Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash


Maktabda huquqiy tarbiyani amalga



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
JFGYJFYJ

Maktabda huquqiy tarbiyani amalga
oshirish imkoniyatlari
Maktabdagi huquqiy tarbiya o‘z ichiga o‘quvchilarni huqu-
qiy bilimlar bilan qurollantirish, mazkur bilimlar asosida o‘z
xulq-atvoriga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish,
qonun va qoidalarga rioya qilish muhimligini uqtirish, muayyan
huquq va erkinliklardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini singdiradi
va qamrab oladi. Umumuslubiy rejadan kelib chiqib, tarbiyaga
kompleks yondashuv prinsiði nuqtayi nazardan qaralganda,
uni g‘oyaviy, siyosiy, axloqiy, estetik tarbiya ta’sirining yig‘in-
disi sifatida tushunish mumkin.
Huquqiy tarbiyaning quyidagi uslublarini ajratish lozim:
1. Huquqiy ongni shakllantirish e’tiqod, isbot; huquqiy
mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar, hikoyalar; huquqiy mavzu-
larga oid bosma materiallarni va san’at asarlarini muhokama qilish.
2. Huquqiy axloq asosini, malakasini, odatlarini va hu-
quqni himoya qilish faoliyati tajribasini shakllantirish usuli:
umumiy talab o‘rnatish, ijodiy o‘yindan foydalanish.
3. Huquqiy tarbiyani kuchaytirish uchun rag‘batlantirish
yoki jazo usullarini qo‘llash.
Maktab o‘quvchilarini huquqiy tarbiyalash tizimi ikki
shakldan iborat bo‘lib: og‘zaki va amaliy ishlar ko‘rinishida tash-
kil etiladi.
Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda huquq darslari, fakul-
tativ darslar, bahs-munozaralar, huquqiy mavzulardagi suh-
batlar, konferensiyalar, seminarlar yaxshi natija beradi.
Darhaqiqat, yaxshi dars yirik bir asardir. Huquqshunoslik
darslarida o‘quvchilar qonun va qay holatlarda qonun buzilishlar
sodir etilishini chuqur idrok etib boradilar. Shuningdek, ushbu
darslarda davlat ramzlari, ularga nisbatan faxr-iftixor, ona-
Vatanga cheksiz mehr tuyg‘ulari singdirilib borilishi lozim.
Huquqiy tarbiyaning og‘zaki yana bir shakli yoki ko‘rinishi —
bu qonunchilikning asoslari bo‘yicha fakultativ darslardir. Bun-
26 — Pedagogika


402
day darslarga amaliy-tashkiliy tadbirlar, jumladan, qonunni
muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, qonunshunoslar bilan
uchrashuvlar, huquqiy mavzuda uyushtirilgan muloqotlarni
o‘tkazish kiradi. Tashkiliy hujjatlarni tuzish singari faoliyatlarni
esa bunga kiritish mumkin emas.
Tarbiyaning mustaqil shakli — huquqiy mavzuda bahs
yuritish. Bunda o‘quvchilarning faolligi, huquqiy mavzular bo‘-
yicha bilimi, qonuniy va noqonuniy xatti-harakatlar to‘g‘risidagi
e’tirozlari, u yoki bu qonunbuzarlarga nisbatan qarashlari aniq-
lanadi.
Huquqiy tarbiyaning yana bir shakli — bu huquqiy mavzu-
larda suhbatlar, huquqiy yo‘naltirish, konferensiyalar, semi-
narlar va hokazolar tashkil etish.
Huquqiy tarbiyada tarbiyalanuvchining shaxsi hisobga oli-
nishi muhim ahamiyatga ega. Bunga uning yoshi, u o‘sgan
muhit, bilim doirasi (darajasi), fe’l-atvori, jinsi, rivojlanishi,
kuch-quvvati, tuzilishi va hokazolar kiradi.
Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar uchun, masalan, huqu-
qiy bilimlar elementar axloqiy bilimlar bilan uyg‘unlashgan
holda yo‘naltiriladi. Masalan, kichkintoylarga har bir narsaning
nimasi yaxshi-yu, nimasi yomonligini misollar orqali tushun-
tirish lozim.
Aniq vazifalar davlat va huquq masalalari bo‘yicha bilimlar
tizimini tushunarli ko‘rinishda shakllantirish, davlat organlari va
tashkilotlarga, huquqqa, qonunchilik prinsiðlariga, huquqiy,
majburiy va umumiy ko‘rinishdagi xulq-atvorni shakllantirish;
fuqarolarga har qanday qonunbuzarlikka murosasizlik ruhini
singdirish; nafaqat o‘zi, balki davlat, jamiyat, boshqa shaxslar
huquqi va manfaatini himoya qila olish kayfiyatini shakllantirish.
O‘quv jarayonida o‘quvchilarni huquqiy tarbiyalash uslu-
biyati xususiyatlari quyidagilardan kelib chiqadi:
— birinchidan, o‘quvchilarning axloqiy tasavvurlarini to‘g‘-
ri shakllantirish;
— ikkinchidan, maktabda huquqiy tarbiya jarayonida har bir
holatning mohiyatini aniq, ravshan va tushunarli ravishda sing-
dirish muhimligini ta’kidlab o‘tish lozim. O‘qituvchi o‘quvchi-
lar ruhiyatida mavzuga katta qiziqish uyg‘ota olishi zarur;


403
— uchinchidan, jamiyatda huquqiy talablarning mavjudligi
va mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi umumiy tasavvurdan kelib
chiqqan holda, yuqori sinflarda o‘quvchilar ongida bilimlar tizi-
mini, hukumat va qonun chiqaruvchi organlar, huquq institut-
lari, huquqiy me’yorlarning rivojlanish asoslari, qonuniyatlari,
shuningdek, huquq va majburiyatga oid qarorlar hamda ularning
bajarilishi xususida ma’lumotlar berib borilishi maqsadga muvo-
fiqdir;
— to‘rtinchidan, huquqiy tarbiya jarayonida ba’zi bir qo-
nunlar matnlarini o‘qib berish, o‘quvchilarga me’yoriy qonun-
larning muhim moddalarini yozib olishga imkoniyat va vaqt
berish joiz;
— beshinchidan, dars o‘tish jarayonida o‘quvchilarga davlat
va huquq to‘g‘risida umumiy tushuncha berish, shuningdek,
huquqiy yo‘nalishlar (yo‘l-yo‘riqlar)ga alohida to‘xtalib o‘tish
lozim;
— oltinchidan, o‘qituvchining ish quroli sifatida unda davriy
bosma materiallar, Oliy Majlis sessiyasi hujjatlari, farmon va
qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda huquqiy-
me’yoriy hujjatlar bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi o‘qitish jarayonida huquqiy tarbiya masalalarini
hal qilishda o‘quvchining yoshiga qarab (maktab, litsey, kollej,
oliygoh va hokazo) huquqiy tarbiyaning shakl va uslublarini
chuqurlashtirib borgani durust. O‘qituvchining bor sa’y-hara-
kati o‘quvchi qalbida o‘z xatti-harakatiga nisbatan chuqur
mas’uliyat hissini uyg‘otishdan iboratdir. Huquqiy fanlarni
o‘rganish jarayoni uchta asosiy elementdan tashkil topadi:
a) o‘qituvchi faoliyati;
b) o‘quvchilar sa’y-harakati;
d) ta’lim mazmun-mohiyati.
Xususan, buni shunday izohlash mumkin. Ushbu faoliyat
huquqiy tarbiyaning maqsadlariga yo‘naltirilishi (bo‘ysundi-
rilishi) va ularning bilim olish jarayonida o‘quvchilar yutuqlari
natijalarida namoyon bo‘lishidir. Shu tarzda huquqiy bilimlar
tizimi (tizimlar) qay tarzda singdirilgani aniqlanadi hamda ting-
lovchilarda huquqiy qarashlar va axloqiy e’tiqod mavzusi
shakllantiriladi.


404
Binobarin, o‘qitish jarayonida barcha pedogogik uslublardan
foydalaniladi:
— tashviqiy tushuntirishlar;
— axborot andazalari;
— samarali manbaning muammoli bayonnomasi tadqiqoti.
Huquqiy tarbiyaning sinfdan va maktabdan tashqari faoliyati
quyidagilardan iborat: ommaviy, guruhiy va yakka tartibdagi
faoliyat. Bunga kino va teleko‘rsatuvlarni birgalikda ko‘rish hamda
shu asnoda bahsli muloqotlar o‘tkazish; ekskursiyalar, kutub-
xonalar, konferensiyalar, huquqiy-axloqiy mavzudagi suhbat-
lar, ommaviy axborot vositalarini o‘qish, o‘yinlar, insinerov-
kalarni amalga oshirishda maxsus ish rejasi tuzib olish mumkin.
Rejada quyidagilarni aks ettirish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, huquqiy tarbiya vazifalariga javob beruvchi
sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shakli.
Ikkinchidan, tinglovchilarning qiziqishlarini inobatga olish.
Uchinchidan, o‘zlashtirish va har bir tadbir saviyasini yuk-
saltirish va bunday ibratli tadbirlarning davom ettirilishiga e’ti-
borni qaratish.
To‘rtinchidan, rejaning asosiyligini ta’minlash, bolalar
yosh xususiyatlarini nazarda tutib, har bir ishni shunga mos-
lashtirish.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin