Disk uloqtirish texnikasi Disk aylanma harakatlar bilan uloqtiriladi. Uning qancha uzoqqa tushganini aniqlash uchun uloqtirilgan doiradan disk tushgan erda qoldirgan izgacha o‘lchanadi. Uloqtiruvchi diskni engqulay burchak hosil qilib katta tezlikda uchirishga harakat qiladi. Disk tekisligi,qo‘ldan qay holatda chiqishi havo qarshiligini kamaytirishda va snaryadning yaxshiroq uchishida katta ahamiyatga ega. Disk uloqtirishda paydobo‘lgan texnika disk shakli (yasmiqsimonyassi), vazni (yoshiga va jinsiga qarab 1-1,5-2 kg) va doira bilan chegaralangan uloqtirish joyini (diametri 2,5 m) belgilovchi musobaqa qoidasiga bog‘liqdir.
Diskniturganjoydan uloqtirsa ham bo‘ladi, lekin faqat aylana turib uloqtirganda uning ancha uzoqqa uchishiga erishish mumkin. Burilib uloqtirganda turgan joydan uloqtirishga nisbatan diskning uchish tezligi sekundiga 20 metr va undan ham ko‘proq bo‘lib, disk 5-8 m uzoqroqqa tushishi mumkin.
Hozirgi zamon uloqtiruvchilari aylanishni uloqtirish tomoniga teskari turib boshlaydilar va diskni qo‘ldan chiqarib yuborguncha 540o (1,5 doira) aylanadilar. Uloqtiruvchining doira yasashi uloqtirish tomoniga qarab intiluvchi umumiy harakat bilan bir vaqtda yuz beradi.
Uloqtiruvchi aylanish vaqtida dastlabki holatdan boshlab aylanayotganda quyidagi fazalardan o‘tadi: dastlabkiqo‘sh tayanchli faza, chap oyoqda yakka tayanchlifaza, tayanchsiz(chap oyoq bilan depsingandan keyin) faza, o‘ng oyoqda yakka tayanchli (ergaoyoqqo‘yish vaqtidan boshlab) faza va yakunlovchi qo‘sh tayanchli faza.
Diskning eng qulay burchak hosil qilib uchishi ko‘p jihatdanshamolning tezligi va yo‘nalishiga bog‘liq. Masalan, havo sokin paytlarda diskning uchishi uchun eng qulay burchak taxminan 33-36o gateng. SHamolga qarshi uloqtiril-ganda esa shamol tezligi oshgan sari qulay burchak kamayib boradi. SHamol yo‘nalishiga qarab uloqtirilganda uchish ko‘proq bo‘ladi. Diskni sekundiga 4-5 metr tezlikdagi shamolga qarshi uloqtirishda uni qo‘ldan to‘g‘ri chiqarilsa, shamolning har qanday yo‘nalishiga yoki sokin sharoitga qaraganda uloqtiruvchi yaxshiroq natijaga erishishi mumkin.
Diskni ushlash. Disk pastga tushirilgan qo‘lning bosh barmog‘idan tashqari bukilgan barmoqlaridagi tirnoq bo‘g‘imiga tayanishi kerak. Bosh barmoq faqat disk yuzasiga tegib turadi. Bunda panja kaft-bilak bo‘g‘imida sal bukilgan bo‘lib, disk gardishining yuqori qismi bilakka tegib turadi. Barmoqlar bir-biriga yaqin bo‘lmasligi, tarang yozilgan ham bo‘lmasligi kerak, chunki har ikkala holda ham diskni boshqarish qiyinlashadi (88-rasm).