Yarimo‘tkazgichli diod, uning volt-amper tavsifi, parametrlari, belgilanishi, tuzilishi va ishlatilishi
Yarimo‘tkazgichli diod deb, ikki elektrodli, asosiy xususiyati bir tomonlama elektr o‘tkazuvchanlik bo‘lgan elektron asbobga aytiladi (2.14-rasm). Yarimo‘tkazgichli diodning boshqa electron lampalardan farqi teskari tokning kattaligidir, u vakuumli diod va kenotronlarda deyarli bo‘lmaydi. Undan tashqari, to‘g‘ri tok o‘tayotganda, diodda kuchlanish kam pasayadi. 2.15-rasmda germaniy qotishmali diodning tuzilishi keltirilgan.
Agar dioddan o‘tayotgan tok miqdorini unga berilgan kuchlanishning miqdori va qutbiga bog‘liqligini grafik ravishda ko‘radigan bo‘lsak, u quyidagicha tasvirlanadi va u diodning volt-amper tavsifi deyiladi.
2.16-rasmda: Ito‘g‘. — dioddan o‘tadigan to‘g‘ri yo‘naltirilgan tokning miqdori; Ites. – tokning teskari yo‘naltirilgan qiymati; Uto‘g‘. – to‘g‘ri kuchlanishning miqdori; Utes. – teskari kuchlanishning miqdori. Elektron-teshikni o‘tuvchilarining soni bo‘yicha bitta o‘tuvchili va uchta o‘tuvchili diodlar bo‘ladi. Uchta o‘tuvchilarga dinistor va tiristorlar kiradi.
Diodlarning ishlatilishi va ishlash prinsipi bo‘yicha quyidagicha tavsiflash mumkin: detektorli va o‘ta yuqori tebranishli o‘zgarti- ruvchi diodlar; impulsli diodlar; kuch diodlari va ventillar; yarimo‘tkazgichli stabilitronlar; aylanadigan diodlar; tunnel diodlari; parametrli diodlar (varikaplar); dinistorlar; tiristorlar; fotodiodlar. Diodlar quyidagicha belgilanadi: D7A – diod: 7 – tartib raqami, D – xillari; GB – germaniyli ventil, dinistorlar – KN102A, tiristorlar – KU202V kabi belgilanadi. Yarimo‘tkazgichli diodlar kichik, o‘rta va yuqori quvvatli to‘g‘rilagichlarda (vipryamitel), rezonansli va parametrik kuchaytirgich (usilitel) va generatorlarda, elektron ulaydigan va o‘chiradigan asboblarda hamda sanoat elektronikasining boshqa sxemalarida keng qo‘llaniladi. 2.17-rasmda diodlarning shartli belgisi ifodalangan.
Dostları ilə paylaş: |