Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix09.10.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#153272
1   2   3   4   5   6
yangi-o-zbekiston-taraqqiyotida-ta-lim-falsafasi

 
 


“Yangi O‘zbekiston: barqaror 
rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, 
iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari” 
 
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23 
ISSN 2181-1784 
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
 
132 
w
www.oriens.uz
April 
2022
 
KIRISH
So‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat 
siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. Ta’lim tizimini 
isloh etish jarayonida o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, jamiyatdagi maqomini 
ko‘tarishga alohida e’tibor qaratillib, ta’lim va tarbiya masalasi mamlakat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini amalda isbotlandi. Yurtimizda ta’lim-tarbiya 
tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini 
kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi, nazariy va siyosiy 
nuqtai nazardan ilmiy va falsafiy taʼlimotga asoslangan ta’lim doktrinasi yaratildi. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mamlakatimizda ta’limni rivojlantirish ta’lim falsafasiga doir qator ilmiy 
izlanishlar olib borilgan. Jumladan, R.H.Djurayev, O.Musurmonova, S.T.Turg‘unov, 
J.Gʻ.Yo‘ldoshev, F.R.Yuzlikayev, M.Maxmudova, E.Ishonqulov, U.Sh.Begimqulov, 
L.T.Axmedova, J.Z.Qosimova, R.Mavlonova, A.A.Abduqodirov, M.Tojiyev, 
B.X.Xodjayev, G.U.Axmedova, K.Riskulova kabi olimlar tomonidan ta’lim tizimini 
rivojlantirishga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan. Tadqiqot muammosiga oid tarixiy-
qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatish, analitik obzor, anketa, suhbat, tadqiqot natijalarini 
matematik-statistik qayta ishlash, qiyosiy tavsifiy metodlardan foydalanilgan holda 
asoslandi. 
NATIJALAR
Sog‘lom zurriyot, ya’ni jismoniy va ma’naviy yetuk avlodning shakllanishi va 
uning o‘z imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun zarur tizimning 
yaratilganligi, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror 
toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy 
ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim. asoslanib berildi. 
MUHOKAMA 
Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil va erkin fikrlaydigan, dunyo ilmu-
fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirib, zamon bilan hamohang bo‘lib yashashga tayyor 
bo‘lgan sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada barcha kuch-qudrat va imkoniyatlarning safarbar 
etilishi o‘zining amaliy natijalarini berdi.
O‘zbekiston ta’lim-tarbiya sohasida jahonda yetakchi o‘rinlarni egallab 
borayotganligini nufuzli xalqaro ekspert va tahlil markazlari ham e’tirof etmoqdalar. 
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan 
kuch ham ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin