374
„nazokat“ fazilatiga alohida urg‘u berib, shunday degan: „Nazokat“
deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza
tutmoqni aytilur.
Poklik zehn va idrokni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor
va shuhratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasallardan qutulib,
jonimizning qadrini bilgan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatligimiz,
saodatimiz uchun eng kerakli narsadir. Yirtiq, eski kiyimlar
kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib
yurmoq zo‘r ayb va gunohdir. Chunki bu ish shariatga ters, tarbiyati
badanga zid, ham bir yilga yetadigan kiyimlar olti oyga yetmay
yirtilib tamom bo‘ladur. Bu isrof, mol qadrini bilmaslikdir. Ifloslik
balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak. Baliqning hayoti suv
ila bo‘lganidek, insonning salomatligi havo iladur. Agar tan pok
bo‘lib, yuvilib turmasa, quloq kir bo‘lsa, eshitmagani kabi badan
ham o‘ziga kerak bo‘lgan havoni ichiga ololmas, ichidagi rutubat
ham kirdan o‘tub chiqib ketolmas, chunki badan elak kabi ko‘z-
likdir. Agar ko‘zi kir bo‘lsa, un turib suv ham o‘tmas, shuning
uchun tamizi bo‘lmagan kishilar qo‘rqinchli kasallarga tezgina
giriftor bo‘lurlar. Shodliklari g‘amda, oltindan qadrli umrlari
kasalxonalarda o‘tar. Mana shularga rioya qilib, shariatimiz bizga
poklikni farz qilmushdir.
Xalqi olam suygusidir tozalik, pokni,
Poklik orttirgusidir fahm ila idrokni.
Har kishini ko‘ksida poklik nishoni bo‘lmasa,
Òozalik maydonidan quvg‘aylar ul bepokni“.
Qissadan hissa: poklik, ozodalik, saranjom-sarishtalik — yuksak
didlilik iymon salomatligidan darak beruvchi sifatlardir.
Dostları ilə paylaş: