375
Go‘zallikni xunuklikdan ajrata olish, go‘zallikni sevish, unga
intilish qobiliyati soddalikdan murakkablikka qarab o‘sib boradi.
Bola to‘rt-besh yoshidayoq kiyinishdagi go‘zallikka, ixchamlikka,
nafislikka, chiroylilikka e’tibor bera boshlaydi, to‘qqiz-o‘n yoshlarda
esa yurish-turishdagi, xatti-harakatdagi go‘zallikning ham fahmiga
yetadigan bo‘ladi, o‘n to‘rt-o‘n besh yoshlarda mehnatdagi, ijti-
moiy hayotdagi go‘zallikni ham anglash qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Lekin bu gap besh yoshli bolalarga ijtimoiy hayotdagi go‘zallik
haqida tushunchalar berishning hojati yo‘q degan fikrni bildirmaydi.
Yosh bolalarga ham mehnat haqida, hayot haqida gapirib berish
mumkin, ammo
bu suhbatlar nihoyatda sodda, ixcham va bola
hurmat qiladigan biror kimsaning ishlari misolida olib borilsa,
ayni muddao bo‘ladi.
Nozik didni, go‘zallik tuyg‘usini shakllantirishda go‘zal
muhitning roli katta. Biz chiroyli muhit deganda bolaga chiroyli
ko‘ringan, uning qalbida zavq-shavq uyg‘otadigan narsalar,
buyumlar, voqealar, hodisalarni tushunamiz. Bunda oila, maktab
va jamoatchilik asosiy rol o‘ynaydi.
Oilada bolani tozalikka, tartiblilikka, go‘zallikni
sevishga
o‘rgatish kerak. Buning uchun, avvalo, uydagi barcha buyumlar
did bilan tanlab, joylashtirilgan, toza, saranjom-sarishta bo‘lgani
ma’qul.Chunki bolaga ikki xil narsa ko‘proq ta’sir qiladi. Birinchisi
bolaning ko‘ziga tez-tez tashlanadigan buyumlar, odamlar
o‘rtasidagi munosabat bo‘lsa, ikkinchisi bolaning o‘ziga bevosita
tegishli bo‘lgan narsalar — kiyim-kechak,
idish-tovoqlar, kitoblar,
o‘yinchoqlar, yozuv stoli va boshqalardir. Bola o‘z buyumlarini
asrab, avaylab, toza-ozoda, saranjom-sarishta qilib yurishga
o‘rgansa, u yoshi ulg‘aygan sayin go‘zallikning murakkab
ko‘rinishlarini tabiatdagi uyg‘unlikni, san’atdagi go‘zallikni payqab
olish uchun tayyorlana boradi.
Dasturga ko‘ra o‘quvchilarga dastlab xulq-atvor va turmushdagi
go‘zallik, ya’ni buyumlar, kiyimlar, o‘quv
qurollarini toza,
ozoda, chiroyli asrash, ularni saranjom-sarishta saqlay bilish,
ulardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish o‘rgatiladi. O‘quvchilarda
xushmuomala bo‘lish, qo‘pollikdan nafratlanish, ifloslik, tartibsiz-
likka murosasiz bo‘lish kabi xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Nafosat tarbiyasi ta’sirida bolalar qalbi shunchalik noziklashadiki,
ular har bir so‘zni darhol quloqqa oladigan bo‘ladi, qalb fazilati
ortadi, nafosat his-tuyg‘usi kuchayadi; his etish,
tushunish,
qadrlash, zavqlanish, nafratlana bilish, biror hodisaga munosabat
bildirish — bular nafosat tarbiyasining alifbosi hisoblanadi.
376
Nafosat tarbiyasining asosi oiladan boshlanadi, go‘daklik
davrida vaqtida ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya etish, uyda
ozodalik, saranjom-sarishtalik, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro
hurmat, qadr-qimmat bola qalbida o‘chmas iz qoldiradi. Bola
oldida behayo so‘zlarni aytish, bachkana qiliqlar, xatti-hara-
katlar, kimlarnidir yomonlab, masxara
qilish bola tarbiyasiga
yomon ta’sir etadi. Nafosat tarbiyasi orqali ovqat pishirish,
dasturxon atrofida o‘tirib ovqatlanish jarayonidagi azaliy shar-
qona odat, odob qoidalariga amal qilish o‘rgatiladi. Oila go‘zallik
tarbiyasining birinchi o‘chog‘i bo‘lsa, undan keyin maktab,
o‘qituvchi-tarbiyachi o‘giti, jamoatchilik, kattalar ta’siri ta’lim-
tarbiyada muhim o‘rin tutadi. Mana shu jarayonda bolaning har
bir xatti-harakati kuzatib borilishi, xatolari sabr-chidam,
o‘rni, yotig‘i bilan tuzatib turilishi lozim.
Mehmonga borish, mehmon kutish, ko‘chada yurish kabi
ota-bobolarimiz tajribasi o‘rgatilmog‘i zarur.
„Assalomu alaykum“
dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar
oldida bosh egib turish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik
bildirish, ketishga ruxsat so‘rash — bular birinchi o‘rindagi
talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish
darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab
turib u yoq-bu yoqqa alanglash yoki teskari qarab to‘ng‘illash
odobsizlik ekanligini yaxshi anglab yetish, og‘izdagi luqmani
yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay,
dona-dona qilib,
maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish
kerakligi o‘rgatiladi. Bular — odob go‘zalligidir.
Nafosat tarbiyasi orqali o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu
o‘z-o‘ziga asta-sekin talabchanlikni keltirib chiqaradi. O‘z-o‘zini
tergash, o‘zini mustaqil, ongli, oqilona boshqarish o‘z xulq-atvori,
xatti-harakatiga baho bera bilish ko‘nikmalarini egallash demakdir.
Dostları ilə paylaş: