“Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 134
w www.oriens.uz April 2022 Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni
tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.
Ikkinchidan, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror
toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy
ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim.
Uchuinchidan, yosh avlodga bog‘cha, maktab va oliygohda sifatli ta’lim-
tarbiya berishni yo‘lga qo‘yamiz, ular jismoniy va ma’naviy sog‘lom, vatanparvar
insonlar bo‘lib ulg‘ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish.
To‘rtinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va
umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar
egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Sog‘lom avlod deganda, avvalo, sog‘lom nasl, jismonan baquvvat, iymon-
e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod
tushuniladi. Bugun bunday avlodning munosib ta’lim va tarbiya olishi, o‘zi sevgan
kasb – hunarni egallashi uchun zamonaviy mebel, o‘quv- laboratoriya uskunalari
bilan jihozlangan, kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etilgan yangi ta’lim
maskanlari barpo etish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Doktrina
– bu, mazmun jihatdan alohida taʼlimotdir. Masalan,
harbiy doktrinada yadro qurolidan voz kechish tinchlik uchun xizmat qilsa, ta’lim
soxasidagi doktrinada esa o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aniq
strategiyani belgilab berishga yordam beradi [3].
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasining 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tabrigida “Yangi O‘zbekiston –
maktab ostonasidan boshlanadi”, degan g‘oya asosida umummilliy ta’lim-tarbiya
tizimini tubdan isloh qilishga misli ko‘rilmagan e’tibor qaratilmoqda. Ilm-fan,
madaniyat va san’at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish, yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning iste’dod va qobiliyatini
ro‘yobga chiqarish borasida ham ko‘p ishlar qilinmoqda. Bularning barchasi
yurtimizda Uchinchi Renessans – milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini
yaratishga xizmat qiladi”, – deya ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida ham «Eng
katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta
qashshoqlik – bu bilimsizlikdir», deya ta’kidlagani mamlakatni qudratli, millatni
buyuk qiladigan kuch bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiya ekanligini ko‘rsatib berdi”.
O‘z nutqida dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy
ta’lim tizimini yaratish, ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar