377
zavqlanadi, hayajonlanadi, ta’sirlanadi. O‘zini
sirli voqealar ichida
yurgandek his etadi, butun vujudi quloqqa aylanadi, turli
kechinma, kayfiyat, his-tuyg‘u qalbini qamrab oladi. So‘z qudrati
uni sehrlab, butunlay o‘ziga jalb etadi, ergashtiradi.
Nafosat tarbiyasi vositalaridan eng muhimi san’atdir. San’at-
ning barcha tur va janrlari o‘ziga xos ta’sir kuchiga ega. Yosh o‘sa
borgani sayin bolada san’atning u yoki bu turiga qiziqish o‘zgarib
turadi.
San’atning eng ta’sirchan turlaridan biri xilma xil musiqadir.
Bola hali yozish, o‘qish, chizishni bilmagan
paytda ham musiqaning
sehrli to‘lqinini qabul qilishi, ulardan oziqlanishi mumkin. Musi-
qaning ilk ta’siri ona allasi bilan bog‘liq. Ona allasi mayin, jozibali,
shirador, ta’sirchan bo‘lgani uchun ham bola undan orom olib
uyquga ketadi. Musiqa bolaning eshitish qobiliyatini yaxshilaydi,
uning ruhiyatiga yumshoqlik, fe’l-atvoriga muloyimlik bag‘ishlaydi.
Haqiqiy musiqa asarlari ta’sirida ulg‘aygan bola o‘rtoqlari
orasida
ajralib turadi.
San’atning ikkinchi bir turi — tasviriy san’at ham nafosat
tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Rasm chizishga bo‘lgan qiziqish
aksariyat bolalarda yoshlikdanoq boshlanadi. Rasm chizishga
bo‘lgan havas bolalarda ijodkorlik qobiliyatini tarbiyalaydi,
xotirasini shakllantiradi, xayolning o‘sishiga yordam beradi.
Go‘zallik va xunuklikka bo‘lgan o‘z munosabatini bola o‘zi
chizgan rasmlari orqali ifodalashga harakat qiladi. Bola o‘zi yaxshi
ko‘radigan kishisini yoki biror narsani chiroyliroq va nafisroq
chizishga
harakat qilsa, yomon ko‘rganini masxaralash shaklida
chizishga intiladi. Biz bola hayotidagi bu jarayonni puxta bilib
olib, unga yordam berishimiz lozim.
Bolalarda go‘zallik tuyg‘usining shakllanishida badiiy
adabiyot va raqs san’atining ham roli benihoya katta. Umuman,
to‘rt san’at turi — musiqa, tasviriy san’at, she’riyat va raqs
bolalarni go‘zallik dunyosiga yetaklovchi, ularda kuzatuv-
chanlik, ta’sirchanlik
kabi ruhiy xususiyatlarni, ijodiy xayol va
ijodkorlikni tarbiyalovchi asosiy omillar hisoblanadi va bolada
estetik didni shakllantiradi.
Òabiat hodisalari ham nafosat tarbiyasining muhim
vositalaridan biridir.
O‘quvchilarni tabiatdan bahra ola bilish, uning go‘zalligini
sevishga o‘rgatish lozim. Buning uchun tabiat bag‘riga tez-tez
sayr uyushtirish, tabiat manzaralari: quyosh, havo, bog‘, dala,
suv, daryo, tog‘, qushlar,
jonivorlar, hayvonlarni kuzata bilish,
378
ularning ko‘rinishi, shakli, rangi, ovozini tinglash, eshitish,
mehnat obyektlarini borib ko‘rish, inson va uning turli kasblarga
oid faoliyatini o‘rganish — nafosat tarbiyasining asoslari
hisoblanadi.
O‘quvchilarni havaskorlik to‘garaklariga jalb etish, interme-
diyalar
ijro etish, sahnada rol bajarish, turli milliy o‘yinlar o‘y-
nash — bular qalblarni go‘zallikka oshno etuvchi vositalar bo‘lib
xizmat qiladi.
Nafosat tarbiyasi jismoniy rivojlanish bilan ajralmasdir. „Sog‘
tanda — sog‘ aql“ degan hikmat bejiz aytilmagan. Biz tashqi va ichki
go‘zallikni bir-biriga qarama-qarshi qo‘ymasdan, ularning
uyg‘unlikda taraqqiy etishiga erishishimiz lozim. Badantarbiya va sport
bilan shug‘ullanish, bir tomondan, kishining salomatligini mus-
tahkamlasa,
ikkinchi tomondan, tashqi qiyofasini ko‘rkam qiladi.
Hamma vaqt nafosat tarbiyasining asosida erkin fikrlash, eshitish,
ko‘rish, harakat qilish qobiliyatini tarbiyalash masalasi turadi.
Bola voqelikdagi, san’atdagi, insondagi go‘zallikni ko‘ra
olishga, his qila bilishga, musiqa asarlarini eshita olishga, go‘zallik
va xunuklik haqida erkin fikrlay olishga, o‘z fikrini aniq so‘zlashga
qobil bo‘lsa, demak, unda go‘zal tuyg‘u,
estetik idrok kamol topgan
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: