Yangi o’zbekistonning umidli yoshlari” 1(2)-son



Yüklə 40,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix27.12.2023
ölçüsü40,94 Kb.
#199234
  1   2
boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari




CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
 
BOSHLANG`ICH SINFLARDA MIQDORLARNI O`RGATISH 
METODIKASINING UMUMIY MASALALARI. 
Sabirova Maftuna Umidjon qizi 
UrDU pedagogika fakulteti BT va STI yoʻnalishi 3-kurs 197-guruh talabasi 
ANNOTATSIYA 
Asosiy miqdorlar haqida tushuncha, Uzunlik va uning birliklari bilan tanishtirish 
metodikasi. Massa va hajm, ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi haqida 
ma’lumotlarga ega bo’lasiz. 
Kalit so’z:
miqdor, hajm, matematik dastur, arifemetik ammalar, matematik 
bilimlar, 
Boshlang’ich sinflarning dasturida matematik material bilan uzviy bog’liqlikda 
turli miqdorlarni ham o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni 
o’rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning 
xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo’lib, bu 
tushunchalar o’quvchilarning butun o’qishi davrida shakllanadi. 
Biz o’quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning 
yuzi kabi miqdorlar to’g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni 
o’rganish arifmetik material bilan qo’shib o’qitiladi. 
Masalan: o’lchashni o’rganish, sanashni o’rganish bilan, o’lchov birliklari sanoq 
sismavzusi bilan, ismli sonlar abstrakt sonlarni nomerlash bilan miqdorlar ustida 
amallar arifmetik amallar bilan parallel o’qitiladi. Miqdorlarni o’qitish matematikani 
hayot, sharoit bilan bog’liq holda o’qitib, politexnik bilimlar berish demakdir. 
Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta’lim 
berishni kuchaytiradi. Ayniqsa miqdorlarni ko’rgazmali, aynan o’zini va 
laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va 
ularni o’lchashni amaliyotda ko’radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. 
Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, 
chizmachilik va o’lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.
Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ‘teng’, ‘katta’, 
‘uzun’, ‘qisqa’, ‘kalta’ kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining 
ustiga qo’yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida 
solishtiradilar. Turli xil o’lchov birliklarini tanlash mumkin. 
Masalan: sanoq cho’pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o’lchab 
taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham 
tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho’pining uzunligini sm bilan o’lchash va u 



CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi. Sm moduli orqali 
o’quvchilar: 
1.Berilgan kesmani o’lchash. 
2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi. 
1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo’yish bilan 1 dm ni o’lchab kesib oladilar. 
Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o’lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan 
atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o’lchaydilar. O’lchashda kesmada o’lchash 
necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo’linmalarni 
raqamlar bilan belgilashga o’tiladi. Shu asosda sm li, dm li o’lchov birliklari hosil 
qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o’lchash malakalari 
beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o’lchash, turli xil uzunliklarni 
o’lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o’nlikni o’tishda tanishtirish 
amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o’tishda tanishtiriladi. 
Navbatdagi bosqich o’nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. 
O’lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha 
chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o’lchashda va 1000 liklar mavzusida km 
tushunchalari beriladi. 
O’quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o’lchash, qadamlarni metrga 
aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo’lgan masofalarni m va km lar 
bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va 
daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi 
topshiriqlar bajariladi: 
1 m 1 sm dan qancha katta, 
1 dm 1 m dan necha marta kichik, 
v) 1 mm 1 sm ning qanday qismini, 1 dm 1m ning qanday qismini tashkil qiladi. 
g) 36647 m, 3807 m kabilarni km va m larda ifodalang. 
Kesmalarni o’lchashning puxta ko’nikmalarini shakllantirish maqsadida bolalarni 
faqat qog’ozga chizilgan kesmalarni o’lchash bo’yicha mashq qildirib qolmay, balki 
bu maqsadda boshqa obyektlarni masalan, qalam, daftar va boshqa uncha katta 
bo’lmagan obyektlarni o’lchash bo’yicha ham mashq qildirish kerak. 
Ko’pincha chizish ishlarini bajarishda santimetr modelidan foydalaniladi. 
Chizg’ich o’rniga katakli daftarning bir necha varag’ini buklab har ikki katak 1 sm 
ekanligidan foydalaniladi. 20 katak yoki 10 sm 1 dm ga tengligini qog’ozda raqamlar 
bilan ham belgilab chizg’ich yasash mumkin. Bunda o’lchov boshini 0 bilan ham 
belgilamasdan 1 bilan belgilab xato o’lchashga yo’l qo’yishi mumkin. Shuning uchun 
qog’ozda sm larni raqamlar bilan belgilashda shoshmasdan nol soni o’tilganidan keyin 
raqamli uzunlikni hosil qilish mumkin. Shuning uchun qog’ozda sm larni shoshmasdan 
0 soni o’tilgandan keyin raqamli uzunlikni hosil qilishi foydalidir. 
Dm modeli yordamida o’lchashlarga doir ba’zi mashqlarni keltiramiz. 



CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
1.Dm ning uchta modelini ketma-ket qo’ying, qanday uzunlikdagi yo’lakcha hosil 
bo’ladi. 
2.Qog’oz lenta yoki ip uzunligi 3 dm bo’lgan bir bo’lak o’lcham va yo’lakchaning 
yoki ipning shu qismini qirqib oling. 
3.To’g’ri chiziqda berilgan nuqtadan boshlab ikki marta dm qo’ying va boshqa 
bir nuqta qo’ying. Hosil bo’lgan kesma uzunligini ayting. 
4.Partaning, doskaning, stolning uzunligini toping. 
Agarda o’lchashda dm butun son marta joylashmasa, o’lchash natijasi taqriban 
ifodalanadi. 
Masalan, 3 dm ga 5 sm dan ozgina ortiq yoki kam va hokazo. 
Uzunlik o’lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik 
haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o’tkazish 
tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o’tib, necha qadam km bo’lganini, bir qadam 
uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi 
chizg’ich, ruletka, o’lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli 
masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar. 
1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm.
3.Massa, hajm va ularning birliklari bilan tanishtirish metodikasi 
Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o’rgatish osondir. 
Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o’rganiladi, shu sababli, ‘og’irlik’, 
‘og’irlikni tortish’, ‘og’irlik toshlari’, ‘og’irlikni tenglashtirish’, so’zlarini iloji boricha 
ishlatmay, ‘massa’, ‘jismlarning massasini o’lchash’, ‘massani o’lchash asboblari’ kabi 
so’zlardan foydalanish kerak. 
Narsalarni massasiga ko’ra ‘og’ir’, ‘yengil’ so’zlari bilan farqlaymiz. Massa 
birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan. 
Shulardan keyin massa o’lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa 
jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi. 
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g. 
Maktabgacha bo’lgan yoshdayoq bolalar, ‘yengil’, ‘og’ir’, ‘bir xil og’irlikda’ kabi 
so’zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 
1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil 
predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko’rsatish mumkin. Navbatdagi darsda 
hajm (sig’im) o’lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda 
bo’lishi, ya’ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, 
bidon kabilarni o’lchab to’ldirish ishlari amalga oshiriladi. 
O’qituvchi amaliyotdan misollar keltiradi. Masalan, suvni, yog’ni, kerosinni nima 
bilan o’lchab, nimaga solib olib kelamiz, degan suhbatni tashkil qiladi. 
‘Idishlarning sig’imi’, va ‘litr’ tushunchalarining kiritilishi narsalarning xossalari 
haqida fazoviy tasavvurlarning rivojlanishiga yordam beradi. 



CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES
(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. 
“YANGI O’ZBEKISTONNING UMIDLI YOSHLARI” 1(2)-SON 
2022-YIL 28-MART 
‘Litr’ darsiga o’quvchilarni tayyorlash uchun hajmga ega bo’lgan jismlar haqida 
tushuncha berish maqsadida quyidagi mashqlarni berish mumkin. 
1.Qaysisi, ya’ni shar yoki kub kattami? 
2.G’isht quyadigan qoliplardan qaysi biri kattaq 
3.Choy qoshiq va osh qoshiq bilan suvni o’lchab stakanni to’ldir, qaysi qoshiq 
bilan ko’p miqdordagi suv quyiladiq 
O’qituvchi 1 litr yozuvli metall krujkani ko’rsatadi va umum qabul qilingan 
o’lchovning nomini aytadi. Suyuqliklar yoki sochiluvchan jismlar sig’imini o’lchash 
zarur bo’lgan holatlar sig’imlarni o’lchash yoki hajmlarni o’lchash deb ataladi. So’ngra 
1 l li krujka bilan suvni bankaga quyamiz. Banka to’ladi. Nima uchun banka 1 l li deb 
atalishini endi tushunadilar, keyin o’quvchilarga topshiriq beradi: 1 l li krujka va 1 l li 
banka bilan paqir va bidon kabi boshqa idishlarning sig’imini aniqlash topshiriladi. 
O’qituvchi amaliy ish sifatida quyidagilarni uyushtirishi mumkin. 
1)magazin o’yini. Sotuvchi va oluvchi sifatida sut, kerosin, yog’ kabilar 
o’lchashni bilib olishadi; 
2)banka, kostryulka, chelakka suyuqliklarni litrlab o’lchab solish; 
3)bir chelakda 5 l, 2-chelakda 3 l suv bo’lsa, ularni tenglashtirish uchun nima 
qilish kerak, degan masalalar berish. 

Yüklə 40,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin