Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalari


Bipolyar tranzistorlar, ularning tuzilishi va usullari



Yüklə 186,27 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2021
ölçüsü186,27 Kb.
#49290
1   2   3   4   5   6   7
Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalar

Bipolyar tranzistorlar, ularning tuzilishi va usullari

Тranzistorlar deb, kirish zanjiridagi tokning o‘zgarishi chiqish zanjiridagi qarshilikning o‘zgarishiga olib keladigan yarimo‘tkazgich asboblarga aytiladi. Ba’zan elektr signallarini kuchaytirishga yoki generatsiyalashga mo‘ljallangan, n-p o‘tuvchi yarimo‘tkazgich asboblariga tranzistorlar deyiladi va ular 3 yoki undan ko‘p uchga ega bo‘ladilar. «Тranzistor» so‘zi inglizcha «transformer of resistance» so‘zidan kelib chiqib, «qarshilikni o‘zgartiruvchi» degan ma’noni anglatadi. Тranzistorlarning quvvati, tebranishlar diapazoni, yasash texnologiyasi va faoliyat prinsipi bo‘yicha turli tavsiflari mavjud. Xalq xo‘jaligida eng ko‘p tarqalgani biрolyar tranzistorlar hisoblanadi (2.18-rasm). Emitter va kollektori teshikli bo‘lgan yoki p elektr o‘tkazuvchanli va bazasi elektron elektr o‘tkazuvchanli tranzistorlarni p-n-p-turidagi tranzistorlar deyiladi (2.19-rasm).





Тranzistor bilan elektrovakuum triodini solishtirganimizda, emitter — katodga, baza — to‘rga, kollektor — anodga to‘g‘ri keladi. To‘rli kuchlanish (kirish) orqali boshqariladigan trioddan farqi, tranzistor kirish toki orqali boshqariladi, shuning uchun tranzistorning kirish zanjirida, uch elektrodli lampalarning kirish zanjiriga nisbatan quvvatdan ko‘proq foydalanish mumkin bo‘ladi. Endi p-n-p-turidagi tranzistorlarning ishlash prinsipi bilan tanishamiz (2.20-rasm). Тranzistorning kollektor (chiqish) zanjiriga o‘tkazmaslik yo‘nalishida Ekb manba ulanadi. Kollektor o‘tish joyida elektr maydonining keskinligi oshadi va kollektor o‘tish joyi orqali asosiy bo‘lmagan tashuvchilarning harakatidan kelib chiqqan kollektor zanjirida kichik teskari tok paydo bo‘ladi. Bu tok kollektorning issiqlik toki deyiladi, chunki uning miqdori haroratga bog‘liq bo‘ladi va Ikbo bilan belgilanadi. Bu qisqacha tranzistorning ishlash prinsiрidir.


Yüklə 186,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin