Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix26.05.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#59583
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
JFGYJFYJ

ÒABIAÒGA MUNOSABAÒ ODOBI
Inson onadan tug‘ilib, dunyoga kelgan chog‘idanoq, tabiat
ehsonidan bahramand bo‘ladi. Ilk bor havodan to‘yib nafas oladi.
Odamzod o‘sib-unishi uchun oziq-ovqat, suv, quyosh harorati
juda zarur bo‘lib, u bularning hammasini tabiatdan oladi. Insonni
ona tug‘ib tarbiyalasa, tabiat — voyaga yetkazadi. Shuning uchun
uni „Ona-tabiat“ deb atashadi. Odamzodning sog‘lom bo‘lishi
uni o‘rab olgan atrof-muhitga, tabiatga bog‘liq. Òabiat musaffo
bo‘lsa, odam ham sog‘lom, baquvvat bo‘ladi.


410
Odam har nafas olganda uning o‘pkasiga yarim litrgacha havo
kiradi. Odam bir minutda 16 — 18 marta nafas oladi yoki tanaga 8
— 9 litr havo kiradi. Bu miqdor bir kecha-kunduzda 11 ming
litrdan ortadi. Demak, havo inson tanasi uchun eng muhim va
zarur tabiat in’omidir. Havoga muntazam ravishda aralashib
turadigan iflos chang o‘pkada gaz almashuviga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Bu insonning sog‘ligini bora-bora izdan chiqarib, turli-
tuman xastaliklarni vujudga keltiradi.
Yer yuzidagi barcha odamlar, barcha jonivorlar nafas olish
bilan kislorodni yutib, karbonat angidrid (is gazi) chiqaradi.
Bundan tashqari, turli jarayonlarda, masalan, ko‘mir yonganda,
avtotransport ishlaganda uning dvigatelidagi yonish jarayoni orqali
havoga karbonat angidrid va boshqa zaharli gazlar chiqib turadi.
Havoning bunday ifloslanishi, uning tarkibida karbonat angidrid-
ning ko‘payishi inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Òabiat shanday odil mo‘jizaki, atrof-muhitni muvozanatga
keltiradi. Chunonchi, chiqarilgan karbonat angidridni o‘simliklar
yutib, uni kislorodga aylantiradi. Demak, o‘simliklar dunyosi,
ramziy ma’noda aytganda, havoni chang va karbonat angidriddan
tozalab beruvchi bebaho vositadir. Bundan inson o‘z atrofini o‘rab
turgan tabiatni, uning o‘simliklar dunyosini ko‘z qorachig‘iday
asrabgina qolmay, uni boyitishi, qo‘lidan kelganicha ko‘proq
daraxt ekishi, ko‘kalamzorlashtirishga intilishi zarur degan xulosa
kelib chiqadi. Shuning uchun ota-bobolarimiz daraxt ekish, bog‘-
rog‘ yaratishni savobli ish deb bilishgan. Bir tup mevali daraxt
ekkan kishining ikki dunyosi obod bo‘ladi, deb bejiz aytishmagan.
Muhammad alayhissalom hadislarida bu ishning savobi
xususida quyidagilar aytilgan: „Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat
turgan paytda, bexosdan qiyomat qoyim bo‘lib qolishi aniq
bo‘lganda ham, ulgursangiz, uni ekib qo‘ying“.
Inson ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan suv, oziq-ovqat mahsu-
lotlari, kiyim-kechak ham tabiatdan olinadi, hattoki insonning
xastalikdan qutulishi, salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan
dori-darmonlar ham ona tabiatda yetishgan mevalar, turli giyohlar
va ziravorlardan tayyorlanadi. Inson tanasida birorta ortiqcha a’zo
bo‘lmaganiday, tabiatda ham ortiqcha yaratilgan birorta narsa yo‘q.
Ularning hammasi hayot uchun zarur.
Keyingi yillarda esa ularga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda
bo‘lindi. Òabiiy daryolarni bo‘g‘ib, yo‘lini to‘sib, sun’iy dengizlar


411
yaratish, cho‘llarni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanildi. Bu „yutuq-
lar“ tufayli tabiat qonunlari hamda uning murakkab va nozik
muvozanati buzildi. Biroq odamlar buning turli-tuman ofatlar
keltirib chiqarishi mumkinligini hisobga olmadi. Natijada o‘t-o‘lanli
yaylovlar, yam-yashil maysazorlar payhon qilinib, yangi yerlar
o‘zlashtirildi. Ekinlarga qiron keltiradigan hasharotlarni yeb
bitiradigan qushlarning bir qismi yo‘qolib ketdi. Bu osmondan
va yerdan sepiladigan og‘ular kasofatidir.
Yer yuzi ekologiyasi ham keskin buzilmoqda. „Òabiatni
yengamiz“, „Òabiatdan in’om-ehson kutib o‘tirmay, uni jilovlay-
miz“, degan noo‘rin shiorlar, daraxtlarning kesib yuborilishi, qush
va hayvonlarning shavqatsizlik bilan ovlab, yo‘q qilinishi tabiat
muvozanati qonunlarining buzilishiga sabab bo‘ldi va bo‘lmoqda.
Dengiz va daryolarga, okeanlarga neft qoldiqlari oqizilib, yer
yuzidagi suv ekologiyasi tubdan izdan chiqarilmoqda. Inson uchun
quyosh nuri, toza havo, toza suv naqadar zarur bo‘lsa, ona
zamin ham shunday zarur, uni asrab-avaylash insonning o‘z
qo‘lidadir.
Abu Ali ibn Sino: „Dunyoda chang va tutun bo‘lmaganida,
odamzod ming yil umr ko‘rishi mumkin edi“, — degan edi.
Atrof-muhitning tozaligini ta’minlash o‘zimizga bog‘liq.
Òog‘lardan keladigan suv tiniq, sof bo‘ladi, lekin ba’zi kimsalar-
ning o‘ylamay-netmay oqavalarni, axlatlarni tashlashlari natijasida
suvlarimiz ifloslanadi. Òa’til kunlari bolalar shu iflos suvlarda
cho‘miladilar va turli kasalliklarga chalinadilar.
Biz katta-yu yosh toza havodan bahramand bo‘lishlari uchun
shahrimizga ko‘chat ekib ko‘kalamzorlashtirsak, uning ozodaligini
saqlasak, o‘zimizning sog‘ligimizni saqlagan bo‘lamiz.
Bahor faslida ko‘chat ekish oyligi o‘tkaziladi. „Bog‘ni boqsang
bog‘ bo‘ladi“ degan xalq maqoli bejiz aytilmagan. Shunday ekan,
nihollarni yaxshi niyat bilan ekish, parvarishlash, gullar ekib,
o‘stirish har bir o‘quvchi va kattalarning insoniy burchidir.
O‘zbek xalqi qadriyatlari orasida tabiatni saqlash, qadriga yetish,
chiroyiga chiroy, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shish odatlari bor.
Inson tabiatdagi har bir giyoh, o‘t-alaf, dov-daraxt, parranda-
darrandalarni hamda nimayiki kerakli bor narsani zarur deb biladi.
Ota-bobolarimiz zilol suvni, buloqlarni, so‘lim daraxtzorlarni,
qoya-g‘orlarni, xosiyatli o‘t-o‘lanlarni, gul-giyohlarni asrashga,
niyati nopok kishilardan saqlashga, toptamaslikka, oyoqosti
qilmaslikka alohida e’tibor berib kelganlar.


412
Xalq nopok kishilar haqida shunday iboralar qo‘llagan:
„ Daraxt ko‘r qilgur“, „ Moling sutdan qolsin“, „ Parranda ursin“
(qarg‘ish). „ Daraxtga ko‘z olaytirma, yomon bo‘ladi“, „ Suvga
tupurma, gunoh bo‘ladi“ kabi naqllar ham bekorga aytilmagan.
Avvalo har bir inson yer yuzidagi o‘simliklarni ko‘paytirishga
hissa qo‘shishi, kamaytirishdan o‘zini tiyishi lozim. O‘simliklarni
ko‘paytirishning birdan-bir yo‘li — mevali va manzarali daraxtlarni
iloji boricha ko‘proq ekishdir. Ularni parvarish qilish, bog‘-rog‘lar
yaratish har bir inson uchun xayrli ish bo‘lishi bilan birga,
savobli ish hamdir. Bunga har kim o‘zi amal qilishi, o‘zgalarni
ham undashi, bu xayrli ishni o‘zidan kichik yoshdagilarga o‘rgatishi
darkor. Mevali daraxtlarning shox-shabbalarini sindirmaslik,
mevazorlar orasida mol boqmaslik kabi umumiy talablarga odatlanib
borish kerak. Òashlandiq va qarovsiz bo‘lgan yerlarga, ariq va
ko‘chalarning bo‘yiga, albatta, daraxt ko‘chatlari o‘tqazilishi lozim.
Xalqimiz bog‘ yaratgan odamlarni hech qachon esidan
chiqarmaydi. Go‘zal bog‘lar yaratish, yurtni gullarga burkash
qadimdan eng yaxshi odatlarimizdan biri bo‘lib kelgan.
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining qimmatli va nodir yozma
yodgorliklaridan biri Sharafiddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“
asarida Amir Òemurning davlat faoliyati va harbiy yurishlari bayon
qilinishi bilan bir qatorda, XIV asr oxiri va XV asr boshlarida
O‘rta Osiyodagi madaniy hayotga doir bir qancha noyob
ma’lumotlar ham keltirilgan. Unda xalqimiz qadimdan bog‘-rog‘lar
yaratishga alohida did bilan qaraganlari tilga olingan.
Ajdodlarimizning yuksak did va nafosat bilan yaratgan bog‘-
rog‘lari, ulkan qurilishlari hozirgi kunda ham Samarqand-u
Buxoroni, Ko‘hna Urganch, Xivani bezab, yer yuziga zeb berib
turibdi. Bu nodir obidalar bobokalonlarimiz el-yurt obodonchiligiga
alohida e’tibor qilganliklaridan dalolat beradi. O‘sha davrlarda ham
ota-bobolarimiz bog‘-rog‘lar yaratib, el dasturxonini noz-ne’mat-
lar bilan to‘ldirganlar. „Zafarnoma“ da Sohibqiron Amir Òemur
tomonidan barpo etilgan „Bog‘i shamol“, „Bog‘i dilkusho“,
Shahrisabz qo‘rg‘oni va Oqsaroy, Shayx Ahmad Yassaviy
maqbarasi, Òaxti qoracha qasrining qurilishlari, Samarqandda
bunyod etilgan Jome masjidlari haqida batafsil hikoya qilinadi.
Bunday misollarni keltirishimizdan maqsad o‘tmish ajdodlari-
mizdan bizgacha urf-odat bo‘lib yetib kelgan obodonchilik ishlari-


413
dan hozirgi yoshlarni xabardor etish, ularni ana shu ezgu ishlar
misolida tarbiyalashdir. Ular ham Amir Òemur, Jaloliddin Mangu-
berdi, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi el
farovonligi, yurt obodligi uchun kurashuvchi zabardast o‘g‘il-
qizlar, oliyhimmat inson, tabiatga mehr-muhabbatli kishilar bo‘lib
yetishsinlar.
Har yili birinchi sinfga kelgan o‘quvchilar erta bahorda maktab
bog‘iga ko‘chat o‘tqazishni bayram qilishadi. Bunda butun maktab
jamoasi qatnashadi. Birinchi sinf o‘quvchilari o‘tqazgan daraxt-
larning beliga shu o‘quvchining ismi-sharifi, daraxtning nomi
yozilgan taxtacha osib qo‘yiladi. Maktabni tamomlash oldidan
bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘zlari ekkan daraxtni tantanali kunda
birinchi sinf o‘quvchilariga topshiradilar.
Maktab rahbarlari, pedagoglar jamoalari ishni ahillik bilan
tashkil etib, yuqorida aytilganlarni amalga oshirsalar, ona-tabiatga
oqilona munosabatda bo‘lish, uni muhofaza qilish odobini bolalarga
o‘rgatsalar, tevarak-atrof yashil libos kiyib, havo soflanadi. Bu esa
inson salomatligiga, atrof-muhit sofligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin