Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi shifobaxsh va dorivor o`simliklar tahlili



Yüklə 35,61 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü35,61 Kb.
#191018
1   2   3   4   5   6
Yalpizdoshlar2234.

Mushuk zufo (Nepeta cataria L.). Ko‘p yillik, poyalari yo‘g‘on, sershox, balandligi 60-80 sm. Barglari uchburchakli, teskari tuxumsimon, asosi yuraksimon, yirik tishchali, yuzasi tuksiz, ostki tomoni siyrak tukli. Gullari siyrak, ko‘p sonli, yarim soyabonsimon, to‘pgul hosil qiladi. Gul tutqichlari 5-10 mm uzunlikda, gul yon barglari juda mayda, nashtarsimon ignaga o‘xshash tuklangan. Kosachasi 5-6 mm uzunlikda, kulrang momiqli. Tojibarglari och havorang yoki ko‘k ayrim hollarda oq, 7-8 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi ellipisimon, qo‘ng‘ir rangda, tekkis 1,5 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgustda urug‘laydi.Tog‘larning o‘rta mintaqasigacha begona o‘t sifatida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Surhondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.O‘simlikning yer ustki qismi bosh og‘rig‘ida, oshqozon yallig‘lanishida, yo‘talda qo‘llaniladi.
.Mushuk zufo (Nepeta catarria L)
Mayda gulli tog‘ rayhoni (Origanum tytthanthum Jontseh.) Ko‘p yillik, poyasi tik o‘suvchi, ko‘p sonli, yuqori qismidan shoxlanuvchi balandligi 30-60 sm. Bargi tuxumsimon yoki uzunchoqroq, to‘mtoq asosi ponasimon chetlari tekkis, yuzasi tuksiz. Gullari o‘troq boshoqsimon yarim soyabonsimon qalqonsimon to‘pgullarga to‘plangan. Kosachasi 3 mm uzunlikda kalta tuklangan. Tojbargi och ko‘kish-pushti 5 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi to‘q-qo‘ng‘ir 0,75 mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab iyul-sentyabr oyida urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va pastki mintaqalaridagi toshli-shag‘alli joylarida o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Yer ustki qismi tarkibida efir moyi, triterpen kislotalar, kumarinlar, flavonoidlar va boshqa moddalar bor. Oddiy tog‘ rayhonning yer ustki qismining Suyuq ekstrakti nafas yo‘llari kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida, ichak yurishi zaiflashganda, ishtaha ochish, ovqat hazm qilishni yaxshilash, siydik va yel haydash uchun qo‘llaniladi. Suyuq ekstrakti nafas yo‘llari kasalligida va ko‘k yo‘talda ishlatiladigan pertussin tarkibiga kiradi. Timol og‘iz shilliq qavatini dezinfeksiya qilish va tish og‘rishini qoldirish hamda terining zamburug‘li kasalliklarini davolash, ba’zan, gijjalarni haydash uchun ishlatiladi.

Yüklə 35,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin