Informatika iqtisodiyot tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va axborotni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan Shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan iborat bo’ladi.

Fundamental fan sifatida informatika, kompyuter axborot tizimlari negizida istalgan ob’yektlar bilan boshqaruv jarayonlarini axborot jihatidan ta’minlashni barpo etish metodologiyasini ishlab chiqish bilan, amaliy fan sohasi sifatida esa quyidagilar bilan Shug’ullanadi:
a) axborot jarayonlaridagi qonuniyatlarni o’rganish (axborotlarni yig’ish, qayta ishlash, tarqatish);
b) inson faoliyatining turli sohalarida kommunikatsion – axborot modellarini yaratish;
v) aniq bir sohalarda axborot tizimi va texnologiyalarini ishlab chiqish va ularning hayotiy bosqichini, ularni ishlab chiqish, ishlashni va hokazolarni loyihalash, ishlab chiqish bosqichlari uchun tavsiyalar tayyorlash.
Kompyuter texnikasi va informatsion texnologiyaning keng rivojlanishi jamiyatning rivojlanishiga turtki bo’lib, u turli informatsiyalarni qo’llash asosida axborotlashgan jamiyat nomini oldi.
Axborot texnologiyalari (AT) – bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash yo’lidir. AT informatikaning predmeti hisoblanadi, hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va iqtisodiyotda korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik revojlanishi natijasida milliy iqtisodiyotning Yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.

AT - axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va Shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o’rgatuvchi fan hisoblanadi.