelayotgan yosh avlodga maqsadga muvofiq ta’sir koʻrsatishda sinf tarbiyaviy soatlari ish mazmunini aniqlash va rejalashtirish mavzularni fasllarga qarab, bayram, tarixiy sana hamda voqealar, tinchlik, doʻstlik , mehnat, oila, baxt, kasb tanlash, tabiatni sevish, vatanparvarlik, ajdodlarimiz merosi, insoniylik, axloqiylik singari tarbiyaviy muammolar asosida tasniflash katta muvaffaqiyatning garovi ekanligini koʻrsatmoqda.
“Inson va insoniy munosabatlar”. Bunda jamiyatimizdagi insoniy munosabatlar, jonajon maktabi, oʻqituvchilari oʻz ota-onasi qarindosh-urugʻi, doʻstlari va boshqa kishilarga, jamoat mulkiga, ona Vatan boyliklariga munosabat, yurish-turish madaniyati, muomalasi, rostgʻoʻylik, halollik, mehnatga ongli munosabatda boʻlish.
“Fan va turmush”. Bunda moddiy olam haqidagi haqiqatni, qarashlarni shakllantirish, fan texnika yangiliklari, bilim manbayi boʻlgan kitobga munosabat, uni oʻqish qoidasi, turmush, madaniyat, bugungi kun turmush tarzi kabi masalalarga e’tibor berish.
“Goʻzallik olamida”. Bunda goʻzallikning mohiyati, goʻzallikni his qilish, nafosat va etika tushunchalari, hayotda insonning kiyinishda, turmushda, mehnatda, axloqda, muomala va nutq madaniyatida, kuy va qoʻshiqlarda, she’riyatda, raqs va tasviriy san’atda, haykaltaroshlik va me’morchilikda, zamonaviy ishlab chiqarish kabi sohalarda goʻzallik tushunchalariga e’tibor berishi.
“Davlat mustaqilligi va inson huquqi haqida nimalarni bilasiz?” Bunda davlat mustaqilligi, uning ma’nosi va mohiyati, mustaqil davlat siyosati va iqtisodiyotining mazmuni, tashqi dunyo mamlakatlari bilan doʻstona aloqalar, elchixonalar vujudga keltirish, milliy mustaqillik imkoniyatlari, vatandoshlar bilan ishbilarmonlik doirasida aloqalar oʻrnatish, dunyo siyosiy voqealariga, huquq darajalari, oʻz haq-huquqi uchun kurash, ona Vatannimizga, xalqimizga mehr-muhabbat, sadoqat, e’tiqod, dunyoviy gʻalabalarimizga munosabat kabilarga e’tibor berish.
“Sogʻ tanda – so gʻlom aql”. Bunda oʻquvchining kundalik faoliyat tartibi, uyida oʻquvchining oʻz burchagi boʻlishi, yosh va oʻziga xos xususiyatlariga qarab gigiyenik qoidalarga rioya qilish, jinsiy tarbiya, gigiyena - inson goʻzalligi, madaniyati va salomatligi garovi ekanligi kabilarga e’tibor berish.
“Ekologik tarbiya”da bolalarda tabiatning yer osti va yer usti boyliklariga, tabiatga nisbatan javobgarlik, Ularni hozirgi va kelajak avlod uchun avaylab asrash, koʻpaytirish hamda muhofaza qilish his-tuygʻularini, tushunchalarini tarkib toptirish kabilarga e’tibor berish lozim.
Sinf tarbiyaviy soatlarini tashkil qilish unga oʻquvchilarni ruhan tayyorgarlikdan boshlanadi, ular sinf tarbiyaviy soatlarini intizorlik bilan kutishlariga harakat qilish lozim. Koʻriladigan masalalar nechogʻli muhokama va munozarabop boʻlishi hamda u koʻngildagidek oʻtkazilishi darkor. Avvalo muhokama qilinadigan mavzu, uning mazmuni, uni oʻtkazish vaqti, tartibi va ushbu mavzuga oid materiallarni topish lozim.
Tarbiyaviy soatlar uchun maktab oʻquvchilari va oʻqitivchi tarbiyachilarga moʻljallangan hamda ommabop gazeta va jurnallar, pedagogikaga oid va bolalar tarbiyasiga doir badiiy adabiyot namunalari, kinolavha, kinofilm, diafilm va radio eshittirish va telekoʻrsatuvlardan, tarbiya mavzusiga yoʻnaltirilgan va shu kungi oʻquvchilar uchun dolbzarb, hayotiy materiallardan tanlab olishlari kerak. Shundagina sinf oʻquvchilarining qaynoq ijodiy faoliyati ta’minlangan boʻladi. Bunday vaqtlarda oʻquv-texnika vositalari, koʻrgazmali qurollar va didaktik materiallardan unumli foydalanish esa soʻzsiz sinf tarbiyaviy soatlarini yanada ijobiy natijalarga olib keladi. Sinf tarbiyaviy soati tarbiyaviy ishning ajralmas qismi boʻlib oʻquvchilar uchun ham, sinf rahbari uchun ham amaliy-ijodiy ishdir. Sinf tarbiyaviy soatlarida tanlangan mavzu boʻyicha oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga eng avvalo oʻqituvchi puxta tayyorgarlik koʻrishi lozim. Mashgʻulot jarayonida ustoz oʻz maqsadini oʻquvchilari ongiga yetkaza oladigan, ularning qalbini toʻlqinlantira oladigan, ta’sirchan va ifodali bayon qila oladigan nutqqa ega boʻlishi, turli pedagogik ta’sirlar orqali singdira oladigan boʻlishi lozim. Sinf tarbiyaviy soatlari uchun tanlangan mavzuning maqsadiga mos keladigan kuy va qoʻshiqning yangrashi, badiiy oʻqish, she’rxonlik, oʻz ijodiy ishlaridan namunalar koʻrsatish, muhokama qilinayotgan masalaga nisbatan oʻquvchilarning oʻz mustaqil fikrlarini bayon qilashlariga keng yoʻl berish, hayotiy muhim masalalar haqida aniq va toʻgʻri xulosalar chiqarishlariga yoʻnaltirib borish lozim. Bu esa oʻquvchilarni oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilishga odatlantirib, ularda faollikni kuchaytiradi.
Sinf tarbiyaviy soatlari uchun namunaviy mavzular roʻyxati.
1-sinf
Mustaqil Vatan.
Jonajon maktabim.
Yaxshi bola.
Oilamiz oʻzi bir dunyo.
Chin soʻzim.
Mening doʻstlarim kimlar.
Mehnat - mehnatning tagi rohat.
Men kim boʻlsam ekan?
Bir burda non qadri.
Oq paxta oppoq paxta.
Biz tabiatni sevamiz.
Fasllar nima deydi?
Meniki va bizniki.
Maktab mulki - mening mulkim.
Quyosh, havo - tanga davo.
Sogʻ yuray desang, ozoda boʻl.
Inson nima uchun oʻqiydi.
Bobolar merosi bebaho boylik.
Ona ulugʻ zot.
Otam bilan faxrlanaman.
Oilada yoshi kattalarga qanday muomalada boʻlish kerak.
Kattaga hurmatda kichikka izzatda boʻl.
Boshingga qilich kelsa-da, rost soʻzla. Uvol degani nima?
2-sinf
Bizning oila.
Ota-ona bolaning baxt chirogʻi.
Inson odobi bilan.
Biz kimlardan oʻrnak olamiz.
Rostgoʻy bola.
Oʻzbekiston Respublikasining gerbi, madhiyasi va bayrogʻi.
Xalol va harom .
Odobli bola elga manzur.
Bolalar huquqlari.
Oʻquvchining burch va vazifalari.
A.Temur oʻgitlaridan namunalar.
Qushlarni avaylab asrash burchimiz.
A.Navoiy Vatan va vatanparvarlik haqida!
Dasturxon atrofida oʻzingizni qanday tutasiz.
Vatanparvarlik - muqaddas burch.
Salomlashish odobi.
Non - bebaho boylik.
Jonajon maktabim - mening.
Egri va toʻgʻri.
Onajonim siz mening.
Qanday oʻquvchini yaxshi bola deyishadi?
Qomusimiz - baxtimiz.
Kimlar bilan doʻst boʻlish mumkin?
Mehr-muruvvatli boʻlaylik.
Ichimlik suvini tejash - burchimiz.
3-sinf
Oʻzbekiston mustaqil Vatan.
Olim boʻlsang olam scniki.
Sening kundalik faoliyating.
Kitob-oftob.
„Alifbeni oʻrgatgan, toʻgʻri yoʻlni koʻrsatgan ...”
Koʻhna obidalar - tarix guvohi.
Assalomu alaykum!
Ovqatlanish odobi.
Farzandlik burchi
Oʻzbek tilim - oʻz ona tilim .
Shifokorga mehrim.
Bugungi niyat - ertangi haqiqat.
Dasturxon ustida suhbat.
Inson oʻz bilimi bilan samoga yoʻl oladi.
Savob nima?
Doʻstlik va oʻrtoqlik.
Kasal koʻrish va yoshi katta kishilarni ziyorat qilish odobi.
Pardoz - andoz oʻquvchiga xosmi?
Bobur - dilbar shaxs.
Besh bahoning sirlari.
Donolar bisotidan: odobnoma durdonalari.
Oilada tejamkorlik.
Hunarli odam xor boʻlmas.
4-sinf
Buyuk va muqaddassan mustaqil Vatan.
Forobiy bobomiz deydilar.
Sogʻ tanda - sogʻlom aql
Jamoat joylardagi odob mezonlari.
Vatan muhabbati
Qayerda qanday salom lashish kerak.
Ilm olish va hunar oʻrganish haqida.
Tabiatni asrab-avaylash - burchimiz.
Non - aziz ne’mat.
Ona yurtim - oltin beshik.
Oʻz irodangizni tarbiyalay olasizmi.
Ota - oila tayanchi, ona - oila quvonchi.
Xushmuomala va muloyim soʻzli boʻlish - eng yaxshi fazilat.
Oʻzingiz yashab turgan mahalla tarixini bilasizmi?
Soʻzlashish va nutq madaniyati.
Birni kessang, oʻnni ek.
Sinf va maktab shuhrati uchun kurash har birimizning burchimiz.
Donolar deydilar.
Hayotning asosi - mehnat.
Goʻzallik olamida.
Yaxshi tarbiya - inson ziynati.
Namunali oila.
Ilm kaliti - kitob.
Esda saqlab qolish uchun zarur boʻlgan tushunchalar:
Sinf rahbari - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.
Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qism lardan iborat boʻladi.
Tarbiya vazifasi – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutilgan holda oʻqituvchining oʻquvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyaning qanday metodidan foydalanishga bogʻliq.
Tarbiya jarayoni – tarbiya jarayonining mohiyati va jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin koʻnikmaga aylantirib borish lozim.
Tarbiya maqsadi – talaba-yoshlarda milliy gʻoya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy pedagogik tadqiqot metodlari qoʻllaniladi.
Tarbiyaviy jarayon – rivojlanib borayotgan avlodning katta yoshdagilar tajribasini egallab borish jarayoni boʻlib, insonlarning rivojlanishini boshqarish hamda ularning shaxsiy hislatilari shakllanishiga zarur sharoitlar yaratib beradi.
Tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini oʻzlashtirish orqali uning mazmunida yotgan gʻoyalar, dunyoqarashlar ta’sirida oʻzining shaxsiy sifatlarini, iymon-e’tiqodlarini shakllantirishni koʻzlashdir.
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari qanday oʻrin tutadi?
2. Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbarining burchi nimalardan iborat?
3. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi nimalardan iborat?
4. Sinf rahbari ish faoliyatiga qanday pedagogik talablar qoʻyiladi?
Mavzularni oʻrganishda foydalanish mumkin boʻlgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. – Toshkent: “Oʻzbekiston” NMIU, 2017. – 592 b.
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 174 b.
3. Joʻrayev R.X. Jaholatga qarshi ma’rifat J. Xalq ta’limi.– T.: 2004.- №3. – B. 9-13.
4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika: Oliy oʻquv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Fan, 2009. - 480 b.
5. Ismoilova Z., Tarbiyaviy ishlar metodikasi. T:. Istiqlol, 2003
6. Hasanboyev J., Toʻraqulov X., Alqarov I., Usmanov N. Pedagogika. T:.Fan va texnologiya, 2010
7. Tarbiya ensiklopediya. Tuzuvchi M.N. Aminov. T:. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2010.
8. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Normurodova B., Matnazarova K. Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik. Nizomiy nomidagi TDPU. Toshkent, 2014 у.
KIRISH
ASOSIY QISM.
Sinf rahbari ish faoliyatini tashkil etishng shart-sharoitlari.
Sinf rahbarining o’quvchi shaxsi va jamoani o’rganishdagi mahorati.
Zamonaviy sinf rahbariga qo’yiladigan talablar.
Barkamol avlodni tarbiyalash- sinf rahbarining bosh maqsadi.
XULOSA.
ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Istiqlol sharofati tufayli jahonga qayta yuz ochgan mustaqil diyorimizda barkamol avlodni tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat qaratilmoqda, O’zbekistonning kelajagi bo’lmish yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, ularni jismonan sog’lom, baquvvat, ma’naviy barkamol etib voyaga yetkazishga prezidentimizning o’zlari shaxsan bosh-qosh bo’lmoqda. Yurtboshimizning “Biz o’z iste’dodli, fidoiy bolalarimiz, farzandlarimizga bilim va kasb cho’qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak”, degan so’zlari buning yorqin dalilidir. Kelajagimiz poydevori bailimdarajalarida yaratilar ekan, ya’ni yurt kelajagi farzandlarga bog’liq ekan, buning uchun har qaysi ota-ona,murabbiy, ustoz har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’ra bilishi zarur.
Sinf rahbari maktab o’qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a’zosidir. Umumiy o’rta ta’limda tarbiyalanuvchilarga alohida pedagogic ta’sir tizimida sinf rahabri faoliyati alohida o’rin egallaydi. Shu sababli O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan sinf rahbari faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beruvchi me’yoriy hujjat- Nizom 2007-yil 20-yanvardagi 19-buyruq asosida taqdim etildi.
Sinf rahbari uchun Nizom dasturulamal bo’lib, uni barkamol avlod ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasini tashkil etishda:
1.o’qituvchilar
2. bolalar yetakchisi
3. psixolog
4. ota-onalar
5. ta’lim muassasasi maktab direktori orqali
6.voyaga yetmaganlar komissiyasi
7.mahalla.
8. huquq-targ’ibot idoralari va turli ijtimoiy jamoalar bilan hamkorlik qiladi.
Boshlang’ich sinflarda sinf o’qituvchisi rahbar hisoblanadi. 5-9 sinflarda rahbarlikka tajribali, faol, o’z burch va ma’suliyatini his etadigan o’qituvchi ta’yinlanadi.
Nizom quyidagi bo’limlardan iborat:
Sinf rahbarining vazifalari.
ota-ona va mahalla bilan hamkorlik.
o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.
o’quvchini o’zini-o’zi boshqaruv tizimini takomillashtirish.
ta’lim muassasasi, pedagogic jamoa bilan birga ishlash.
sinf rahbarining huquqlari.
sinf rahbari ishlarini rejalashtirish va tashkil etish.
Guruh rahbari yuritadigan hujjatlar quyidagilardan iborat.
Guruhdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni hisobga olish kitobi.
Guruh o’quvchilari ro’yhati.
Guruh o’quvchilari haqida ma’lumot.
Guruh faollari haqida ma’lumot.
Guruhdagi ma’naviy ma’rifiy ishlarning yilik ish rejasi.
Oylik dars qoldirgan o’quvchilarni hisobga olish.
Guruhdagi o’quv jarayonini nazorat qilish (dars tahlili).
Sinovlar natijalari bo’yicha o’zlashtirishni hisobga olish.
Mehnat intizomini buzgan, qoloq o’quvchilar haqida ma’lumot.
Ota-onalar bilan ishlash.
To’garakka qatnashadigan o’quvchilar haqida ma’lumot.
Jamoat ishlarida, kollejdagi tadbirlarda ishtirok etishni hisobga olish
Guruhdagi o’quvchilarning o’quvchilar safidan chetlashtirilganligi haqida ma’lumot
Ism-sharifi o’zgargan o’quvchilarni hisobga olish
Guruh yig’ilishlarining bayonnoma kitobi.
Birinchi ma’naviyat soatining o’tkazishning uslubiy qo’llanmasi.
Ochiq ma’naviyat soati dars ishlanmasi.
O’quvchilarning huquq va vazifalari.
Guruh rabarining huquq va vazifalari.
Navbatchi o’quvchilarning vazifalari.
Guruh rahbari-dars mashg’ulotlarida, kur ishi va diploma ishi himoyalarida qatnashadi. Guruh rahbarlari o’quv muassasasi direktoriga va pedagogic kengashga kelishilgan holda quyidagilarni beradi: O’quv va jamoat ishlarida muvaffaqiyatli qatnashgan bitiruvchilarga ichki imkoniyatdan kelib chiqib, belgilangan tartibda rag’batlantirish berish uchun tavsiyanomalar.Ichki trtib-qoidalarni buzgan o’quvchilarga jazo qo’llash haqida taklif Guruh rahbarlari o’quv- tarbiyaviy ishlarining samaradorligini oshirishga doir taklif va mulohazalarni ma’muriyatga va pedagogic kengashga olib chiqish.
Guruh rahbarining majburiyatlari.
Mamlakatimiz taraqqiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash bo’yicha rejali ish olib borish, tanlagan kasbiga mehr bilan qarash, jamoat mulkini asrab-avaylash ruhida tarbiyalash lozim.
Mavjud ish rejasi asosida guruh ma’naviyat soatlarini tashkil qilish.
O’quvchilarning fanlarni yomon o’zlashtirayotganlik sabablarini aniqlab, ularga amaliy yordam ko’rsatishni uyushtirish.
O’quvchilar o’quv salohiyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalgam oshirish, guruh jurnalining to’g’ri yuritilishini ta’minlash
O’quvchilarning oilada va guruhda o’zini tutishlarini, jamoaga birlashtirish maqsadida guruh faollari faoliyatini har tomonlama chuqur o’rganib o’quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ularni o’z-o’zini boshqarish jamiyatlariga birlashtirish.
Doimiy ravishda o’quvchilarning ta’lim-tarbiya yuzasidan, ularning ota-onalari bilan aloqada bo’lib turish.
O’quvchilarning yashahs joyiga tashrif buyurib, sog’ligi va yashash sharoitini yaxshilash uchun zarur yordam ko’rsatib, mustaqil ishlari va ko’ngilli xordiq chiqarishlarini uyushtirish.
Bundan tashqari, guruh rahbari faoliyati rejali tashkil qilinishi lozim. Ish rejasi o’quv muassasasida olib borilayotgan ma’naviyat-ma’rifat ishlari rejasiga asosan bir o’quv yiliga mo’ljallab tuziladi va direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha o’rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. Kollejdagi boshqa guruh rahbarlariga yordam berish maqsadida, o’z guruhidagi tarbiya ishlarini rejalashtirib ommalashtirish. O’quv muassasasida guruh rahbaring faoliyatini muvofiqlashtirish uchun “Guruh rahbarlari kengashi” tuziladi. Kengashni director o’rinbosari yoki tajribali o’qituvchilardan biri boshqaradi. Guruh rahbarlari kengashi tarkibiga guruh rahbarlari va tarbiyachilar kiradi. Kengash faoliyatida zaruriyat tug’ilganda, director o’rinbosdasrlari, fan kafedralari boshliqlari, kutubxonachilar ham qatnashishlari mumkin.
Sinf rahabrining faoliyati kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgan. Bu faoliyatning natijlari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, harakter va xulq-atvorida o’z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo’lmaydi, balki tarbiyada o’tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo’lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to’ldirish uchungina olib boriladi. Shuning uchun tarbiya faoliayti maqsadlarini aniq belgilab olish lozim. Snf rahbari sinfga qabul qilib olgandan keyin uning birinchi ishi, odatda, o’quvchilarni o’rganish bilan bog’liq. Bu ish uning o’zi berkitilgan sinfdagi butun ish faoliyati mobaynida davom etadi va uning tarbyaviy ish sistemasida muhim bir tomonni tashkil etadi.
Pedagogik faoliyatda sinf rahbari quyidagilarni bilishi kerak:
Har bir o’quvchini shaxs sifatida o’rganish
O’quvchilarning sinfda tarbiyalanishini tashkil etish
O’quvchilarning bili-tarbiyasini oshirish va ularning tartib-intizomini mustahkamlash.
Sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o’tkazish
Fan o’qituvchilarining tarbiyaviy ishlarini birlaashtirish.
O’quvchilarning ota-onalari bilan ishlash.
Sinf rahbari fan o’qituvchilariga nisbatan ko’p qirrali ishlarni bajaradi.
Sinf rahbari o’quvchilarni tabiiy hayot va o’quv faoliyatida o’rganadi.
Avvalo, sinf rahbari o’ziga berkitilgan sinf o’quvchilarining ota-onalari va tevarak-atrofidagi kishilar bilan kirishadigan munosabatlarini o’rganishi juda muhim. Hamda o’quvchilarni kundalik hayot tarzida va o’quv faoliyati davomida ham organish maqsadga muvofiq. Albatta, sinf rahbari o’quvchilar shaxsini, ular xulq-atvorini, harakterini aniqlash, o’rganishda shu muassasa psixologi bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bunda ota-ona, mahalla qo’mitalarining ham o’rni katta.
Sinf rahbaring o’quvchilarni o’rganish metodikasi.
Bolalarga tarbiyaviy ta’sir etish omillarini aniqlash
O’quvchiga individual munosabatda bo’lish orqali
Tarbiyaviy ishlarrnii to’g’ri tashkil etish orqali
O’quvchilarni tarbiyalashda o’quvchilarga ma’lum bir talablar qo’yish
orqali
Sinf rahbari o’z o’quvchilarini bilmasa, u o’quvchilarga yondashishda, pedagogik ta’sir ko’rsatish metodikalarini tanlashda katta xatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Shu sababdan ham sinf rahbari o’quvchilar shaxsini balki jamoani ichki muhitini ham bilishi zarur. Bunda,
O’quvchilarning individual xususiyatlarini hamisha va hamma holda hisobga olmoq zarur, o’quvchilarga individual yondashish bu har qaysi o’quvchining xususiyatiga individual moslashish emas. Bu eng avvalo har qaysi o’quvching individual xusiyatini, uning shaxsiy tajribasini hisobga olgan holda unga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning yanada samarali yo’lini faol qidirib topish. O’quvchilarga tarbiya berish jarayonida ularga individual yondashish har qaysi o’quvchini o’z nazar-e’tiborida tutishdan, uning xususiyatlarini bilishdan, uning ijobiy xislatlariga tayanishdan, unga o’g’ir vaziyatlarda muntazam yordam ko’rsatib borishdan va uni yaxshi xatti-harakatlari uchun rag’batlantirib borishdan iboratdir.
O’quvchilarni o’rganib ularga tarbiyaviy ta’sir ko’rsartish, o’quvchini o’rganish pirovard maqsad emas, balki ularga ta’lim-tarbiya berish uchun zaruriy shart-sharoitdir. O’quvchilarni o’rganish borasidagi ishlar shaxsini kamol toptirishning tabiiy tarzda faol ishtirok etishi bilan, o’quvchilarda zaruriy ma’naviy xislatlari va harakterini tarkib toptirish bilan organic ravishda qo’shilib ketadi. Sinf rahbari o’quvchilar xulq-atvoridagi ijobiy xislatlarni rivojlantirish, salbiy xislatlarga barham berishni “loyihalashtiradi”.
O’quvchilarni o’rganishni rejali tarzda va muntazam olib boorish darkor. O’quvchi xulq-atvoridagi yakka-yarim uchraydigan va tasodifiy voqealarni emas, balki uning shaxsida juda ko’p uchraydigan tipik xususiyatlarni o’rganmoq kerak. Shuni hisobga olish kerakki, o’quvchilar har doim o’sib-rivojlanib boradi va shu bilan birga ularning qiziqishlari ham domiy o’zgarib turadi. Shuning uchun ham o’quvchilarni faqat rivojlanishga o’rgatmoq zarur.
O’quvchilarni tabiiy hayot va ish faoliyati sharoitida o’rganish. O’quvchi ta’lim jarayonida ijtimoiy foydali maslahatga va jamoat ishiga jalb qilish lozim.O’quvchilarning oqituvchi, o’quvchilar jamoasi, ota- onalar va tevarak-atrofdagilar bilan krishadigan munosabatlarini o’rganish lozim. Bu munosabatlart jarayonida shaxs yanada to’la ochiladi. O’rganishda turli metodlar va usullardan foydalanish mumkin. Ota-onalar bilan suhbat jarayonlari ham bolani o’rganishga yordam beradi.
O’quvchilarni o’rganob ularni hayoti va turmush sharoiti bilan tanishish. O’quvchilarning axloqiy xislatlari, uning yutuq va kamchiliklari, ta’lim-tarbiya olish jarayonida uy sharoiti, tashqi muhit ham inobatga olinadi.
Shaxsning alohida xususiyatini emas, balki butun shaxsini o’rganmoq darkor. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarning turli bosqichlarida o’quvchi xulq-atvorining ayrim tomonlarini o’rganishga e’tiborr qaratishi mumkin. O’quvchini har tomonlama o’rgatishga erishmoq uchun, dasturni oldindan yaxshi o’ylab tuzish, o’quvchilarni o’rgatish rejasini, suhbat savollarini insholar mavzularini tanlab olish zarur.
Sinf rahbari sinf o’quvchilari haqida quyidagi tavsifnomaga ega bo’lishi kerak:
sinfda jami... o’quvchi, ...tasi qiz, ...tasi o’g’il bola
shulardan ...tasi “bolalar va o’smirlar” uyushmasi a’zosi.
o’quvchilarning bilim darajalarini nazorat qilishning reytinga ko’ra a’lochi va o’zlashtirmovchi o’quvchilar soni
milliy tarkibi
sinflarning parallel sinflar o’rtasida tutgan o’rni
o’quvchining yashash joyi
sinf faollari
ota-onalar kengashi tarkibi
ota-onasi yo’q o’quvchilar
yordamga muhtoj o’quvchilar ro’yhati
o’quvchilarning darslik bilan ta’minlanganligi
maktab kutubxonasiga a’zo bo’lganlar soni.
Sinf rahbari rahbarining o’quvchilarni o’rganishdagi dastlabki ishi va to’playdigan ma’lumotlari shulardan iborat. Shuningdek, sinf rahbari bilishi kerak, o’quvchining ota-onasi qayerda, kim bo’lib ishlaydi, oilaning tarkibi uning madaniy darajasi qanday, oiladagi o’zaro munosabatlar, oilada bolaga yordam berishning o’ziga xosligi, bolaning uydagi kun tartibi va maishiy ahvoli, bolaning uy va jamoat ishlarida ishtiroki, uni maktabdan tashqaridagi do’stlari va tanishlari, o’quvchi ta’tilda qayerda bo’lishi, bolaning hayotidagi eng muhim voqea-hodisalar, o’quvchi salomatliging ahvoli bu xodimlarning ma’lumotiga ko’ra.
O’quvchilar jamoasi mustaqil tashkilotdir, ammo u pedagogik rahbarlikka muhtoj. O’quvchilarni o’z holiga tashlab qo’yish ham, ayni vaqtda bolalar jamoasiga nisbatan ma’muriyatchilik ham, buyruqbozlik yo’liga o’tib olish ham mumkin emas. Birinchi holda, sinf rahbari bu ishlardan umuman chetlashib, o’quvchilar bilan aloqaning susayishiga yo’l qo’ysa, ikkinchi holda u tazyiq yo’liga o’tib, o’quvchilar mustaqilligini yo’qqa chiqaradi. Sinf rahbarining bosh vzaifasi, bolalar jamoasini faoliyatini mohirlik bilan boshqarish, o’quvchilar tashabbuskorligini o’stirish, sinf jamoasi faolligi va mustaqilligini tarkib toptirishdan iborat.
Jamoa va jamoada tarbiyalash- tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. O’quvchilar jamoasi o’ziga xoslik kasb etuvchi muhim belgilarga ega. Uning xusiyatlari esa quyidagichadir:
Jamoaning o’ziga xos xususiyatlari
Ijtimoiy ahamiaytga ega yagona maqsadning mavjudligi
Birgalikdagi umumiy faolaiyatning tashkil etilishi
Majburiy, ma’suliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi
Saylangan umumiy rahbariy ongga egalik
Shuningdek, sinf rahbari o’quvchilar jamoasini shakllantirishda quyidagi o’qituvchi-olim L.I. Nikova taklif etgan jamoani shakllantirish bosqichini qo’llashi mumkin.
jamoani dastlabki jipslashtirish
jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish
jamoaning umumiy faoliyatini yo’lga qo’yish.
Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faolaiyat o’qish faoliyatidir. Aynan sinf jamoasida shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Sinf rahbari esa bu jarayonda o’quvchilar jamoasida ularni nazorat qilish, boshqarish, rivojlantirish va psixologik muhitni saqlashni ta’minlaydi.
Shuningdek, sinf rahbari o’z guruhidagi psixologik muhitni, uning jipsligini, guruhda o’quvchilarning bir-biriga bo’lgan munosabatini aniqlashda psixologning yordami va o’rni alohida ahamiyatga ega.
Bunda sinf rahbari psixolog yordami bilan bir qancha metodikalar o’tkazish orqali guruhdagi o’zaro munosabat va iqlimni bilib olishi mumkin. Quyida shunday metodikalardan biri bilan tanishtirsam.
Sotsiometriya metodikasi. Sotsiometrik so’rov usuli psixologik amaliyotda keng qo’llanib kelinayotgan usullardan biri sanaladi.
Ishning bajarilishi. Metod yordamida jamoa yoki guruhni o’rganish uchun guruh a’zolariga savol beriladi. Savollar guruh yoshiga, darajasiga moslab tuzilgan bo’lishi kerak.
Darhaqiqat, alohida sinf birlashib o’quv yurtini tashkil etadi.Alohida sinf jamoalari qo’lga kiritgan ta’lim-tarbiya borasidagi muvaffaqiyatlar butun o’quv yurti lamoasining muvaffaqiaytini ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan, sinf rahbarining ma’suliayti jamiyat oldida rahbarlik ma’suliaytidan kam emas. Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi mehnatsevar, mahoratli, yosh avlodni sevadigan o’qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib boradilar.
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri bu- o’quvchining o’qishga bo’lgan havasi, e’tiqodi va bilim, qobiliyatini rivojlantirish, kasb hunarga bo’lgan layoqatini, yosh va ruhiy xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o’quvchining bo’lg’usi hayoti rejalarini amalgam oshirish, o’quvchilarning salomatligini muhofaza qilishdan iborat. Faolarga ishonish, ularning sinf jamoasi orasida obro’sini ko’tarish, o’z vaqtida ularga tegishli yordam ko’rsatish sinf rahbaring bevosirta asosiy vazifasidir.
Pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati mehr, xayrihohlik yordamida ifodalanishi kerak. Ma’lumki, rivojlanish uchun yordam berish bu albatta murakkab jarayon bo’lib, bular o’qituvchidan juda katta e’tibor, diqqat, bilim, ma’suliyat va pedagogic mahoratni talab qiladi. Jumladan, bu borada buyuk pedagog A.S. Makarenko “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq,jahldor bo’lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalansin “ – degan edi.
Ta’lim muassasasi o’qituvchisining malakasi maxsus va pedagogic fanlar bilan yoritiladigan ikki qirraga ega bo’lishi lozim. U doimo “Nima uchun o’qitish kerak?”, “Qanday o’qitish kerak?” degan savollarga javob topishi zarur. Bu javoblar pedagogika fanining asosiy qoidalari va qonuniyatlariga mos holda talqin qilinishi, shuningdek, ta’lim xususiyatlari e’tiborga olingan bilimlarga asoslangan bo’lishi lozim.
Demak, yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat:
Har tomonlama barkamol avlod tarbiyasi ta`lim-tarbiya va rivojlanishni o`zaro bog’liq tarzda o`qitish jarayonida amalga oshirishni taqozo etadi.
O`qitish jarayoni yaxlit holda, ta`limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi xususiyatlarni kompleks tarzda hal etsada, bularni (ta`limiy, tarbiyaviy, rivojlanish) o`qituvchi faoliyati uchun shartli ravishda bo`lib ko`rsatish va bu bilan o`quv jarayonini rivojlantirishda hisobga olishni nazarda tutadi.
Hozirgi kunda innavatsion pedagogic texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog-o’qituvchi o’z kasbiy tayyorgarligini, pedagogic mahoratini rivojlantirib borishni talab etadi. Ta’lim muassasasi o’sib kelayotgan shaxsni o’qitish jarayonida ularga ta’lim olish jarayonini yaratsa, o’qituvchilar esa ularni bilimga bo’lgan ehtiyojini shakllantirish hamda rivojlantirish shakllarini amalgam oshiradi. Ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasasalariga yaxshi tayyrgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogic texnologiyalarni va interfaol uslublarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. Buning uchun nafaqat barcha fan o’qituvchilarini balki sinf rahbarlarini ham pedagogic va axborot texnologiyalar, interfaol uslublar bilan qurollantirish hamda olgan bilimlarini o’quv-tarbiyaviy mashg’ulotlarda qo’llash malakalarini oshirib borishi lozim.
Sinf rahbari o’zi o’qitayotgan o’quvchilarning ruhiyatkariga mos ravishda muloqotda bo’la olish,, zamonaviy pedagogic texnologiyalarni egallash va uni o’z o’rnida qo’llay olishi lozimligini bilamiz. Bugungi kunda an’anaviy ta’limni zamonaviylashtirish yo’lida turgan ekanmiz, o’qitishning noodatiy, rivojlantiruvchi texnologiyalarini ham bilishi zarur. Shuningdek, O’qituvchini, sinf rahbarlarini ham zamonaviy pedagogic texnologiyalarning o’quv-tarbiya jarayonidagi o’rni ulardan foydalanish hamda usul,metod,texnologiya tushunchalarini farqlay olishlari quyidagi,
“aqliy hujum”
“tarmoqlar(klaster)”
“assessment”
“bumerang”
“skrabey”
“charxpalak”
“rezyume”
“keys-stadi”
Usul va metodlari, texnologiyalari haqidagi bilimlarga ega bo’lishlari va ulardan o’quv-tarbiya jarayonida foydalana olishlari lozim.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innavatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi zamonaviy muommolarni hal qilish uchun yangi axborotni o’zlashtiradigan va o’zlashtirgan bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir bo’lgan, zarur qarorlar qabul qiladigan, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxs;ar kerak. Shuning uchun ham ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o’qitish uslublari, ya’ni, interfaol metodlar innavatsion texnologiyalarning o’rni nihiyatda beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ukarning ta’limda qo’llanilishga oid bilimlar, tajriba o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Biz g’aroyib davrda yasgayapmiz: atrofimizdagi olam juda tez suratlarda, tanib bo’lmas darajada o’zgaryapti, hozrgi kundagi yosh avlod bilan o’tgan davrdagi avlodning farqi ko’ryapmizki, sezilarli darajada ajralib turadi. Agar o’qituvchi bu jarayonda rivojlanmay qotib qolsa, yosh avlodning tarbiyasi, fikrlashi ham izdan chiqadi. Shuning uchun o’sib kelayotgan avlod bilan ishlaydigan o’qituvchi bolalarni rivojlantirish bilan birga o’zini ham kamol toptirib borishi lozim.
Xo’sh, zamonaviy o’qituvchi va shu bilan birga sinf rahbari qanday bo’lishi lozim?
O’zgarish.
O’z xatolarini tan olish
Rivojlanish.
Bolalarga hurmat
Tolerantlik
O’qituvchi o’zining xizmat ko’rsatayotganini tushunishi.
Haqiqiy narsalar bilan hurmatga ega bo’lishga tayyor turish
Chegarani his qilish
O’z vazifasini tushunish
O’z-o’zini tanqid qilish
O’z-o’ziga sha’ma qilish (juda jiddiy bo’lmaslik va hazil qilish qobiliyati)
Albatta, xislatlarning bariga ega bo’lish oson emas. Ko’p hollarda maktabda, kollej-litseylarda o’qituvchilarni tanlab olish imkoniyati mavjud emas. Biroq shunga qaramay idealga qarab intilish zarur.
Sinf rahbari avvalo, o’zi o’quvchilariga namuna, ibrat bo’la olishi lozim. Qachonki, o’qituvchi o’zida komil inson sifatlarini tko’rsata olsa, o’quvchilar ham ijobiy tomonga qarab rivojlanadilar. Buni bir kichik hayotiy voqeadan ham misol qilib ko’rishimiz mumkin. “ 5-sinflar orasida bir Azimjon ismli boa bo’lgan. U doim o’rtoqlarini xafa qilar, ustozlarini aytganini qilmas, darsga kechib keladigan o’jar, injiq, qo’rs bola edi. Hamisha o’rtoqlaridan ustoziga arz tushardi. Shundan keyin ustozi bir yo’l tutibdi. Bir kun quyoshli kunlarning birida muallim o’z o’quvchilarini quyosh nurida toblanish va o’zgacha uslubda dars o’tish uchun tashqariga olib chiqdi. Tashqariga chiqishgach, muallima maktab tomorqasida yangi ekilgan ko’chatlardan birini ko’rsatib, o’quvchilardan birini ya’ni Azimjonni chaqirib uni sug’urishga buyurdi. Azimjon borib, ko’chatni sug’urib oldi. Shundan keyin muallima mazkur o’quvchiga katta daraxt oldiga borishni va uni sug’urishni tayinladi. Azimjon ustoziga qarab” “Ustoz, bu qo’limdan kelmaydi. Bu daraxt ancha oldin ekilgan baquvvat darxt axir, tanasi katta. Buni sug’urishga kuchim yetmaydi”. –dedi. O’quvchidan bu javobni eshitgan ustoz tabassum qildi va qolgan o’quvchilarga qarab:” Bu o’simliklar bizning yomon odatlarimiz deb faraz qilaylik.O’sha odatlarimiz eskirib borgani sayin qalbimizda, tana a’zolarimizda chuqur o’rnashib qoladi. Keyin biz ulardan voz kechishimiz, qutulishimiz qiyin bo’ladi. Yomon odatlarimiz endi ko’rina boshlagan paytda yangi ekilgan ko’chatlar kabi sug’urib tashlash oson bo’ladi. Shuning uchun ulardan qutulish maqsadida harakatni hozirdan boshlaylik! “ dedi. O’shandan keyin Azimjon o’rtoqlarini boshqa jig’iga tegmaslikka, axloqli, odobli bola bo’lishga va’da beribdi.
Bundan biz nimani guvohi bo’ldik? Ushbu vaziyatda o’qituvchi muommoni hal qilishda bolaga ta’sir ko’rsatishni maqbul yo’lini tanlaganini, vaziyatni maqbul yechimini topa olganini ko’rishimiz mumkin. O’quvchilar o’rtasida yuzaga keladigan muommolarni qanday hal qilish albatta, o’qituvchining pedagogik mahoartiga bog’liq.
Shu o’rinda taniqli rus pedagogi, A.S. Makarenkoning o’qituvchining kasbiy fazilati to’g’risidagi fikrlarni keltirb o’tishni joiz deb bildim. “Pedagog darsda ma’lum bir o’ziga xos rolni o’ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o’ymashni bilmaydigan o’qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor.Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz,harakterimiz biz uchun pedagogic qurol bo’lishi ham also mumkin emas. Bolalarni qalb va ko’ngil azoblari bilan, hijronli xis-tuyg’ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo’l qo’yib bo’lmaydi. Axir biz insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko’ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin bo’lsa, pedagog ham ko’ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo’lardi. O’quvchiga ba’zan muloqotda ko’ngil azobini namoyish etishga to’g’ri keladi. Buning uchun pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o’ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy pedagogic vaziyatlarda o’qituvchi g’azablanganda, quvonganda, xafa bo’lganda. Tushkun bir ahvolga tushganida ichki hissiyotlarini bir holatdan boshqa holatga, bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan o’tkazishni ham bilishi kerak.
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o’ynash yaramaydi. Bu o’yinda pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan belgilaydigan qandaydir kamar bor, bu sizning g’o’zal xulqingizni namoyish etib bog’lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o’yin o’lik bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin bir xis-tuyg’ularingizni, mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir.
Barkamol avlodni tarbiyalash – sinf rahbarining bosh maqsadi.
Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab o`qituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan.
Har bir bola o`z xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tar- biyalashda ularning ana shu o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni o`zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. O`qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning professiogrammasida ifodalanadi.
Professiogramma quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1) o`qituvchi shaxsining xususiyatlari;
2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar;
3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;
4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
-O`qituvchi shaxsining xususiyatlari:
G’oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e`tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish; ijtimoiy va grajdanlik burchini anglash; ijtimoiy-siyosiy faollik.
Pedagoglik kasbi sohasida; bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish; ruhiy pedagogik ziyraklik, pedagogik takt, pedagogik tasavvur; tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik; dilkashlik; o`zini tuta bilish; kasbiy layoqatlilik.
Keng ilmiy saviya, ma`naviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish; pedagogik ma`lumotlarni oshirishga intilish esa bilish sohasiga kiradi.
Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan yoshlar pedagogik professiogrammada keltirilgan ixtisoslik xususiyatlarini bilishlari lozim. Professiogramma quyidagi xususiyatlarni o`z ichiga oladi:
1) o`qituvchi shaxsi xususiyatlari;
2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar;
3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni;
4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni.
Sinf rahbarining kasbiy sifatlari.
Ijodiy sifatlar:
1.Ta`lim-tarbiyaga oid ishlarni amalga oshirish ja-
rayonida pedagogik mahoratni mukammallashtirishga doimiy
intilish.
2. Tarbiyaviy ta`sir natijasini oldindan ko`ra bilishga intilish.
3. Bo`lib o`tgan voqea-hodisalarga, tarbiyalanuvchilarga
nisbatan yangicha qarash qobiliyati.
4. O`zini tarbiyalanuvchi holatiga qo`ya bilish, atrof-muhitga nisbatan uning qarashini ko`ra bilishga intilish.
Qobiliyatlar:
1. Didaktik qobiliyat.
2. Akademik qobiliyat.
3. Pertseptiv qobiliyat.
4. Nutq qobiliyati.
5. Tashkilotchilik qobiliyati.
6. Avtoritar qobiliyat.
7. Kommunikativ qobiliyat.
8. Pedagogik xayol.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
10. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni bilish va targ’ib qila olish qobiliyati
Xulosa.
Ushbu pedagogik-psixologik qiyofa pedagoglarni tanlashda, ularning bilim qobiliyatlarini tashhis qilishda qo`llanishi mumkin. Ma’naviyat aqida Birinchi Prezidentimiz shunday deganlar:
"Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning imon-e’tiqodi va irodasini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg’otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur etaman." Ma’naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga kuch qo’shishga, aql-idrok va zakovatini kengaytirib, mustahkamlashga xizmat qiladi.
Pedagogik, o`qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o`qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarning izzat-hurmatiga sazovor bo`lish uchun kishida bu ishda kishiga layoqat, qobiliyat, qiziqish bo`lmog’i lozim. Boshqa kasblar kabi o`qituvchilik kasbiga yoshlar orasidan pedagogik faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomala qila oladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kerak.
Har bir sinf rahbari o‘z-o‘zini boshqarishning saylab qo‘yiladigan o‘quvchilar qo‘mitasi hamda bolalar va yoshlar tashkilotlari bilan birga ishlab, sinf jamoasiga rahbarlik qilish yuzasidan olib boriladigan amaliy ishlarda bu talabni ro‘yobga chiqaradi.
Tajribali sinf rahbarlari o‘zining kuzatishlari va xulosalarini alohida varaqlarga qisqacha qilib yozib boradi. Bular maxsus jildlarda saqlanadi. To‘plangan ma’lumotlar o‘quvchilar jamoasi hayotini, uning erishgan yutuqlari va kamchiliklarini keyinchalik tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
MAVZU: SINF RAHBARNING TARBIYaVIY FAOLIYaTI SAMARADORLIGINI OShIRISh ShART-ShAROITLARI
Reja
Sinf rahbarining faoliyatining qirralari
Sinf rahbarining faoliyati.
Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish.
Sinf rahbari maktab o’qituvchilar jamoasi va pedagogika kengashining a’zosidir. Sinf rahbarining burchi juda keng va ko’p tomonlamadir.
Sinf rahbari ishining asosiy qismi o’quvchilarni o’rganish. O’quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib intizomini mustahkamlash. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o’tkazish. O’quvchilarning ota-onalari bilan olib boriladigan ishlar ham sinf rahbarining asosiy vazifalaridan biridir.
O’quvchilar jamoasi – sinf rahbarining tayanchi. O’quvchilarni tarbiyalashda sinf jamoasidagi barcha o’quvchilarning bir-birlariga ta’sirlari katta ahamiyatga ega. Ularni bir-biriga ko’rsatadigan o’rnaklari intizomni yaxshilash va mustahkamlashga, ularni xulq madaniyatini, odatini, ko’nikmasini hosil qiladi.
Sinf rahbari bolalarni odobli qilib tarbiyalashni, ularga andisha bilan gapirishni, maqbul harakat qilishni o’rgatishi lozim.
Alisher Navoiy «Mahbub-ul-qulub» asarida ta’lim-tarbiya jarayonlarini, vositalarini, axloq-odob talablarini ko’rsatadi. O’z davridagi musulmon maktablarining yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. O’qituvchi odobi va muallimlik kasbi, mudarrislar, maktabdorlar va ta’lim berayotgan fanini va tarbiya jarayonini sevishi kerak deydi. O’ziga xos o’quvchi jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni hurmat qilishlari, e’zozlashlari zarurligini uqtiradi.
Navoiyning fikricha, ba’zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik qiladi, muallim esa bir nechta bola-sinf jamoasini tashkil etadi va ilmu-adab o’rgatadi. Bu jarayonda sinf rahbari ko’p mashaqqatlarga duch keladi. Shuning uchun shogirdlar ustoz oldida umrbod qarzdor ekanliklarini his etishlari lozim. Shogird podsholik martabasiga erishsa ham muallimga qulluq qilsa arziydi.
Xak yulida senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqin yuz ganj ila.
Sinf rahbari o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalar ekan, u o’z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
- sinf rahbari o’quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.
- sinf rahbari bolalarga axloqiy normalarni o’rgatishi kerak.
- gerdayishi, manmanlik, tamagirlik, nodonlik kabi illatlar o’qituvchi ahloqiga yod sifatlardir.
- xalq nazarida olim hisoblanadigan o’qituvchilar yomon ishlardan, fisqu-fasoddan o’zlarini tiya bilishlari zarur.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan to’g’ri muomila qila olishi murakkab, nozik ish. Chunki hozirgi ota-onalarning ko’pchiligi o’rta yoki oliy ma’lumotli kishilar, ular vaqtli matbuot, televideniye, radio orqali ko’pgina pedagogik axborotlarni bilib oladilar. Shunday vaziyatlar ham bo’ladiki, o’g’il yoki qiz bola maktabda o’zboshimchalik qiladi, lekin oilada hushyor va gapga quloq soladi, yoki aksincha. Oilada muomalasi qo’pol, o’zboshimcha, maktabda esa o’zini xushmuamola, intizomli tutadi. Buning sababi nimada? Bunday holatlarning hammasi uchun bir xil sabab va to’g’ri javobni topish amri mahol. Chunki har bir holatda uning sabablari turlicha bo’lishi mumkin. Demak, sinf rahbari va ota-onalarning maqsadlari bir xil bo’lsa ham, ularning hamkorligi, bir-birini tushunishi, muomala munosabatlari qarama-qarshiliklarsiz bo’lmaydi.
Sinf rahbarining faoliyati kamol topayotgan kishi shaxsini tarkib toptirishga qaratilgandir. Bu faoliyatning natijalari tarbiyalanuvchining qiyofasida, uning shaxsidagi xususiyatlarida, xarakter va xulq-atvorida o’z aksini topadi. Agar tarbiyachi pedagog nimaga intilayotganini ravshan va aniq tushunilmagan joyda tarbiyalanuvchilar shaxsini takomillashtirishga astoydil intilish bo’lmaydi, balki tarbiyada o’tkaziladigan ish tasodifiy tusga ega bo’lib, buning uchun ajratilgan vaqtni to’ldirish uchungina olib boriladi. Tarbiya faoliyatining maqsadlarini aniq bilmagan va bu maqsadlarni hisobga olmagan holda to’la qimmatli tarbiya yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning maqsadi jamiyat talablariga bog’liq bo’lib, bu talablar o’z navbatida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi va jamiyatda yoshlarni o’qitish va tarbiyalash ishlarining hammasi yosh avlodda ma’naviy axloq va e’tiqodni shakllantirishga, ularni Vatanga cheksiz sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi lozim.
Yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirishda boshlang’ich maktab muhim o’rin egallaydi.
Ma’naviy axloqiy tarbiya-ma’naviy ongni bir maqsadni ko’zlab tarkib toptirish, axloqiy tuyg’ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko’nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat. Sinf rahbari o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak.
1) Tug’ilib o’sgan joyiga, O’zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg’ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to’g’risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizasiyasiga qo’shgan hissalari to’g’risida ko’proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O’quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar to’g’risida, tinchlik uchun kurash haqida chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
3) Bolalarda o’rtoqlik tuyg’usini, boshqalarga yordam ko’rsatish ishtiyog’ini, umumiy foyda yo’lida birgalikda faoliyat ko’rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o’rtasida, o’g’il va qiz bolalar o’rtasida do’stona munosabatlarni rag’batlantirish, soxta o’rtoqlik ko’rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O’z so’zi va va’dasi uchun, o’qituvchi va kollektiv topshiriqlarining bajarilishi uchun mas’uliyat tuyg’usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to’g’ri munosabatni, keksalar, bemorlar, invalidlarga nisbatan e’tibor va g’amxo’rlikni, xushfe’l va betartib, kamtar va haqgo’y bo’lishini tarbiyalash.
O’quvchilarni barcha kishilarning yaxshi va yomon xatti-harakatlarini farqlay olishga, o’z xatti-harakatlariga va o’rtoqlarining xatti-harakatiga adolatli baho berishga o’rgatishi hamda o’z kuch g’ayratini o’quvchilarda nopoklik, adolatsizlik, kishilarga rahm-shafqatsiz bo’lishga nisbatan salbiy munosabatni tarkib toptirishga qaratishi kerak.
O’quvchilarni tarbiyalash o’qitishga qaraganda ancha qiyin degan fikrni o’qituvchilar orasida tez-tez eshitish mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiya ta’lim berish bilan mustahkam aloqada bo’lgani holda, o’zining xususiyatlariga ega. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalashni barcha prosesslarini bilim berish va o’rgatish bilan birga qamrab oladi. Bunday ikkita o’zaro bog’langan tomon: hayotni bilish va unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish prosesslari ajralib turadi. Hayotni bilish ma’lumot olishning asosiy funksiyasi, unga bo’lgan munosabatni tarkib toptirish tarbiyaning asosi, vazifasini tashkil etadi.
Sinf rahbari faqat ta’lim-tarbiyaning birligini emas, balki ularning xususiyatlarini ham ko’ra bilishi muhimdir. Maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish yuzasidan olib boriladigan ulkan ishining bir qismi xolos, u bolaning ilgarigi tajribalarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, undagi barcha yaxshi sifatlarni o’stirib, noto’g’ri tasavvurlar, odatlarni tuzatib borishi va bo’lajak sifatga zamin tayyorlashi kerak. Ma’naviy-axloqiy tarbiya o’quvchi maktabni tamomlagandan keyin ham tugallanmaydi, u butun umr bo’yi davom etadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiya-ta’lim berish bilan bog’liq bo’lgani holda, o’z xususiyatlariga, o’ziga xos vazifalari, uni tashkil etishning forma va metodlariga ega bo’lib, maxsus ravishda o’rganilishi lozim.
O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muhim sharti sifatida ularning o’quv va o’qishdan tashqi xilma-xil faoliyatlarining birligi to’g’risidagi tushunchalar bilan bog’liqdir.
O’quv va ma’naviy-axloqiy tarbiya faoliyati bir-birlarini to’ldirish lozim: Sinf rahbari tomonidan tarbiyaviy bosqichga rahbarlik qilingan taqdirdagina tarbiyada biror maqsadga qaratilganlik, ma’lum bir sistemaning bo’lishi mumkin. Ma’naviy-axloqiy tarbiyalash avvalo tarbiyalanuvchi shaxsining tarkib topish prosessiga rahbarlik qilishni taqozo etadi.
Biror maqsadga qaratilgan tarbiya prosessida tarbiyalanuvchilarning jismoniy hamda ma’naviy-axloqiy yetukligi o’sib borishiga qarab ularning mustaqilligi va ijodiy aktivligi ortib boradi. O’quvchilar kollektivining ongliligi ortib borishi bilan tarbiyachining vazifalari o’zgaradi. Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai nazari asta-sekin tarkib topadi.
Ana shunga ko’ra sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.O’ziga yuklatilgan sinfda tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarishda u yolg’iz emas. Shu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan yaqin hamkorlikda va ularga suyangan holda o’quvchilarda dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloq tarbiyasini amalga oshiradi. “Kamolot” tashkiloti hamkorligida, muntazam suratda ularga tayanib va kundalik ishda yordam uyushtirib o’quvchilar bilan darsdan tashqaridagi xilma-xil ishlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2.O’quvchilarning birligiga bo’lgan qiziqishini va qobiliyatini o’stirish, har bir o’quvchining individual-ruhiy xususiyatini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va hayotiy maqsadlarni shakllantirish – sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda u har bir o’quvchining sog’ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
3.Sinf rahbarining diqqat markazida o’quvchilarning yuqori darajada o’zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o’quvchining kundalik o’zlashtirishidan voqif bo’lib turadi, orqada qolayotganlarga o’z vaqtida kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4.Sinfdagi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarini yo’naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqyosida uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o’z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5.Sinf o’quvchilarining ota-onalari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi oila va o’quv yurtiga yordam beruvchi homiy mahallalar bilan yaqin aloqa o’rnatadi.
6.Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o’qituvchilari o’rtasida, maktab bilan oila o’rtasida o’quvchilarga nisbatan yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7.Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarning : sinf jurnali, o’quvchilarning reyting daftarchasi, shaxsiy hujjatlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko’rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog’liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo’yiladigan talablar o’qituvchiga quyiladigan farq qilmaydi. Lekin sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatidan andoza oladigan shaxs bo’lganligi uchun ham bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida o’rin egallaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va siyosiy ongining darajasiga bog’liq.
Sinf rahbari o’zining g’oyaviy-siyosiy ongini oshiradi. Bu sinf rahbariga bolalarni onglilik ruhida tarbiyalashga, ular orasiga begona ideologiya va yomon xulqning kirib borishiga qarshi kurasha olish imkoniyatini bera oladi. Sinf rahbarining axloqiy obro’si hoyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishida katta ta’sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun kasbiy malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. O’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi fuqarolik fazilatlari, intizomi va odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’tkazadi. Chunki tarbiyachilik talanti juda ko’p sifatlarni chuqur bilish, keng fikr doirasi, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish bolalarga bo’lgan cheksiz muhabbat, muomalada nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq, temperament, aql va odoblilik namunasi, aloqada nazokat va sipolik, vazminlik va kamtarlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunda yana tarbiyachilik texnikasi qo’shilsa ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Sinf rahbaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilish, har bir o’quvchi shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy yondoshish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarda tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy g’oyaga mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi xatolarning ko’pligiga asosiy sabab o’quvchilarning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi harakterda hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir.
Sinf rahbarining maxsus kasbiy va ijtimoiy vazifalariga odilona baho beruvchi xolis hakam – tarbiyalanuvchilar. Avvalo, sinf rahbarining amaliy faoliyati faqat yarimi tarbiya texnologiyaga asoslanganligini nazarda tutish kerak. Uning ikkinchi yarimi bu san’at. Shu tufayli sinf rahbariga qo’yiladigan dastlabki talab – unda pedagogik qobiliyat mavjud bo’lishi kerak. Sinf rahbarining qobiliyati – bu o’quvchilar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo’lgan munosabatdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxsning sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo’ladi va rivojlanadi. Qobiliyat uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, o’qish natijasi hisoblansa. Qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana iste’dod, layoqat va zehn, ya’ni inson asab tizimida anatomo-fiziologik xususiyat bo’lishi ham zarur.
Tarbiyaviy faoliyatning samarali bo’lishi uchun sinf rahbarida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud bo’lmog’i va tarbiyalab yetishtirilmog’i lozim:
- tashkiliy – sinf rahbarining o’quvchilarni jipslashtirish, ularni band qilish, vazifalar bo’lib berish, ishni rejalashtirish, qilingan ishlarni jamlash mahoratiga namoyon bo’ladi;
- didaktikaga oid – o’rganishga bo’lgan qiziqish hamda ma’naviy, hissiy istaklarni rag’batlantirish, o’quv bilimini orttirish, faollashtirish mahoratida namoyon bo’ladi;
- perseptiv – tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosiga singib, ularning emosional holatini baholash, ruhiy xususiyatlarini aniqlash mahoratida namoyon bo’ladi;
- suggestiv – o’quvchilarga emosional ta’sir ko’rsatishda namoyon bo’ladi;
- kelajakni ko’ra bilish - o’z harakatlarning oqibatini ko’ra bilishda, o’quvchilarda qanday fazilatlarni ro’yobga chiqarish lozimligini oldindan ayta olish mahoratida namoyon bo’ladi;
- tadqiqiy - pedagogik vaziyatlar va jarayonlarni o’rganish va obyektiv baholash mahoratida namoyon bo’ladi.
Sinf rahbarining faol jamoatchi sifatida hamisha namuna ko’rsatishi muhim ahamiyatga ega. Ayni vaqtda u kommunikativ (kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham tez aloqa o’rnata olish) qobiliyatga ega bo’lishi, ro’y berayotgan fakt va hodisalarni faqat pedagogik qoidalarga bog’lab baholashgina emas, balki ro’y berish sababiga qarab hukm ham chiqarishi pedagogik optimizmga, ijod qilish qobiliyatiga ega bo’lish kerak. Sinf rahbarining eng muhim fazilati – odamlar bilan tezda til topa olishi, ko’pchilikka eshila bilish, ulfatjonlik, dilkashlik bo’lib, bu undagi muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki unga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga to’g’ri keladi. Hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda o’quv-tarbiya jarayonida qulay munosabatlar yaratish uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli asoslar bo’luvchi sinf rahbarining insoniy xislatlari muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda.
Sinf rahbari uchun juda muhim xislat – insonparvarlik, ya’ni o’sayotgan insonga oliy qadriyat kabi munosabat qilish lozim. Insoniy munosabatlar o’quvchiga nisbatan xayrixohlik, unga yordam berish, ularning fikriga quloq solmoq, uning o’quvchilik faoliyatiga yuksak talabchanlikdan iborat.
Sinf rahbari doimo faol, ijodkor shaxsdir. U o’quvchilarning kundalik hayotini uyushtiruvchi xamdir. O’quvchilarda qiziqish uyg’otish, ularni o’zi bilan yetaklash faqat yuksak irodali insonning qo’lidan keladi. Auditoriya, o’quvchilar jamoasi kabi murakkab organizmlarga pedagogik rahbarlik qilishi sinf rahbaridan topqir, zehni o’tkir, har qanday vaziyatni mustaqil yechishga doim tayyor bo’lishligini talab qiladi. Unga kasbiy jihatdan kerakli xislatlardan biri – sabr-toqat va dadillikdir. O’qituvchining birdan sarosimaga tushgani, o’z nochorligini o’quvchilar sezmasligi lozim. Shuni hamisha esda tutish kerakki, sinf rahbari o’z harakati va axloqini nazorat qilish, hyech qachon arzimagan narsalarga asabiylashmasligi kerak.
Muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning birinchi sharti - bu sinf rahbarining talabchanligi. Dastlab talabni u o’ziga qo’yishi kerak, chunki o’zingda bo’lmaganini o’zgadan talab qila olmaysan. Talabchanligi bilan birga oqilona tarbiyachi ham bo’lishi lozim. Pedagogik jarayonlarda yuz berib turadigan keskinliklarni bartaraf etish uchun tarbiyachiga hazil-mutoyiba tuyg’usi yordam beradi. Uning ko’lamida tayyor hazil, maqol, yaxshi, do’stona piching – ijobiy emosional holat yaratishga imkon berib, o’quvchilarni o’ziga jalb qildiradi.
Shaxs axloqini harakterlaydigan belgilardan biri – mas’uliyatdir. Sinf rahbarining mas’uliyati - tarbiyachining faoliyati va ta’lim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham o’z ichiga oladi. Tarbiyachi zimmasiga bolaning shaxs sifatida har tomonlama kamol toptirish mas’uliyati yuklanadi. U o’quvchiga chuqur nazariy bilim berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga u o’quvchidagi mavjud layoqat va qobiliyatni o’z vaqtida payqab, individual munosabatda bo’lishi, unda mavjud bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlarni avaylab o’stirishi darkor.
Sinf rahbari o’quv yurtidagi eng universal pedagogik hisoblanib u bajaradigan mehnatning o’lchovi, chegarasi yo’q. Uning bilmagan ishi uddasidan chiqa olmaydigan sohasi bo’lmaydi. Shu bilan bir qatorda, u beg’araz, xolis va ta’nasiz shaxs bo’lib, jamoatchilik asosida ishlaydi. Sinf rahbari pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilarni o’zaro bog’lovchi shaxs sifatida barcha tomonlarning nuqtai nazarini hisobga olishi, harakatlarni bir markazga birlashtirishi, o’zaro aloqalarning to’g’ri bo’lishiga ta’sir o’tkazishi va ayni vaqtda o’zining pozisiyasini aniq ta’minlay olishi kerak. Bu esa donolikdir.
Shunday qilib, pedagogik odobga ega bo’lgan sinf rahbari o’quvchilar orasida obro’ qozonadi. Ustoz qanchalik obro’ qozonsa, ta’lim va tarbiya mohiyatan shunchalik muvaffaqiyatli bo’ladi va aksincha, tarbiyachining sha’ni qanchalik past bo’lsa, uning ta’siri shuncha bo’sh va o’quvchilarni voyaga yetkazish jarayoni ham shuncha zaif bo’ladi.
Yuqori aytib o’tilgan fazilatlar sinf rahbarining tarbiyaviy ishlari samarasini oshirishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashga garov bo’ladi.
Tayanch iboralar.
Sinf rahbari, faol, ijodkor shaxs, kundalik hayoti, qiziqish uyg’otish, o’zi bilan yetaklash yuksak iroda, o’quvchilar jamoasi, sabr-toqat, dadillik, sarosimaga tushgani.
Nazorat uchun savollar.
Shaxsni tarbiyalashning qanday shakllarini bilasiz?
Shaxsning shakllanishida sinf rahbarining roli qanday ?
Hozirgi kunda sinf rahbarlarining oldiga qo’yilayotgan vazifalar nimalardan iborat?
Sinf rahbarlarining ota-onalari bilan qilgan hamkorliklari natijasida nimalarga erishish mumkin?
Jamoada tarbiya individual shaklda olib borishning qanday afzalliklari bor?
Ijobiy xarakterga ega bo’lgan chora tadbirlarning amaliy ahamiyati qanday?
Sinf bilan ishlash va unga rahbarlik qilishda nimalarga ahamiyat qilish kerak?
Sinf rahbari ma’naviyatining boyligi o’quvchilar tarbiyasiga ta’sir ko’rsatadimi?
Adabiyotlar
1. Kotov V. Vospitatelnaya rabota v shkole: opыt i problemы. – SPb: Sev.siyaniye 2003.
2. G’aybullayev N. va boshqalar. Pedagogika. T., 2000.
3. Ziyomuxammedov B., Abdullayeva Sh. «Pedagogika». T., 2000.
4.«Pedagogika» V.A.Slastenin, I.F.Isayev, A.I.Mihyenko, Ye.N.Shiyanov. Moskva. «Shkolnaya pressa». 2004
5.Mahkamov M. «Bo’lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish nomzodlik dissertasiyasi. T., 2005.
6 . www.ppf.uni.udm.ru
7. www.search.re.uz - O’zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi.
8.www.ictcouncil.gov.uz-Kompyuterlashtirishni rivojlantirish bo’yicha Vazirlar Maxkamasi muvofiqlashtiruvchi Kengashining sayti.
9. . www.talant.spb.ruG’wald.html
10. www.school. edu. ru.
Dostları ilə paylaş: |