379
XXVIII BOB.
MA’NAVIY-AXLOQIY
TARBIYA
Islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri — xalqning
ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda
davlat va jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri sifatida e’tirof
etildi. Shu ma’noda o‘sib kelayotgan yosh avlodda yuksak ma’-
naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish zaruriyati yuzaga keldi.
Axloq kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga
kelib,
tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalar-
dan iborat bo‘lib, ular kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosa-
batlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartib-qoidalar kishilardan
jamiyat uchun zarur bo‘lgan axloqqa ega bo‘lishlikni talab qiladi.
Shunga muvofiq,
biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga
axloqli yoki axloqsiz deb baholashga imkon beradi.
O‘zbek milliy pedagogi Abdulla Avloniy axloqqa quyidagicha
ta’rif beradi: „Axloq insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi,
yomon-
likdan qaytaruvchi bir ilmdur. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini,
yomon xulqlarning yomonligini dalil va isbotlar ila bayon
qiladurgan kitobni axloq deyilur“.
1
Axloq — inson hayotida o‘z-o‘zini idora qilish me’yorlarini,
boshqalar bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini, halol
ishlab, to‘g‘ri hayot kechirish mezonlarini o‘rgatadi.
Ibn Sino
ham „Axloq har bir kishi uchun o‘z-o‘zini idora qilish ilmi-
dur“, deb uning mazmunini ifodalab bergan edi. Axloq me’yori
va qoidalari tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, tako-
millashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan,
tabiiy
ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan
kelib chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning
xatti-harakati, yurish-turishi va boshqalarga bo‘lgan munosabat-
larida namoyon bo‘lgan. Ana shu
tartib-qoidalarsiz biron-bir
jamiyat bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham.
Ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o‘z-o‘zidan vu-
judga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy man-
bayi, ularni keltirib chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan
kuchlar mavjuddir. Zero,
har qanday axloqiy qoidalar
muayyan tarixiy zaruriyat natijasida vujudga keladi va muayyan
1
Dostları ilə paylaş: