1.2.Biznes rejani iqtisodiy rivojlantirish Har qanday iqtisodiy rivojlanish asosida iqtisodiy o’sishning uch omili ya’ni kapital, mehnat va moddiy resurslar yotadi. Zamonaviy kapitalni “erkin” geografik, milliy, tarmoq va xatto material chegaralarni qisqa daqiqalar ichida kesib o’tadigan va butun mamlakatlarni rivojlantirish uchun yetarli bo’lgan mablag’lar sifatida xarakterlash mumkin. Ayniqsa xalqaro pul oqimlari hisoblangan investitsiyalar va kreditlar juda keng tarqalmoqda. SHu bilan bir qatorda zaminimiz aholisi juda tez sur’atlarda o’sib bormoqda. Global avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish jarayoni bozorni ortiqcha ishchi kuchi bilan to’ldirayotganligi natijasida rivojlangan davlatlar uchun noqonuniy migratsiya muammosini yuzaga chiqaradi.Fizika qonunlariga ko’ra yer yuzida materiya miqdori o’zgarmas hisoblanadi. Aholi soni esa o’zgarib bormoqda, ya’ni 1927 yildan keyingi davr davomida Yer sayyorasi axolisi qariyb to’rt barobarga ko’paydi. Bugungi kunda Yer kurrasida yashayotgan har bir kishiga to’g’ri keladigan suv, yer maydoni, mineral resurslar, biomassa va xatto havo miqdori kamayib bormoqda. Oddiy arifmetik hisob kitoblarga ko’ra har bir yerlik hisobiga sayyoramizning 170 km kub qismi, 0.02 km kv quruqlik (sahro va muzliklarni qo’shib hisoblaganda), 370 tonna biomassa to’g’ri keladi. Bugungi kunda sayyoramizning katta qismida ichimlik suvi, energiya, iste’mol tovarlari, yog’och va boshqa resurslar taqchilligi sezilmoqda. Olimlar tomonidan 2050 yilga kelib axoli sonining 9 mlrd kishiga ko’payishi, bunga muvofiq ravishda yuqoridagi ko’rsatkichlarning 1.3 martaga kamayishi bashorat qilinmoqda. Zamonaviy sharoitlarda qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslar insonlar tomonidan cheksiz ravishda iste’mol qilinishi oqibatida tugab bormoqda, qayta tiklanadiganlari esa qayta tiklash davriga nisbatan tez sur’atda sarflanmoqda. Shunday qilib, jamiyat rivojining zamonaviy bosqichida iqtisodiy rivojlanishning uch omilidan moddiy resurslar yetakchi omilga aylanib qoldi.XX asrning oxiriga kelib jahon hamjamiyati eng avvalo ekologik taraqqiyot yo’liga o’tishga yo’naltirilgan strategiyani tanlashi zarurligini tushunib yetdi. Yuzaga kelgan sharoitdan chiqishning yo’llaridan biri- resurs tejovchi texnologiyalarni qo’llash va chiqindilar miqdorini kamaytirish hisobiga resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hisoblanadi. Resurslar samaradorligini oshirishning asosiy yo’llaridan biri bo’lib ulardan foydalanishda yuzaga keladigan chiqindilar miqdorini optimallashtirish hisoblanadi. CHiqindi tushunchasi fan va texnikaning rivojlanish darajasi bilan belgilanadigan shartli tushuncha hisoblanadi. SHu sababli ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan chiqindi yoki asosiy faoliyatda ishlatilmaydigan ortiqcha mahsulotlar uchun “ikkilamchi material resurslar” termini qo’llaniladi. Ikkilamchi material resurslar barcha ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari bo’lib, muntazam to’ldirib boriladigan material va yoqilg’i energetik resurslar manbai hisoblanadi. Ikkilamchi material resurslar ularni birlamchi xom ashyo sifatida ishlatish jarayonida ikkilamchi xom ashyoga aylanadi. Ikkilamchi xom ashyoni aniqlashdagi farqlantiruvchi belgi sifatida ikkilamchi material resurslarning asosiy xom ashyo o’rnini egallashini ko’rsatish mumkin. Fikrimizcha material resurslarni faqat birlamchi resurslar o’rniga ishlatilgandagina ikkilamchi xom ashyo deb hisoblash mumkin.Ikkilamchi material resurslardan iqtisodiyotda foydalanish samarali hisoblanadi. Xususan, qazib olish va qayta ishlash xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko’rsatkichlarini, ekologik ko’rsatkichlarini yaxshilaydi, chiqindidan ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga to’g’ri keladigan yoqilg’i, elektro-energiya, mehnat xarajatlari kamayadi. Bunda xom ashyodan kompleks foydalanish ishlab chiqarishning ekologikligini, ratsional foydalanish esa uning iqtisodiy samaradorligini belgilaydi. Zamonaviy sharoitlarda O’zbekistonda ikkilamchi material resurslardan foydalanish jarayoniga to’siq bo’layotgan xolatlar ham mavjudki, bularga chiqindilar bilan ishlash sohasida maxalliy ijro organlarining o’zaro muvofiq faoliyat yuritmasligini kiritish mumkin. Vazirliklar, mahalliy xokimiyatlar faqat o’zlariga yuklatilgan vazifalar va berilgan vakolatlar doirasida chiqindilar bilan bog’liq masalalarni ko’rib chiqadilar va hal etadilar. Bu esa ular faoliyati ustidanhar tomonlama, kompleks nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi. Hal etiladigan muammolar darajasi va ko’lami eng avvalo bu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Chiqindilarni kamaytirishning asosiy yo’nalishlari sifatida quyidagilarni
keltirish maqsadga muvofiq :- resurslardan foydalanishda me’yorlashtirishni takomillashtirish;
- kam chiqimli texnologiyalarni joriy qilish;
- chiqindilarni qayta ishlash texnologiyalarini yaratishni jadallashtirish;
- texnologik intizomga rioya qilishni rag’batlantirish tizimini shakllantirish;
- ishchi xodimlar malakasini oshirib borish; Jahon iqtisodiyotida ro’y berayotgan global siljishlar dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga turlicha ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta qurollantirish orkali ishlab chiqarish korxonalari faoliyati tubdan isloh qilib borilmoqda. Bozor munosabatlari rivojlanib borayotgan ayni sharoitlarda ishlab chiqarish korxonalari faoliyati taraqqiy etib borishi bilan x’'jalik yuritishning asosini tashkil etuvchi raqobatning ahamiyati ortib bormoqda. Bunday sharoitda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tadbirkorlar samarali uslublarini bilishlari, tavakkalchilik chegaralarini aniqlay olishlari, mavjud variantlardan eng maqbo’lini tanlay olishlari kerak. Bu esa tadbirkorning ishbilarmonlik qobiliyati bilan belgilanadi va har bir tadbirkordan ma’lum darajada bilim va malaka talab qiladi
Tavakkalchilik - kelgusidagi vaziyat noaniq bo’lgan sharoitda pirovard natija yaxshi bo’lishiga umid bog’lab, mol-mulk yoki foydadan maxrum bo’lish (to’liqyoki qisman) xavfini o’z zimmasiga olib amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidir.Tadbirkorlik sub’ektining faoliyati bilan bog’liq tavakkalchilik turlarining mohiyati va kelib chiqish xususiyatlariga ko’ra quyidagicha turkumlash mumkin tabiiy jarayonlar bilan bog’liq tavakkalchilik; ishlab chiqarish faoliyatiga oid tavakkalchilik; mahsulotlarni tashish va asrash jarayoni bilan bog’liq tavakkalchilik; tijorat faoliyatiga oid tavakkalchilik;moliyaviy faoliyatga oid tavakkalchilik;siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatdagi tavakkalchilik. Tavakkalchilikni tug’diradigan xavflarning turlari xilma-xil bo’lib,ularning ba’zi birlari sub’ektning o’z faoliyatini natijasida yuzaga kelsa, ikkinchi turlari unga bog’lik bo’lmagan tashqi omillarning ta’sirida yuzaga keladi.
Ekologiya bilan bo’glik tavakkalchilik — bu atrof muhitning ifloslanishi oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki kushimcha. harajat.Siyosat bilan bogliq tavakkalchilik — bu siyosiy beqarorlik oqibatida extimol qilinadigan moddiy (moliyaviy) zararlar. Bu tavakkalchilik korxona faoliyatiga emas, balki mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy barkarorlikka boglik. Bunga ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, galayonlar, embargoni joriy qilish, xukumatning oldingi shartnomalarini bajarishdan bosh tortishi kabi oqibatlar natijasida ko’rilishi tavakkal qilinadigan zararlar kiradi.Transport bilan bo’glik tavakkalchilik — bu avtomobil, temir yul, dengiz, xavo transportlarida yuklarni tashish jarayonida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir.Tijorat bilan bo’glik tavakkalchilik — bu xujalik sub’ektlarining tadbirkorlik faoliyati oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zararlardir. Bunday turdagi tavakkalchilik uz navbatida ishlab chiqaish, savdo va kisman moliya bilan bogliq bo’lgan tavakkalchiliklarga bo’linadi.Ishlab chiqarish bilan bo’glik tavakkalchilik — bu ishlab chiqarish jarayonining tuxtab kolishi yoki bir maromda ishlamayotganligi, texnologiyaning buzilishi, sifatsiz xom ashyo oqibati yoki xodimlarning sifatsiz ishlashlari evaziga extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki qo’shimcha harajatlardir.Savdo bilan bog’liq tavakkalchilik — bu o’zaro to’lovlarning kechiktirilishi, shartnoma shartlarining bajarilmasligi oqibatida extimol (tavakkal) qilinadigan zarar yoki olinmaydigan daromad.
Moliya bilan bog’liq tavakkalchilik — bu extimol qilinadigan moliyaviy zararlar bo’lib, u o’z navbatida investitsiya va pulning sotib olish qobiliyati bilan, shuningdek, inflyatsiya va valyuta bilan bogliq bo’ldiagan tavakkalchilik turlariga bo’linadi.Inflyatsiya bilan bog’lik tavakkalchilik — bu olingan daromadlarning qadri yuqori inflyatsiya oqibatida tezroq qadrsizlanishini bildiradi.Valyuta bilan bo’glik tavakkalchilik — bu chet el valyutasi ko’rsining uzgarishi oqibatida ko’riladigan katta zararni bildiradi. Bu tavakkalchilik eksport-import operatsiyalarini, shuningdek, valyuta operatsiyalarini baholashda uta zarurdir.Tizimli tavakkalchilik — u yoki bu bozorda konyunkturaning yomonlashishi yoki tushib ketishi oqibatida extimol qilinadigan zarar. Bu tavakkalchilik investitsiyani aniq bir ob’ektga emas, balki muayyan bozor (masalan, valyuta bozori, ko’chmas mulk bozori va boshqalar) uchun barcha qo’yilgan mablag’ bo’yicha tavakkalchilikni ifodalaydi. Bunda investor katta zarar yetkazmasdan turib uz mablagini qaytara olmaydi.Tizimli tavakkalchilik usulida investitsiyani qaysi bir aktivga (aytaylik, qimmatli qog’ozlargami yoki ko’chmas mulkka) tavakkal qilib sarflash maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.Selektiv tavakkalchilnk — u yoki bu bozorda investitsiya ob’ektini noto’gri tanlab olinishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar yoki boy berilgan naf. Masalan, qimmatli qogozlar portfelini shakllantirishda fond birjasidagi qimmatli qogozlarni noto’gri tanlash oqibatida ko’riladigan zarar shunday tavakkal turiga kiradi.Kredit tavakkalchiligi — qarz olgan tomonning o’z majburiyatlarini to’lay olmaslik xavfi. Bank yaxshi foyda ko’rishi uchun kreditlash xavfini kamaytirishi shart. Bank hamisha qarzning uz vaqgida va foiz bilan qaytib kelishi qay darajada mumkinligini nazarda tutib tavakkalga boradi. Bunday tavakkalchilikka kreditni tulash muddatini kechiktirish yoki obligatsiyalarga to’lashni «muzlatib» qo’yish misol bo’ladi.Regional tavakkalchilik muayyan regionlarning iqtisodiy holati bilan bog’langan bo’lib, u:-mazko’r regionning asosiy mahsulotiga (masalan, respublikamizda paxtaga) bo’lgan kon’yunktura narxining pasayishi oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar xavfi;-iqtisodiy yoki siyosiy mustaqillikka erishish oqibatida ko’rilishi mumkin bo’lgan zarar xavfi;-ishlab chiqaishning keskin tushib ketishi yoki ishsizlik darajasining oshishi oqibatida ko’rilishi extimol qilinadigan zarar xavfini ifodalaydi.Tarmoq bilan bo’gliq tavakkalchilik ayrim tarmoq iqtisodiyoti bilan bog’liqdi va u ikkita omil ta’siri ostida bo’ladi: tarmoqdagi siklik beqarorlik; tarmoq ishlab chiqaishining hayotiy bosqichlari. Ya’ni kirish, o’sish, yetilish, to’yinish, tushkunlik davriga qarab turib tadbirkorlik faoliyati yoki investitsiya tavakkalchiligi turlicha darajada bo’ladi.Korxona tavakkalchnligi investitsiya ob’ekti bo’lgan aniq korxona faoliyati bilan bog’liq. Garchi bu tavakkalchilik tarmoq va regional tavakkalchiliklar ta’siri ostida bo’lsada, undagi tavakkalchilik darajasi korxonaning bozordagi mavqei, doimiy mijozlar (iste’molchilar)ning bo’lishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va boshqalarga bog’liq. Korxona faoliyatidagi tavakkalchilik quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:-ishlab chiqarilgan mahsulotni iste’molchi tomonidan talab kilib olinmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;-xo’jalik shartnomalarini bajarmaslik oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;-raqobatning kuchayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
-bozor kon’yunkturasining o’zgarishi oqibatida ko’riladigan tavakkalzarar;
-ko’zda tutilmagan harajatlarning vujudga kelishi va daromadning kamayishi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar;
-korxona mablag’ining talafoti tufayli ko’riladigan tavakkal zarar.
Investitsiya tavakkalchilign deganda yangi tovar yoki xizmat, yangi texnologiyani ishlab chiqish va joriy qilish uchun sarflangan harajatlarning qoplanmasligi oqibatida ko’riladigan tavakkal zarar tushunilad. Tavakkal kapital — bu fan texnika yangiliklarini joriy etib, yangi texnologiyani o’zlashtirib, bozor rakobatiga bardosh beradigan yangi tovarlarni ishlab chiqarish uchun tavakkaliga qo’yiladigan (sarflanadigan) kapital.Tavakkal kapital egasi ma’lum iqtisodiy xavfni uz zimmasiga oladi, chunki yangi ishga solingan kapitalning naqadar foyda berishi yoki bermasligi oldindan aniq ma’lum bo’lmaydi. Lekin kapital tusmollanib, ko’r ko’rona qo’yilmaydi, balki u yangilikka bo’ladigan talabni, bozorning umumiy xolatini hisobga oladi, biznes soxasida maslaxat beruvchi firmalar xizmatidan foydalanadi. Tavakkal kapitalni odatda mayda biznes vakillari yoki ularga aloqador yirik firmalar qo’yadi. Tavakkal kapital fan texnika yutuklarini ishlab chiqaishga joriy etishda katta rol uynaydi.Investitsiya ob’ekti bo’lishi u yoki bu tovarni sotish jarayonida uning sifatini baholashdagi o’zgarish oqibatida ko’zlangan zarar xavfi investitsiya ob’ekti (qimmatli qogozlar, qimmatbaho nodir metallar, ko’chmas mulk va hakazo)ni tugatilish kapitali deb ataladi.Tavakkalchilikdagi xavf darajasini aniqlash, uning oldini olish yo’llarini izlab topish va oqibatida yuz berishi mumkin bo’lgan zararlarni pasaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga oid faoliyatni tavakkalchilikni boshqarish tizimi deb ataladi.Tadbirkorning tavakkalchilikni bosqarish doirasidagi faoliyati o’z sub’ektining daromadligiga tahdid soluvchi tavakkalchiliklarning ta’siridan himoya qilishga yo’naltirilgan.Tavakkalchilikni oqilona boshqarish sub’ektning uzoq muddatli istiqbolda muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini oshiradi, uning moliyaviy holatining yomonlashish xavfini bir muncha bulsada kamaytiradi.Tadbirkor uchun paydo bo’ladigan tavakkalchilikni taxminiy bilish zarurdir, lekin buning o’zi yetarli emas. Muximi, tavakkalchilikning aniq turi korxona faoliyatiga qanday ta’sir ko’rsatayotganligi va qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aniqdab, uni to’g’ri baholay bilish va shundan so’ng sub’ektining iqtisodiy samaradorligiga ta’sirini hisoblab topishdir. Tavakalchilikni boshqarish bir-birini to’ldirib boruvchi bir nechta bosqichlardan iborat bo’ladi.Tavakkalchilikni boshqarishda eng avvalo yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uning turlari aniqdanadi, ular tahlil etiladi va zararning kutiladigan darajasi hisoblanadi. Keyingi bosqichda uning oldini olish, ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni pasaytirish yoki sug’urtalash tadbirlari ishlab chiqiladi va uni boshqarish usullari tanlanadi. Oxirgi bosqichda esa ko’rilgan zararlarni qoplash, oqibatlarini Har qanday tadbirkorlik loyihasining yoki biznes rejaning birinchi bo’limi biznes sohasini tavsiflashdan boshlanadi. Biznes sohasi avvalo mamlakat hududini va tarmoqni aniq bayon etishdan boshlanadi. Bu bo’lim bilan boliq ma’lumotlar asosida potentsial investor ushbu loyihaning mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy va xo’jalik munosabatlari tizimiga muvofiq kelishi, hududning investitsion jozibadorligi hamda biznes sohasining istiqbolligi haqidagi aniq tasavvurga ega bo’ladi.
Tanlangan tarmoq va biznes sohasi bo’yicha faoliyatni amalga oshirish qarori avvalo tadbirkor uchun muhimdir. Biznes faoliyat amalga oshiriladigan mazkur soha jiddiy iqtisodiy muammolar keltirmasligiga tadbirkor ishonch hosil qilishi zarur. Tanlangan tarmoqdagi rivojlanish tendentsiyalarini to’liq hisobga olmaslik tadbirkorlik loyihasini samarali amalga oshirish imkoniyatlarini cheklaydi.
Biznes sohasi tegishli bo’lgan tarmoqning mamlakat iqtisodiyoti va mehnat taqsimotidagi o’rnini, uning eks’ort salohiyati, boshqa tarmoqlar bilan ishlab chiqarish hamda texnik aloqalariga tegishli ma’lumotlarni bilish ham tadbirkor uchun foydali hisoblanadi.Tarmoqning joriy holati hamda rivojlanish istiqbollari tahlili quyidagi tavsiflarni ham o’z ichiga oladi: tarmoqning xom-ashyo manbai; korxonaning bozor sig’imi va bozordagi o’rni; potentsial mijozlar va ularning imkoniyatlari; ishlab chiqarishning hududiy tuzilmasi; asosiy fondlar va ularning tuzilmasi; Tovarning tipik hayotiylik davri/sikli quyidagidan iborat: