Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalari


Тranzistorlarning tuzilishi va ishlash jarayoni, dinistorlar, volt-amper tavsifi



Yüklə 186,27 Kb.
səhifə6/7
tarix30.12.2021
ölçüsü186,27 Kb.
#49290
1   2   3   4   5   6   7
Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalar

Тranzistorlarning tuzilishi va ishlash jarayoni, dinistorlar, volt-amper tavsifi

Endi tranzistorlarning ishlash tartibini eng ko‘p tarqalgan umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarda ko‘rib chiqamiz. Bu 2.24-rasmda keltirilgan. Eke manba chiqish zanjiriga ulangan, elektron lampalar sxemasida Ea manbaga to‘g‘ri keladi. EYK Eke manba energiyasi hisobiga kirish signali Ukir. quvvati kuchayishi sodir bo‘ladi. EYK Ebe manba elektron lampalarning kuchaytiruvchi sxemalarida to‘rli surilish manbayiga to‘g‘ri keladi, uning yordamida dinamik tavsifda va nagruzka liniyasida boshlang‘ich A' va A ishchi nuqta belgilanadi. Ukir. = 0 bo‘lganda, baza zanjirida Ibo tinch tok oqa boshlaydi, u kollektor zanjirida Iko tokini chaqiradi. Iko toki Ibo baza tokiga to‘g‘ri kelib, chiqish tavsifi bilan nagruzka liniyasi kesishish nuqtasi bilan aniqlanadi. Kirishda o‘zgaruvchan kuchlanish Ukir. paydo bo‘lishi bilan, baza toki Ib.max dan Ib.min gacha atrofida o‘zgaradi, bu dinamik tavsifda va nagruzka liniyalarida B'C' va BC uchastkalar bo‘yicha ishchi nuqtalarning ko‘chishiga olib keladi.

Тranzistorlar epitaksial, plaxarva polevoy bo‘ladi. Polevoy tranzistorlar odatdagi tranzistorlardan ta’sir etish prinsipi bilan farq qiladi. Polevoy tranzistorning chiqish zanjirida elektr-teshik o‘tishi yo‘q, shuning uchun ularni injek- siyasiz tranzistorlar guruhiga kiritiladi. Polevoy tranzistorning statik volt-amper tavsifi 2.25-rasmda ko‘rsatilgan. Undan ko‘rinib turibdiki, tavsifning katta kuchlanishlarida Us kanalning zaryad tashuvchilar tomonidan to‘yinishi sababli gorizontal bo‘lib qoladi. Polevoy tranzistorlar 150 mHz gacha bo‘lgan tebranishlarda yaxshi ishlaydi.


Yüklə 186,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin