1. Yarim o‘tkazgichlarning elektr xususiyatlari. Tuzilishi va hu
Elektronikada ko‘p ishlatiladigan yarim o‘tkazgichlari kristall panjarasidagi tugunlarda asosiy modda atomlarining bir qismi aralashmalar atomlari bilan o‘rin almashgan bo‘ladi, ya’ni boshqa moddalarning atomlari bilan. Bunday yarim o‘tkazgichlar aralashmali yarim o‘tkazgichlar deb ataladi. Germaniy va kremniy uchun ko‘pincha besh va uch valentli elementlar atomlari ishlatiladi. Besh valentli aralashmalarga fosfor, surma, margimush va boshqa uch valentliklarga-bor, alyuminiy, indiy, galliy kiradi.

Besh valentli aralashma fosfor bo‘lganda to‘rtta valentli elektronlari qo‘shish atomlarning to‘rt elektronlari bilan birga kovalent bog‘lamlarini tashkil etadi, beshinchi valentli elektron esa «ortiqcha» bo‘lib qoladi.
Elektronning o‘zini atomi bilan bog‘lanish enegriyasi - ∆En valentli elektronni bo‘shatib olish uchun kerak bo‘lgan ∆Eg energiyasidan ancha kam. Uncha katta bo‘lmagan ionlash ∆En energiyasi tufayli, beshinchi elektronni issiqlik xarakati energiyasi hisobiga o‘zining atomidan xona haroratida ham uzib olish mumkin. Bunda kristalli panjara bo‘yicha xarakatlanishiga imkoni bo‘lgan bo‘sh elektron va bu elektronni yo‘qotgan turg‘un musbatli aralashmani zaryad-atomi hosil bo‘ladi. Elektronlarini beradigan bunday aralashmalar turi donorlar deb aytiladi, shu aralashmaga o‘xshash kristallar esa – N-tipdagi yarim o‘tkazgichlar deyiladi.