“Yangi O‘zbekiston: barqaror rivojlanishning ijtimoiy-falsafiy, iqtisodiy-siyosiy va huquqiy masalalari” VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 23 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 133
w www.oriens.uz April 2022 Shuning uchun ham, O‘zbekistonda ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish,
malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag‘lar yo‘naltirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim, maktab va oliy ta’lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari
faoliyatida sifat o‘zgarishlari ro‘y bermoqda.
Yurtimizda xalqimizning qadimdan istiqlolimizgacha yaratgan ta’lim-tarbiya
tizimi o‘zining har bir davrida ham goh yuksalish, goh pasayish holatlarini boshdan
kechirdi. Xalq yaratgan ta’lim-tarbiya tizimi rivojiga to‘siqlar ham qo‘yildi. Farzand
ta’limi, tarbiyasi har bir davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmadi. Qarshiliklar,
ziddiyatlar va muammolarga qaramasdan bu tizim har vaqtda ham o‘z davriga xizmat
qildi. Hatto, IX-XII va XIV-XV asrlarda bu tizim barcha sohalar singari yuksalishni
boshdan kechirdi.
Yurtimiz ta’limi rivojida shunday bir davrlar bo‘ldiki, ichki nizolar,
boshboshdoqliklar, o‘zgalar qo‘liga qaramlik va astari ag‘darilgan mustamlakachilik
davrlarida xalqimizning ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga keraklicha ahamiyat
berilmadi, mustamlakachilar esa bobolarimiz, momolarimizning o‘zlariga zarur
bo‘lgan ta’lim-tarbiya olishlariga to‘sqinlik qildilar, imkon qadar bu xalqdan bilimli
kishilarni chiqishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qildilar. Oqqan daryo oqaveradi. Ana
shunday og‘ir davrlarda ham halqimiz ichidan yetishib chiqqan milliy ziyolilarimiz
(jadidchilarimiz) ikki mustamlaka davrida ham o‘zlarining ilmlilik, tarbiyalilik
qudrati bilan o‘lkamizni ma’rifatli, ma’naviyatli bo‘lishi uchun kurashdilar va bu
yo‘lda jonlarini fido etdilar.
Ta’lim-tarbiya kuchini, uning taraqqiyot uchun ahamiyatini chuqur anglagan
bu tolmas, jasur va mard inson istiqlol bergan imkoniyatlar tufayli ta’lim va tarbiyani
ustuvor sohaga aylantirdi. Buyuk davlatni barpo etishga qodir barkamol avlod –
mustaqil insonni tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan barcha iqtisodiy, siyosiy hamda
ma’naviy shart-sharoitlar mustaqillik yillarida yaratildi, barcha sohalarda yoshlar
huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkiliy-huquqiy asoslar to‘la
shakllantirildi. Ayni chog‘da ushbu huquqiy asosni yanada takomillashtirish ishlari
davom etmoqda. Qabul qilinayotgan qonunlar, me’yoriy huquqiy xujjatlar zamirida
yagona g‘oya mujassam. U ham bo‘lsa, sog‘lom zurriyot, ya’ni jismoniy va ma’naviy
yetuk avlodning shakllanishi va uning o‘z imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga
chiqarishi uchun zarur tizimning yaratilishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini
himoyalash, zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishi, jamiyat hayotida o‘z o‘rnini
egallashini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.
Birinchidan, biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans
poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi